58
Yuqoridagi jadvalda «O'zavtoyo'l» DAK
boshqaruv apparatini hamda
hududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarini boshqaruv apparatini saqlash
xarajatlari ko`rsatib o`tilgan bo`lib, ular jami xarajatlar tarkibida 2013-yilda 8,3
mlrd so’m bilan 0,3 % ni, 2014-yilda 9,7 mlrd so`m bilan 0,31 % ni tashkil etgan
bo`lsa, 2015-yildan boshlab yuqoriroq ko`rsatkichni, ya’ni 14,8 mlrd so`mga teng
0,5 ni egallagan. O`tgan 2016-yilda esa, 16,1 mlrd so`m mablag`lar aynan shu
tashkilot xarajatlari uchun yo`naltirilgan. Joriy yil ham ushbu xarajatlar salmog`i
oshishi prognoz qilingan bo`lib, jamiga nisbatan 0,6 % ga teng bo`lgan 22,0 mlrd
so`m bo`lishi rejalashtirilgan.
Umumiy
nuqtayi
nazardan,
Respublika
yo`l
jamg`armasi
ham
daromadlarining shakllanish manbalari ham xarajatlarning xilma-xilligi nuqtayi
nazaridan ham iqtisodiy barqaror jamg`arma hisoblanadi. Ushbu jamg`arma
faoliyatini yanada rivojlantirish hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
muhim tarkibiy qismiga aylantirishda bajarilayotgan
ishlar sifatini ularga
sarflanayotgan moliyaviy resurslarga munosib holatda bo`lishini
nazorat qilib
borish muhim deb hisoblaymiz. Chunki, talabga javob bermaydigan qurilish
obyekti, juda qisqa vaqt ichida yana ta’mirtalab holatga kelishi va qoshimcha
xarajat talab qilishi mumkin.
Agar ushbu vazifa bajarilsa, jamg`arma o`z
oldiga
qo`ygan maqsadlarni qo`shimcha xarajatlarsiz va daromadlardan samarali
foydalangan holda amalga oshirishi mumkin bo`ladi.
Umumiy
nuqtayi
nazardan,
Respublika
yo`l
jamg`armasi
ham
daromadlarining shakllanish manbalari ham xarajatlarning xilma-xilligi nuqtayi
nazaridan ham iqtisodiy barqaror jamg`arma hisoblanadi. Ushbu jamg`arma
faoliyatini yanada rivojlantirish hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
muhim tarkibiy qismiga aylantirishda bajarilayotgan ishlar sifatini ularga
sarflanayotgan moliyaviy resurslarga munosib holatda bo`lishini nazorat qilib
borish muhim deb hisoblaymiz. Chunki, talabga javob bermaydigan qurilish
obyekti, juda qisqa vaqt ichida yana ta’mirtalab holatga kelishi va qoshimcha
xarajat talab qilishi mumkin. Agar ushbu vazifa bajarilsa, jamg`arma o`z oldiga
59
qo`ygan maqsadlarni qo`shimcha xarajatlarsiz va daromadlardan samarali
foydalangan holda amalga oshirishi mumkin bo`ladi.
Avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan
foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning
samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish,
bu borada loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini
beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda
tugatilayotgan Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish
davlat-aksiyadorlik
kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) negizida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil
yo‘llari davlat qo‘mitasini tashkil etish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: