Ko`p mashinali hisoblash kompleksi-qator o`rnatilgan hisoblash mashinalari guruhi bo`lib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi.
Ko`p mashinali hisoblash kompleksi quyidagicha bo`lishi mumkin:
lokal-kompyuterlar bitta binoda o`rnatilgan sharoitda o`zaro aloqa uchun maxsus asbob-uskuna va alohida aloqa kanali talab qilmaydi;
masofali (distansion)-kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy EHMdan ma‘lum masofada o`rnatilgan bo`ladi va bu ma‘lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi.
misol. Axborotlarni paketli qayta ishlash rejimini ta‘minlovchi meynfreym turidagi EHMga bog```lovchi qurilma yordamida mini EHM ulangan. Har ikki EHM bitta mashina zalida turibdi. Mini EHM keyinchalik meynfreymdagi murakkab masalalarni yechishda foydalaniladigan ma‘lumotlarni tayyorlaydi va oldindan qayta ishlab chiqadi. Bu ko`p mashinali lokal kompleks sanaladi.
misol. Qayta ishlanishga keladigan masalalarni qayta taqsimlash uchun kompleksga uchta EHM birlashtirilgan. Ulardan biri dispetcherlik vazifasini
bajaradi va qayta ishlovchi qolgan ikkita EHMdan birining bandligiga ko`ra masalalar taqsimlanadi. Bu lokal ko`p mashinali kompleks.
misol. EHM ayrim mintaqalar bo`yicha joylashtirish-yig`adi, ularni oldindan qayta ishlab chiqadi va keyinchalik foydalanish uchun telefon aloqa kanali orqali markaziy EHMga uzatadi. Bu masofali ko`p mashinali kompleks.
Kompyuter (hisoblash) tarmogi bu ma‘lumotlarni taqsimlab qayta ishlash talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan kompyuterlar va terminallar jamlanmasidir.
Ko`p mashinali hisoblash tizimlari-ikki va undan ortiq EHM (har birida alohida protsessor, tezkor xotira qurilmasi, periferiya qurilmalari va operatsion tizimga ega), ma‘lum funksiyalarni bajarish uchun aloqa tarmog`iga ega tizim tushuniladi.
Ko`p protsessorli hisoblash tizimlari-bu ikki va undan ortiq protsessor bitta umumiy tezkor xotira qurilmasi, periferiya qurilmasi va operatsion tizim yordamida boshqariladigan tizimdir. O`z navbatida OS umimiy texnik va dasturiy komplekslardan tashkil topadi.
Ko`p protsessorli hisoblash sistemalarida parallel hisobalashni tashkil etish uchun, o`zaro hamkorlikni ta‘min etish uchun, parallel bajariladigan amallarni sinxronizatsiyalash uchun hisoblash sistemalari protsesslari orasida aloqa liniyalari orqali ma‘lumot almashinishdan foydalaniladi. Ma‘lumotlarni aloqa liniyalari orqali uzatishda, albatta, ushlanish bo`lishi tabiiy, (bu protsesslarning tez ishlashi bilan bog`liq bo`ladi) va natijada kommunikatsion muammo (qiyinchilik) tug`diradiki, ularni hal etish uchun algoritmlar, usullar ishlab chiqilgan.
Ularning keng tarqalgani tarmoqlarni yaratish topologiyalaridir. Ular texnik realizatsiya effektliligi bilan aniqlanadi. Tarmoq strukturasini tanlash axborot oqimini parallel hal etishda, muammoni yechishda muhim omil hisoblanadi.
Odatdagi tipik topologiyalar qatoriga quyidagi kommunikatsion protsessorlar strukturasini qo`shish mumkin.
Polniy graf-(completely-connected graph or clique) sistemasi, har qanday juftlik protsesslarda to`g`ri chiziqli aloqa mavjud. Bu topologiya minimal xarajatni sarf etadi, ammo ko`p protsessorli sistemalarda amalga oshirilishi qiyindir.
Lineyka (linear array or farm)-bu sistemalarda har bir protsessor faqat ikkita qo`shnilari bilan chiziqli aloqada bo`ladi (undan oldingi va keyingi). Bir tomonda bularni realizatsiya qilish osondek ko`rinadi. Odatda, bu sistemalar konveyerli hisobalash uchun ishlatiladi.
Kolso (ring)–bu topologiya lineykadagi protsessorlardan farqli ravishda birinchi va oxirgi protsessorlarni bog`laydi.
Zvezda (star)–bu topologiyalarda barcha protsessorlar qaysidir boshqaruvchi protsessorlar bilan aloqa (bog`lanish) chizig`iga ega bo`ladi. Bu topologiya markazlashgan boshqaruvga ega ekanligi uchun effektli hisoblanadi.
Reshetka (mesh)-bu topologiyada chiziqlar grafigi to`g`ri to`rtburchak setkasi ko`rinishida shakllanadi (ikki o`lchovli yoki uch o`lchovli). Bunday topologiyalar osongina realizatsiya qilinadi (ko`pgina algoritmlarni parallel bajarida). Misol: matematik modellarni analiz qilish metodlarini amalga oshirishda, xususiy ishlab chiqaruvichlar uchun diffrensial tenglamalarni yozishda va hokazo.
Giperkub (hypercube)-bu topologiya tasodifiy reshetkalarning xusisiy strukturasi bilan shakllanadi. Bu yerda har reshetka o`lchamiga 2ta protsessor to`g`ri keladi. Giperkub 2 N iborat bo`ladi (tashkil topadi), N-bu yerda o`lcham. Bu keng tarqalgan bog`lanish. Bu ko`rinishda bog`lanishning asosiy 4ta xususiyati mavjud.