Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

 
 
 
 
1.  Banklarning  aktiv  va  passivlarini  boshqarishning  nazariy  asoslari  va 
uning bank faoliyatidagi ahamiyati. 
 
 
Tijorat  banklari  faoliyatini  boshqarish  va  moliyaviy  menejmentning  muhim 
yo‘nalishlaridan  biri  aktiv  va  passivlarni  boshqarish  hisoblanadi.  Bank  aktiv  va 
passivlarini boshqarish 1960 yillardan qo‘llanila boshlagan. Foiz stavkalar tushishi 
va  ko‘tarilishi  sharoitida  bank  risklarini  boshqarishda  dolzarb  masala  aktiv  va 
passivlarni  boshqarishdir.  Dastlab  banklarda  aktiv  va  passivlarni  boshqarish 
alohida yo‘nalishda, aktivlarni, passivlarni va spredni boshqarish qo‘llanilgan.  
Passiv  operatsiyalar  tijorat  banklarining  resurslarni  jalb  qilishi  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan  operatsiyalari  hisoblanadi.  Buni  depozitlar,  banklararo  kreditlar,  qaprz 
qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va boshqalar orqali amalga oshirishi mumkin.  
Aktiv  operatsiyalar-yuqorida  qayd  etilganidek,  bu  bank  tomonidan  foyda 
olish  maqsadida  o‘z  mablag‘lari  va  jalb  qilingan  mablag‘larni  samarali 
yo‘naltirishdir.  Bunga  bozorda  yuzaga  kelgan  holatni,  bankning  joriy  holatini 
tizimli  tarzda  tahlil  qilish,  bank  aktivlari  harakati  va  tarkibiga  doimo  zaruriy 
o‘zgartirishlar kiritish orqali erishiladi. 
Tijorat  banklari  aktivlari  va  passivlarini  boshqarishning  vazifalari 
quyidagilar:  
 
bankning likvidliligini ta’minlash; 
 
bank faoliyatining samaradorligini ta’minlash; 
 
bank kapitali etarliligini ta’minlash; 
 
bank xarajatlarini boshqarish hisoblanadi. 
Bank passivlarini boshqarishning alohida belgilari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
 
Qiska  muddatli  sarmoya  bozorida  passivlarni  sotish  yordamida  fondlarni 
sotib olish; 
2.
 
O‘z  mijozlarining  kreditga  bo‘lgan  ehtiyojlariga  bankning  sezgirlik  bilan 
javob qaytarishini ta’minlash uchun tushayotgan mablag‘larning boshqaruv richagi 
sifatida baho olishidan (foiz stavkasining taklif etilayotgan bahosi) foydalanish. 


Xulosa  qilib  aytganda,  bank  passivlarini  boshqarishning  o‘zi  murakkab 
jarayon bo‘lib, aktivlarning daromadliligini belgilovchi birlamchi omil hisoblanadi. 
Tijorat  banklari  aktivlari  birinchi  navbatda  qisqa  muddatli  kelajakni  nazarda 
tutadi  va  har  kungi  bank  balansini  boshqarish  ishi  bilan  bog‘liqdir.  U  bank 
faoliyatida daromadni oshirish va risklarni chegaralashga  yo‘naltirilgan.  SHuning  
uchun  aktivlarni boshqarishning moliyaviy jixatdan asosiy maqsadi, daromadlarni 
oshirish va bank faoliyatidagi risklarni pasaytirishdan iborat. 
SHuningdek,  uzoq  muddatli  strategik  rejalashtirishda  ham  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Tijorat  banklari  aktivlarini  tahlil  qilish  uchun  muammoli  kreditlarni 
tasniflash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur. Aktivlarni 
andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar 
reytingini  miqdor  jihatdan  aniqlash,  shuningdek,  kreditlardan  zarar  ko‘rish 
hollarida  mo‘ljallangan  zaxiralar  etarliligini  baholash  imkonini  beradi.  Asosan 
uzoq  muddatli  kreditlar,  nakd  pullar  va  vakillik  hisobvaraqlari,  ssuda  va  boshqa 
aktivlar holatiga e’tibor qaratiladi. 
Bankning  aktiv  operatsiyalari  tahlili  daromadlilik,  risk  darajasi,  likvidlilik 
nuqtai  nazaridan  amalga  oshirilishi  kerak.  Bank  taraqqiyoti  manbalaridan 
ma’lumki,  bank  aktivlari  daromadliligi  va  likvidliligi  bir-biriga  qarama-qarshi. 
Bank likvidliligi va uning daromadliligi o‘rtasidagi   aloqadorlik tahlili likvidlilik 
ahamiyatining  ustunligi  to‘g‘risida  xulosa  chiqarishga  imkon  beradi.  Bu 
mezonning  ustunligini  hisobga  olish  natijasi  ko‘rsatilgan  qarama-qarshilikni 
muvofiqlashtirishga  va  bank  faoliyatining  asosiy  maqsadi  bo‘lgan  foyda  olishga 
erishishga olib keladi. 
Bankning  faoliyatida  aktivlarning  tutgan  rolini  yana  ham  mukammalrok 
o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatgichlarni hisoblash muhimdir: 

 
tashkilotlar,  korxonalar,  jismoniy  shaxslar  va  banklarga  berilgan 
kreditlar bo‘yicha umumiy kredit summasini hisoblash; 

 
berilgan  kreditlarni  ularning  muddatlari,  tarmoqlarga  berilishi  va 
ularning umumiy karzdagi salmog‘ini  aniqlash; 

 
ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash va kredit bahosining 
o‘rtacha darajasini aniqlash; 

 
umumiy  ssudalarning  ichida  muddati  o‘tgan  qarzlarning  salmog‘ini 
hisoblash. 

 
bank tamonidan berilgan yirik kreditlarning hajmini aniqlash; 

 
berilgan 
turli 
darajadagi 
kreditlarning 
Markaziy 
bank 
yo‘riqnomalariga javob berishini hisoblash; 
Bulardan  tashqari  yana  ham  quyidagi  koeffitsientlar  borki,  bularni  ham 
hisoblash foydadan holi bo‘lmaydi: 
1. Aktivlardan foydalanish samaradorligi. Buni quyidagicha aniqlaymiz. 
 
Aktivlardan 
foydalanish 
samaradorligi 
H

Daromad keltiruvchi aktivlarning o‘rtacha miqdori 
Brutto aktivlar 
 


Bu  koeffitsent  aktivlarning  qancha  qismi  ishlashini  va  daromad  keltirishini 
ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich 70-80 foiz atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi.  CHunki 
ushbu  ko‘rsatkichning  juda  yuqori  bo‘lishi  banklar  faoliyatida  risk  darajasining 
oshishiga olib keladi. 
2. Kredit berishda depozit mablag‘laridan foydalanish koeffitsenti. 
 
Kredit 
berishda 
depozit 
mablag‘laridan 
foydalanish 
koeffitsenti 

Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i 
Brutto depozitlar  
 
Tijorat  bankining  jalb  qilingan  depozitlaridan  foydalanish  samaradorligini 
ko‘rsatadi.  Mazkur  ko‘rsatkich  qancha  yuqori  natijaga  ega  bo‘lsa,  bank  jalb 
qilingan depozitlaridan samarali foydalanayotganligini ko‘rsatadi.  
3. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi. 
 
Tijorat 
banklari 
kreditlarining 
bank 
jami 
aktivlaridagi ulushi 
 

Kreditlarning o‘rtacha qoldig‘i 
Brutto aktivlar 
 
Ushbu ko‘rsatkich tijorat bank aktivlarining qancha qismi kreditlardan iborat 
ekanligini  ko‘rsatadi  va  xalqaro  amaliyot  tavsiyasiga  ko‘ra  60  foizdan  yuqori 
bo‘lishi  lozim.  Bu  esa  bankning  asosiy  daromadlari  kreditlardan  olinishi  bilan 
izohlanadi.  
Ushbu  ko‘rsatkichlar  bankning  kredit  siyosati  samaradorligini,  bankning 
aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko‘rsatadi, ularning risklilik darajasini 
va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bank aktivlarini boshqarish ko‘p jihatdan moliyaviy risklarninazorat qilish va 
kamaytirishga  bog‘liq.  Har  qanday  bankka  tegishli  majburiy  maqsadga  muvofiq 
xujjatlar  to‘plami  mavjud  emas.  Lekin  banklar  o‘z  aktivlarini  shakllantirishda 
quyidagi hujjatlari bo‘lishi  aqsadga muvofiq: 
1. Foiz stavkalari o‘zgarishiga bog‘liq balans o‘zgarishi hisoboti. 
2. Foiz stavkalari o‘zgarishiga bog‘liq aktivlarni qaytarish grafigi; 
3. Likvidlikni boshqarish bo‘yicha hisobotlar: 
• jamg‘arish holati bo‘yicha hisobot; 
• aktivlarni undirish grafigi; 
• mablag‘ manbalari va yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlar; 
•  likvidli  aktivlar  tarkibi  va  mablag‘lar  manbalarining  beqarorlik  darajasi 
tahlili; 
4. Muammoli aktivlar bo‘yicha hisobot: 
•  umidsiz kreditlar va boshqa ishlamayotgan aktivlar bo‘yicha hisobot; 
• hisobdan chiqarish uchun muddati o‘tgan kreditlarga tashkil etilgan zaxiralar 
bo‘yicha ma’lumot; 
• kreditlar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha hisobot; 
5. Iqtisodiy hisobotlar: 
• inflyasiya tahlili; 
6. Foiz stavkalari bo‘yicha hisobot: 


• fondlar qiymati tahlili; 
• joriy bank foiz stavkalari dinamikasi; 
• asosiy rakobatchilar foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot va boshqalar. 
Tijorat 
banklarining 
aktivlarini 
boshqarishda 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarning  bank  amaliyotida,  tijorat  ssudalari  nazariyasidan  hamda 
kutilayotgan daromad nazariyasi ham keng ko‘lamda foydalaniladi. 
Tijorat ssudalari nazariyasiga ko‘ra, bankning kreditlash jarayonini tovarning 
ishlab  chiqaruvchidan  iste’molchga  tomon  harakatlanish  bosqichlariga  bog‘liq 
ravishda  tashkil  qilish  lozim.  Ushbu  nazariya  mualliflarining  fikriga  ko‘ra,  tijorat 
banki resurslarining asosiy qismini qisqa muddatli ssudalarga joylashtirishi lozim, 
resurslarni  qo‘zg‘almas  mulk  ob’ektlariga  va  qimmatli  qog‘ozlarga  joylashtirish 
banklarning likvidliliigga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Kutilayotgan  daromad  nazariyasiga  ko‘ra,  tijorat  banklari  mijozlarining  pul 
tushumlarining kelib tushish davriga mos ravishda kreditlarning qoplash muddatini 
belgilash  zarur.  Ushbu  nazariyaga  ko‘ra,  mijozlarning  yangi  kreditlarga  bo‘lgan 
ehtiyojini  boshqa  banklardan  kredit  olish  yo‘li  bilan  yoki  bankning  portfelidagi 
qimmatli qog‘ozlarni sotish yo‘li bilan qoplash lozim. 
 
 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish