3. Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarishning «Farq» usuli.
Tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarishda muhim vosita
bo‘lib, aktiv va passivlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalar bo‘lib xizmat qiladi.
Tijorat banklari faoliyatini sof foizli marja yoki spred ko‘rsatkichlari boshqarish
mumkin. Banklarda aktiv va passivlar bo‘yicha foiz stavkalar o‘rtasidagi farq
orqali banklar faoliyatini boshqarish bugungi kunda keng tarqalgan usullardan
hisoblanadi.
Mazkur usulni chuqur o‘rgangan Fransiyalik tadqiqodchi SSF banki xodimi
Patrik Berjere tomonidan 1991 yilda «aktiv va passivlarning qaytish darajasi va
«farq» tahlili» nomli o‘zining uslubini ishlab chiqdi. Mazkur uslubning eng muhim
tomoni shundan iboratki, bu uslub to‘la kompyuter texnologiyasiga asoslangan,
ammo oddiy EXSEL dasturida yaratilgan, bank balansini to‘la tahlilini o‘z ichiga
qamragan dastur hisoblanadi.
Bugungi kunda Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida bu uslub turg‘un holat tahlili
sifatida qaralmoqda. Jumladan, E.Stroganova va O.Zaxarovalar
20
Farq(GAP)
tahlilini «statik holat» va «matematik tahlil» sifatida qaraydilar. Biz bu
mulohazalarga qo‘shila olmaymiz. CHunki bu boshqaruv – tahlil usulubi «dinamik
tahlil» hisoblanadi.
Bu dasturda yakuniy natija olishdan oldin balansning har bir bandi chuqur
o‘rganilib chiqiladi. SHunga ko‘ra aniq qaytish grafigiga ega bo‘lgan aktiv va
majburiyatlar bo‘yicha kutilayotgan aniq to‘lov muddatlari borasida raqamlarga
ega bo‘linadi. Qaytish grafigiga ega bo‘lmagan beqaror aktiv va majburiyatlar
bo‘yicha esa taxminlar kiritilib kelajakdagi holat o‘rganiladi. SHu bilan birga bir
hisobot shakli bilan bank bir xaftalik, o‘n besh kunlik, oylik, yarim yillik, yillik va
20
Строганова Е. «Управление процентным риском - одна из основуспешного развития банк». ст. журнал
«Бюллетень финансовой информации» № 1-2 (44-45), январь-февраль, М.: -1999 г. стр - 90-97. О.Захарова.
«Как восстановить ликвидность российских банков». cт. журнал. «Бюллетень финансовой информации» №
10 (41), октябрь, М.: -1998 г. cтр - 14-17.
hohlasa joriy balans ma’lumotlariga asoslangan holda bir necha yillik aktiv va
passivlarning hamda likvidlik holati tahliliga ega bo‘lishi mumkin.
Banklarda aktiv va passivlarni boshqarish, avvao bank likvidligini optimal
boshqarish, mijozlarga o‘z vaqtida, sifatli xizmat ko‘rsatishning garovi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan bank uchun ishonchli kredit mablag‘larining manbaini tashkil
etish demakdir. Ammo tijorat banki uchun kecha yopilgan balans bo‘yicha turg‘un
likvidlik holatini o‘rganish emas, balki kutilayotgan likvidlik riskini oldindan
bilish muhim.
Bugungi kunda har tijorat banki o‘zining aktiv va passivlarni boshqarish
bo‘yicha alohida o‘z siyosatini va strategiyasini ishlab chiqadi. Markaziy bank
tomonidan iqtisodiy me’yorlar o‘rnatilishi jarayonida tijorat banklarining likvidlik
darajasi inobatga olingan. Jumladan, 30 kungacha muddatga joylashtirilgan likvid
aktivlar 30 kungacha bo‘lgan qisqa muddatli majburiyatlarni (talab qilib olgunga
qadar depozitlar va 30 kungacha to‘lov muddati keladigan muddatli omonatlar)
qoplashi lozim. Mazkur me’yorning o‘rnatilgan darajasi 30% ni tashkil qiladi.
Demak bank o‘z likvid aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini (talab qilib
olgunga qadar hisob raqamidagi depozitlar va 30 kungacha to‘lov muddatli
omonatlar) to‘liq qoplash imkoniyatiga ega. Boshqa tomondan esa bank ortiqcha
likvid mablag‘larni tutib turibdi va bu esa daromadlilik darajasining kamayishiga
sabab bo‘ladi.
Farq (GAR) bu – bank likvidligining holati (mablag‘larning etarliligi yoki
kamomadini) ifodalab, tijorat banklari aktiv va passivlari o‘rtasidagi muvofiqlikni
qaydarajada ekanligini ko‘rsatadi. Tijorat banklari aktiv va passivlari o‘rtasidagi
o‘zaro mutanosiblik “Farq”ni ko‘rsatadi. Ushbu GEP ikkiga bo‘linadi:
1. Salbiy Farq (-GAR) bankning likvid mablag‘larga bo‘lgan talabi
mavjudligini ifodalaydi;
2. Ijobiy Farq (+GAR) esa likvid mablag‘larning ortiqchaligini ifodalaydi.
Bu erda asosan salbiy farq (-GAR) bankda mablag‘lar tanqisligini, ijobiy farq
(+GAR) esa mablag‘larning ortiqchaligini ko‘rsatadi. Bunday holatda mazkur
salbiy farq (-GAR) ni yopish, ijobiy farq (+GAR)ni daromad keltiruvchi aktivlarga
taqsimlash orqali kelajakda foydaning miqdori taxmin qilinadi. Mazkur ijobiy
farqni (+GAR) daromad keltiruvchi aktivlar o‘rtasida qayta taqsimlashda
aktivlarning daromadlilik darajasiga e’tibor beriladi. Salbiy farqni (-GAR) qoplash
uchun jalb qilinadigan mablag‘larning eng yuqori foiz darajasi (M
max
) asos qilib
olinadi. Jalb qilinadigan mablag‘larning eng yuqori foiz darajasi (M
max
) tanqis
bo‘lgan mablag‘larni tashqi bozordan sotib olishning eng yuqori tannarxini
ko‘rsatadi. Jalb qilinadigan mablag‘larning eng yuqori foiz darajasiga (M
max
) foiz
darajalarning kelajakdagi taxminiy darajasini (%
F
) qo‘shish orqali haqiqiy tannarx
aniqlanadi. Foiz darajalarining kelajakdagi taxminiy darajasini hisoblash
yordamida yoki bir qancha chet mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda bir
nechta aktiv operatsiyalarning elastik foiz darajalarini asos qilib olgan holda
belgilash mumkin.
Bu xil jarayonning qanchalik samarali olib borilayotganini kuzatish uchun
aktivlarning daromadlilik koeffitsenti AKD(ROA) ko‘rsatkichini kuzatib borish va
amalga oshirilgan aktiv va passivlarning boshqarish samarasini va daromadlilik
darajasini ko‘rish mumkin. Boshqa tomondan aktiv va passivlarni boshqarish
samarasi aktivlarning sifatiga va majburiyatlarning shakliga ko‘p tomondan
bog‘liq. Bank o‘z zimmasiga oladigan majburiyatlari qanchalik ko‘p va arzon
bo‘lsa bankning daromadlik darajasi shunchalik ortib boradi. Bunday holatda bank
likvidligini boshqarish asosiy strategik maqsad bo‘lishi lozim.
Bank o‘z sarmoyasiga mos qanchalik majburiyat olishi mumkinligini va bu
majburiyatlarni
qanday
aktivlarga
joylashtirishi
lozimligini
aktivlarning
daromadlilik koeffitsenti (ROA) va Leveraj ko‘rsatkichlari orqali kuzatilib boradi.
Bu ko‘rsatkichlarning sifati bankning o‘z sarmoyasini orttirish imkonini beradi.
SHuni ta’kidlash kerakki, bank kapitali qanchalik yirik bo‘lsa, bu bank
shunchalik tavakkalchilikka asoslangan holda daromadligi yuqori bo‘lgan
investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab - quvvatlash imkoniga ega bo‘ladi. Bank
olgan daromadning qancha miqdori bank ixtiyorida bank kapitalini orttirish
maqsadida qolishini kapitalning daromadlilik koeffitsenti (ROE) ko‘rsatkichi
yordamida ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur uslubda bankning likvidlik holati eng qulay holatlar hisobga olingan
holda tahlil qilinib, iqtisodiy sharoit bank uchun qulay bo‘lganda bank foydasining
maksimal ortish darajasi bilan iqtisodiy holat noqulay bo‘lganda bank zararining
eng quyi nuqtasiga tushish holati solishtirilib bankning bozordagi imkoniyat
chegarasi ham o‘rganiladi. Bu jarayonda eng muhim muammo salbiy Farq (-
GAR)ni yopish masalasi bo‘lib, tahlillar noqulay sharoit hisobga olingan holda
olib boriladi. CHunki bank uchun mablag‘lar jalb qilgan holda barqaror
mablag‘larni shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
pul emissiyasining qisqarishi hisobiga iqtisodiyotda jamg‘armalarning
kamayishi.
nominal foiz darajalarining va majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar
darajasining ortishi hisobiga bank bozoridagi mablag‘lar tanqisligi.
korxona va tashkilotlarning byudjet oldidagi to‘lovlarning ortishi va
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning ortishi qarzlarning o‘sishi.
Agar bankda likvid aktivlar ortiqchaligi kuzatilsa, bank mablag‘lar bozoriga
sotuvchi sifatida chiqadi va foiz darajalari ko‘tarilish holatida yuqori foizda likvid
mablag‘larini daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish hisobiga foyda oladi.
Bundan tashqari bank foyda mikdorining foiz darajasidagi o‘zgarishlarga
nisbatan elastikligini tahlili juda muhim. Bu tahlil bank boshqaruviga likvid
aktivlarida kamomad kuzatilgan paytda foiz darajasidagi o‘zgarishlarni hisobga
olgan holda jalb qilinadigan mablag‘larning qisqa muddatga yoki uzoq muddatga
jalb qilinishi, likvid aktivlar ortiqcha bo‘lgan paytda esa bu mablag‘larni qisqa
muddatga yoki uzoq muddatga joylashtirish borasida qaror qabul qilishida foydali
hisoblanadi.
Mazkur ko‘rsatkichni topish uchun ortiqcha likvid mablag‘larni jalb qilishda
yoki likvid mablag‘larni qoplashda foiz darajasining 2 foizga o‘zgarishi taxmini
asosida foyda miqdoridagi o‘zgarish kuzatilib, bu o‘zgarish miqdorining yillik
foyda tarkibidagi salmog‘i aniqlanadi. Mazkur ko‘rsatkich elastiklik koeffitsienti
deb atalib quyidagi formula bilan topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |