3. Tijorat banklari faoliyatini strategik rejalashtirish.
Bank strategiyasi – bu uning faoliyati konseptual asosi hisoblanib, bankning
ustuvor maqsad va vazifalarini, ularga erishish yo‘llarini belgilaydi. Bank
strategiyasi bozorlar, mahsulotlar, tashkiliy strukturalar, foydalilik, bank
boshqaruvchilari uchun faoliyatning barcha darajasida tegishli aloqador asosiy
qarorlar qabul qilish uchun mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi va bank menejmentining
asosi sanaladi.
Bank strategiyasini ishlab chiqishning boshlang‘ich vaqti va asosi bo‘lib
raqobat tahlili xizmat qiladi. U iqtisodiy munosabatlarning berilgan sub’ekti
harakatlanuvchi bozordagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlash, uning boshqa
raqobatchilarga nisbatan bu bozorlardagi pozitsiyasini belgilash, uning kuchli va
kuchsiz tomonlarini aniqlash, shuningdek, imkoniyatlarini baholashni o‘z ichiga
oladi. Bunday tahlil natijalarini, shuningdek, o‘zining maqsadini hisobga olib
boshqaruv (rahbariyat) bank faoliyatining afzalroq jabhalariga, bank mahsulotlari
va xizmatlari bahosi va assortimenti, risklarning yo‘l qo‘yiladigan darajasi va
ulardan himoyalanish usullariga nisbatan bank strategiyasini ishlab chiqadi.
Strategiya bilan aniqlanuvchi ustuvor maqsad va vazifalar o‘zida strategik
maqsadlarga erishish vosita va metodlari majmuini aks ettirgan taktika ishlab
chiqilishida aniqlashtiradi. Strategik rejalashtirishni bozor talablari va kredit
tashkilotining ichki potensiali bilan moslashtirilgan maqsadlariga erishishini
ta’minlovchi tashkilotni boshqarishning muqobil strategiyalarini ishlab chiqish
jarayoni sifatida ta’riflash mumkin (marketing, resurs va risklarni boshqarish,
personal faoliyatini tashkil qilish ko‘lamida).
Qayd qilinganidek, rejalashtirish jarayonini harakatlarning oddiy ketma-
ketligi sifatida ko‘rib chiqish mumkin emas. Rejani muntazam o‘zgaruvchi va har
doim ham prognozga bo‘ysunmaydigan bozor sharoitiga moslashtirish mumkin
bo‘lishi uchun bankning boshqaruv personali doimo uning u yoki bu bosqichiga
qaytishi va zarurat yuzaga kelsa, rejaga oid vazifalar, ko‘rsatkich va choralar
tuzatilishini amalga oshirish lozim.
Strategiya va biznes-rejalarni o‘zgaruvchan tashqi sharoitlar bilan muntazam
moslashtirsh zaruratini qayd qilib, shuningdek, ishlab chiqilayotgan barcha
strategiyalar va reja ko‘rsatkichlarining batafsil o‘zrao echimlar zarurati aytilganda
boshqaruv nazariyasida strategik va biznes-rejalashtirish o‘rniga ko‘pincha biznes-
moedllashtirish haqida so‘z yuritiladi. Tashkilotning alohida elementlari va ularni
bog‘lovchi boshqaruv, axborot hamda texnologik oqimlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
va strukturani bayon qiluvchi biznes-model qisqa vaqt ichida uning faoliyatidagi
tashqi va ichki sharoitlar o‘zgarishiga javob berishga imkon berishi hamda
faoliyatning ziddiyatsiz strategiyalarini tanlashi lozim.
Ixtiyoriy rejaga oid jarayonning birinchi bosqichi va bazasi vaziyatli tahlili
sanalib, rejalashtirish jarayoni boshlanadigan boshlang‘ich shartlarni aniq
tushunish juda muhimdir. Vaziyatli tahlil, bir tomondan, bank faoliyat yuritadigan
muhit holati masalalarini (tashqi tahlil), ikkinchi tomondan - ishlab chiqilayotgan
strategiyalar real mavjud bozor va bank mijozlari ehiyojlariga va ularning
moliyaviy imkoniyatlariga asoslanishi uchun tashkilotlarning ichki potensiali
tavsifini (ichiki tahlili) o‘zida qamrab olishi lozim.
Agar tahlil asosida bank xizmatlari bozori va moliya bozori holatining
tizimli monitoringi, shuningdek, bank joriy faoliyatining doimiy monitoringi yotsa,
bu tahlil bank rivojlanishining boshlang‘ich shartlari haqida to‘laroq tasavvur
beradi. Tashqi tahlil jarayonida ketma-ketlikda quyidagilar olib boriladi:
* jamiyat taraqqiyotining ijtimomiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy,
qonunchilik, texnologik tavsiflari o‘rganilishini taqozo etuvchi tahlil jarayonida
makrovaziyatlarni baholash, iqtisodiy vaziyat o‘zgarishlarining ehtimoliy
o‘zgarishlarini aniqlash va uning tashqi omillari dinamikasini prognozlash;
* bank xizmatlari bozorining turli segmentlari faoliyat yuritish shartini
ko‘zda tutuvchi mikrotahlil, ajratilgan segmentlarda talab va taklifning asosiy
tendensiyalari tahlili;
* bozorning ajratib ko‘rsatilgan bo‘g‘inlarida bankning joriy raqobat
pozitsiyasini baholash va uning bozor parametrlarini muayyan raqobat guruhi
doirasida raqobatchi banklar faoliyati tavsiflari bilan taqqoslash (Raqobat guruhini
tanlashda bankning biznesi hajmiy ko‘rsatkichlari kabi uning faoliyat ko‘lami,
shuningdek, bozor ixtisosligi ham hisobga olinadi).
Tashqi muhit tahlilidan so‘ng bank faoliyati natijalari va ko‘rsatkichlariga
jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillarni saralash sodir bo‘ladi.
Ushbu omillar bank uchun xavf tug‘diruvchi va bank biznesi rivojlanishiga imkon
beruvchi omillarga tasniflanadi. Asosiy omillarni turdosh guruhlarga birlashtirish
va ulardan eng ahamiyatlisini qoldirish zarur.
Ichki tahlil o‘tkazishda navbati bilan quyidagilar baholanadi:
bankning moliyaviy holati;
bankning mavjud mijoz bazasi va uning o‘zgarishlari (mijozlar istiqboli);
ko‘rsatilayotgan xizmat va taklif etilayotgan mahsulotlarning miqdoriy va
sifat tavsiflari va ularni raqobatchilarning o‘xshash xizmat va mahsulotlari bilan
taqqoslash (jarayonga oid istiqbol);
bank tashkiliy strukturasining hal qilinayotgan masalalarga muvofiqligi
(tashkiliy kapital);
bank personalida malaka darajasi etarliligi (insoniy kapital);
bank axborot tizimi rivojlanishining biznes-jarayon bilan aniqlanuvchi
talablarga mosligi (axborot kapitali).
ichki tahlil olib borish jarayonida qilingan asosiy xulosalarni vaziyatli
tahlilning yakuniy bosqichi sanalgan SWOT- tahlil jarayonida kelgusida
foydalanish uchun bankning kuchli va kuchsiz tomonlari ro‘yxatida aks ettirish
qabul qilingan. Uning maqsadi bankning kuchli va kuchsiz tomonlarini tashqi xatar
va imkoniyatlar bilan taqqsolash hisoblanadi.
Bank o‘zining kuchli tomonlari bilan namoyon bo‘lgan faoliyat yo‘nalishi,
agar ushbu yo‘nalishlarda biznesning tez o‘sishiga imkon beruvchi imkoniyatlar
aniqlangan bo‘lsa, rejaning strategik afzalligiga aylanadi.
Kuchli tomonga tashqi muhit xavflari qarama-qarshi qo‘yilgan bo‘lsa,
bankning ushbu tahdidlardan himoyalanganligi haqida gapirish mumkin.
Bank kuchsiz pozitsiyaga ega bo‘lgan faoliyat segmentlarida yuzaga
kelayotgan muhit imkoniyatlari, innovatsiya loyihlarini amalga oshirishda
muvaffaqiyat omili sifatida foydalanish mumkin.
Kuchsiz tomonlar aniqlangan faoliyat yo‘nalishlari va segmentlarida
yuzaga kelgan xatarlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu erda biznes
rivojlanishiga yo‘naltirilgan innovatsiyalardan voz kechish doim ham mumkin
emas, chunki xatarlar kredit tashkiloti yaxlitligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sir
qiluvchi kritik omillar bo‘lib chiqishi mumkin.
Strategik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi asosiy vazifalar (bank missiyasi)
aniqlanishni taqozo etadi. Bank missiyasi - bu muassislar tomonidan aniq
ifodalangan mavjudlik sababi. Mohiyatan uning aniqlanish bosqichi kredit
tashkiloti faoliyati boshlanishdan oldin ro‘y beradi: muassislar uni tashkil etishda
bozorni egallash miqyosidagi maqsadlar kabi ularni amalga oshirishga imkon
beruvchi bank boshqaruv metodlarini aniq taqdim etish lozim. Biroq bozor
sharoitlarini aniq taqdim etishi lozim. Biroq bozor sharoitlari va muassislar tarkibi
o‘zgarishi tufayli bankning asosiy vazifasi ifodalanishi almashishi mumkin,
shuning uchun missiyaga aniqlik kiritilishi strategik rejalashtirishning har bir yangi
bosqichida sodir bo‘ladi. Missiya belgilanishi, qoida bo‘yicha, direktorlar kengashi
darajasida sodir bo‘ladi.
Bank missiya ifodalanishida aniq miqdoriy ko‘rsatkichlar kamdan-kam
uchraydi. Bank missiyasi bankka oid tashkilotchilik turi va uning maqsadlarnigina
belgilaydi. Avvalo mijozlar doirasi va ularning e’tiyojlarini aniqlashga e’tibor
qaratiladi. SHu tariqa bank missiyasi nafaqat uning tijoriy manfaatlarini, balki
rivojlanish barqarorligiga bevosita bog‘liq sub’ektlar manfaatlarini ham
ta’minlashni ko‘zda tutishi lozim. Bu naqtai nazarni ijtimoiy-ahloqiy marketing
konsepsiyasi aks ettiradi. U rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari ideologiyasida
ustunlik qiladi.
Bank missiyasi mazmuniga boshqaruvnig qadriyat yo‘nalishi, to‘plangan
iqtisodiy potensial va bank tarixi, uning ichki korportaiv madaniyati, bank tashkiliy
tuzilishi, shuningdek, tashqi vaziyatlar: milliy iqtisodiyot ahvoli, davlat tomonidan
olib borilayotgan iqtisodiy siyosat, amaldagi bank qonunchiligi va boshqalar
tomonidan o‘rnatilgan cheklov va talablar kabi ichki omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Bank missiyasi shakllantirilib e’lon qilingach, nafaqat barcha personal undan
xabardor qilinishi (yuqoridan eng kichik bo‘g‘incha), balki alohida funksional
bo‘linmalar (foydalilik markazlari) uchun aniqlashtirilishi ham muhim.
Missiya negizida bankning kredit va investitsiya siyosati to‘g‘risida
memorandum, bank mahsulotlari va xizmatlariga narx shakllantirilishi masalalari
bo‘yicha memorandum, personalni boshqarish to‘g‘rida siyosat kabi hujjatlar
ishlab chiqiladi.
Bank strategiyasini ishlab chiqishning uchinchi bosqichida muayyan asosiy
vazifalardan kelib chiqib, reja davriga strategik maqsadlar shakllantiriladi.
Maqsadlar bank missiyasini aniqlashtiradi va quyidagi shartlarni qoniqtirishi
lozim. Aniqlik va o‘lchanuvchanlik, vaqtda mo‘ljallanganlik, erishuvchanlik, zid
emaslik va o‘zaro to‘ldiruvchanlik.
Birinchi shart qo‘yilgan maqsadlarga erishishni baholash uchun mo‘ljal bo‘lib
xizmat qilishi mumkin bo‘lgan konkret ko‘rsatkichlar tanlanishini taqozo etadi.
Ko‘rsatkichlar turli tarzda aniqlanadi: balans qatorlari bo‘yicha (masalan, mijozlar
hisob raqamlaridagi qoldiq hajmi), turli hisob ko‘rsatkichlari bo‘yicha (masalan,
ishlayotgan aktivlar rentabelligi yoki kapital qaytimi), sifatga oid ravishda
(masalan, mahalliy bozorda etakchi o‘rinni egallash yoki bank xizmatlari sifati va
assortimentini kengaytirish).
Ikkinchi shart - natijaga erishish uchun ajratilgan vaqtni aniqlash zarurati.
Rejalashtirish chegaralarini tanlash nuqtai-nazaridan: uzoq muddatli maqsadlar,
ularning bajarilishi besh va undan ortiq yildan so‘ng amalga oshadi, o‘rta muddatli
- tashkilot faoliyatini bir yildan besh yilgacha tartibga soladi va qisqa muddatli -
bir yil davomida amalga oshiriladi - kabi turlarga ajratiladi.
Maqsadga erishuvchanlik batafsil hisoblab chiqilishi va moliyaviy
rejalashtirish jarayonida asoslanishi lozim. Tashkilotning ichki potensialiga mos
bo‘lmagan yoki ob’ektiv omillar tufayli erishib bo‘lmas strategiyalarni tanlash
kapital yo‘qotishidan tashkilot bankrot bo‘lishigacha olib kelishi mumkin. Misol
sifatida hududiy ekspansiyaga intiluvchi banklar va kapital baza hamda yo‘lga
qo‘yilgan boshqaruv tizimi, nazorat yo‘q bo‘lgan holda juda tez sur’atda
rivojlanayotgan filial va bo‘linmalar tarmoqlarining salbiy tajribasini keltirish
mumkin.
Maqsadlar qarama-qarshi emasligi, - majburiy, lekin ularning o‘zaro
bog‘langanligi va o‘zaro to‘ldiruvchanligi bilan uyg‘unlashuvi lozim bo‘lgan
etarlicha shart emas. Agar bank tashkilot o‘z oldiga haddan ziyod ko‘p turli
yo‘nalishdagi (qarama-qarshi bo‘lmasa-da) maqsadlarni qo‘ysa ularni amalga
oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
Bankning strategik maqsadlarga erishish darajasini baholash uchun uning
faoliyatining moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlari tizimidan foydalaniladi. Bu
ko‘rsatkichlar zamonaviy amaliyotda natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari yoki
boshqacha KRI (Key Performance indicator) deb ataladi. Jarayonli boshqaruv
nazariyasi asoschisi V.Faber shunday yozadi: “Odamlar natijaviylikning asosiy
ko‘rsatkichlarini ixtiro qildilar va ularni balanslashtirishni unutdilar”. Bu
muammoni hal etish uchun boshqaruv nazariyasida ko‘rsatkichlarning
balanslashtirilgan tizimi yoki boshqacha - Balanced Scorecard (BSC) dan
foydalanishni taqozo etuvchi yondoshuv ishlab chiqilmoqda. Bu turli
natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari qabul qilingan balanslash qoidalari bilan
tartibga solingan to‘plamdir. Afsuski, ushbu nazariya mualliflari quyidagi faktni
qayd qilishni unutadilar. Bank faoliyati maqsadli ko‘rsatkichlari sifatida tanlangan
natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari qiymati haqiqatan ham bir vaqtning o‘zida
berilgan qiymatni olishi mumkinligini ko‘rsatuvchi yagona moliya modeli
doirasida moslashgandagina balanslash jarayonini tugallangan deb hisoblash
mumkin. Bunday isbot zarurligi, yuqorida qayd qilinganidek, bankning turli
moliyaviy maqsadlari qarama-qarshiligi bilan bog‘liq.
Rejalashtirish jarayonida natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari qiymatini
belgilovchi tashqi va ichki omillarni aniqlash, bu ko‘rsatkichlarni ushbu omillar
o‘zgarishiga ta’sirchanligini tahlil qilish, shuningdek, vaziyat rivojining turli
talqinlari uchun natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari qiymatini prognozlash
zarur. Bundan tashqari, bank natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari mos o‘rtacha
bozor ko‘rsatkichi va raqobat guruhi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bilan taqqsolanishi
kerak. CHunki strategik rejalashtirish jarayoni yakuniy natijada bankning bozor
pozitsiyasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |