Ichki omillar
. Bank boshqaruvini takomillashtirishni taqozo etuvchi ichki
sabablarga quyidagilar kiradi:
-
yangi aksiyadorlar kelib qo‘shilishi hisobigabankning jadal rivojlanishi,
bank mahsulotlari va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish va ular sotiladigan
bozorlarni kengaytirish;
-
ko‘pincha shtatdagi xodimlar sonini o‘zgartirmasdan turib, moliya
bozorlaridagi yangiliklarga tayangan holda vazifalar ko‘lamining kengaytirilishi;
-
bank biznesiningbarcha yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyotlar hajmi ko‘payishi
oqibatida bank xodimlari yuklamasining ortishi;
-
qaror qabul qiluvchi shxslar vakolati cheklangani holda qaror qabul qilish
jarayonining nomukammal, haddan ziyod uzoq davom etuvchi jarayonga
aylanishi;
-
boshqaruv va rahbariyatning kuchsizligi;
-
bank xodimlari kasbiy malakasining pastligi, kadrlar qo‘nimsizligi;
-
bank rahbariyatida stress holatlarining, ishlab chiqarish mojarolarining
ko‘pligi;
-
hududiy sotish bozorlarini o‘zlashtirish, filiallar ochish, sho‘‘ba
kompaniyalarni joriy etish va boshqa ehtiyojlar.
Bank boshqaruv organlari tarkibidagi o‘zgarishlar muqarrar ravishda ular
o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi, shtat jadvalini o‘zgartirishga, qaror
qabul qiluvchi shaxslar vakolatlarining qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bu shuni
anglatadiki qayta tashkil etish bank uchun zarur va foydali bo‘lgani holda yangi
boshqaruv mexanizmini yaratish va sozlash bilan bog‘liq xarajatlar vaqt sarfi bilan
bog‘liq muayyan muammolarni keltirib chiqaradi. Qayta tashkil etish har kuni
o‘tkazilishi mumkin emas (bu o‘rinda har qanday ma’muriy mexanizmda odatiy
hol bo‘lgan tuzilmaning qisman aniqlashtirilishi hisobga olinmaydi), qayta
tashkil etish choralari ketma-ket amalga oshirilishi mumkin emas.
Boshqaruvning qayta tashkil etilishi bankning etarli darajada ongli va
umumqamrovli strategiyasiga asoslanishi kerak. Bu o‘rinda strategiya va
menejmentni bir-biriga zid qo‘yish o‘rinsiz; faqat har ikkalasi birlashgan holda
muvaffaqiyatga erishish mumkin. Bank-menejmenti, uning tashkiliy tuzilmalari
sifati strategiya sifatiga mos kelishi bejiz emas. Fanda ham, amaliyotda ham
mantiqiy to‘g‘ri ibora – strategik menejment atamasi paydo bo‘lgani bejiz emas. U
o‘zida kredit tashkiloti rivojlanishi yo‘nalishlarini uzoq muddatli anglashga
asoslangan boshqaruvni mujassamlashtiradi. Strategik bank-menejmenti deganda
bankning tamoyilial ongli hatti-harakati, uning uzoq muddatli strategiyaga
asoslagan ijroiya organlari harakatlari tushuniladi.
Bank faoliyat falsafasi odatda uning mahsulotlar bozoriga munosabati,
bankning ushbu bozorning tegishli segmentidagi ulushi, faoliyat geografiyasi,
mijozlar va biznes bo‘yicha sheriklar, eng muhim ijtimoiy vazifalarga talluqli
bo‘ladi. Bank faoliyati falsafasi uning foydaga erishish omillariga yondashuvi,
samaradorligi, tejamkorligi va rentabelligini belgilaydi. Bank strategiyasi va ushbu
strategiyani joriy etish bo‘yicha bank menejmenti – bu bozordagi hatti-harakatlarga
oid uzoq muddatli dastur, mustaqil va nihoyatda ijodiy ish, kelgusida rivojlanish
maqsadlari va yo‘nalishlarini belgilovchi g‘oyalarni ishlab chiqarish va amalga
oshirishni anglatadi.
Bank strategiyasini ifodalamasdan turib (faoliyat falsafasi belgilanmasdan)
bank boshqaruvi organlari tuzilmasini shakllantirish, unda xodimlarning ishini
tashkillashtirish mushkul ish. Umumiy masalalar hal qilinmagan taqdirda
ijrochilar har kuni xususiy muammolarni hal qilishga majbur bo‘ladi. Amalda bu
boshqaruv apparatining har kuni qayta tashkil qilinishiga sabab bo‘lishi, bank
rahbariyati va xodimlarini o‘zlarining asosiy kasbiy majburiyatlarini bajarishdan
chalg‘itishi mumkin.
Bankning kutilayotgan qayta tashkil topishi yoki uning rivojlanish
strategiyasining tuzilishi banking kuchli va ojiz tomonlarini har tomonlama va
chuqur tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi. Bu kabi tahlil asosan faoliyatning
asosiy ob’ektlariga: rejalashtirishga, boshqaruv nazoratiga, hisob yuritishga,
kontrollingga, marketingga, xodimlarni boshqarishga yo‘naltiriladi.
Tahlil jarayonida vakolatlarni taqsimlash, o‘rnini egallash tizimi, qarorlar
qabul qilish bo‘yicha amaldagi tartib samaradorligi aniqlanadi. Bankning kuchli
va ojiz jihatlarini tahlil qilish bank hajmining qanchalik maqbulligi, uning
huquqiy shakli bankning samarali faoliyat yuritishiga qanchalik ko‘maklashuvi,
uning tarmoqlari (filiallari, vakolatxonalari, ishlayotgan mijozlar zallari,
bankomatlari va h.z.lar) etarli ekanligini belgilaydi.
Banklarni tashkiliy tuzilmasining yangi varintini joriy etishda mutaxassislar
jamoasi shakllantiriladi, va ularga odatda keng vakolatlar beriladi va u yoki bu
modelga asos bo‘lgan g‘oyalar amalga oshiriladi. Tuzilgan mehnat jamoasi
tuzimaviy bo‘linmalar tomonidan bajariladigan vazifalar doirasiga muayyan
tuzatishlar kiritishi kerak. Bunda qo‘yilgan vazifalar bankning aniq bo‘linmasida
vakolatli shaxslar doirasi va tegishli jihozlar borligiga moslashtirilgan bo‘lishi
kerak. Bankda qarorlar qanday tarzda – individual ravishdami yoki jamoaviy
tarzdami aniq begilab olinish muhim ahamiyatga ega. Ko‘plab banklar uchun bu
kabi qarorlar tamoyilial ahamiyatga ega. Bank bank faoliyatiga oid qarorlarni
individual hal qilishga tayyorlagi va bunda uning shaxsiy mas’uliyati qanday
bo‘lishini hal qilib olishi kerak. Jamoaviy qarorlar individual qarorlarga nisbatan
yaxshi natijalarga olib kelishini ilmiy tarzda isbotlab bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga
qo‘shishish kerak va bunda shaxsiy qaror kollegial tarzda tasdiqlangani holda
qabul qilingani ma’qul. U yoki bu tashkiliy model yakuniy ravishda joriy
qilinguncha tuzatilishi kerak. Qayta tashkil etishni amalga oshirishda bank uning
ishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani, nimalarni aniqlashtirish, tuzatish yoki bartaraf
etish lozimligini tekshirib borishi shart. Bank tarkibi yangilanganda yangi
ustavlar, buyruqlar, faromoyishlar paydo bo‘ladi yoki eskilariga (mavjudlariga)
tuzatish kiritiladi.
Qator xorijiy banklar ishbilarmonlik ustavi va tashkiliy ustavni tuzish
amaliyotini qo‘llaydi. Birinchisida umumiy qoidalar ko‘zda tutilgan bo‘lib unda
bank maqsadlari va siyosati bayon qilinadi. Ishbilarmonlik ustavida rahbarlar va
alohida tashkiliy tuzilmalar (shu jumladan, bank rahbari, bo‘lim, tijorai bloki,
sarmoya bloki, aholida departamentlar, trast bo‘limi rahbarlari, ular joylashgan
hudud va bajaradigan vazifalari ta’rifi keltiriladi, shuningdek xodimlar bilan
ishlash, hisobot va tahlil bilan shug‘ullanuvchi boshqa bo‘linmalar qamrab
olinadi). Ishbilarmonlik ustavida ishlarni boshqarish, kredit bo‘limi faoliyati va
vakolatlari alohida ko‘rsatib beriladi. Hujjatda ish haqi, ta’tillar, ishdan bo‘shash,
sotib olish va sotish, ijaraga olish, lizing, ko‘chmas mulkni soz holda saqlash,
asosiy aylanma mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha qoidalar ko‘zda tutiladi. Bu
hujjatga turli bo‘limlar, bo‘linmalar va komissiyalar vakolatlari ilova qilinadi.
Qayta tashkil etishning amalga oshirilishi tuzilmaviy bo‘linmalarni tuzish
samaradorligi ustidan puxta nazorat o‘rnatilishini taqozo etadi. Bunda boshqaruv
organlari (bo‘limlar va bo‘linmalar rahbariyati), boshqaruv instrumentlari, shu
jumladan rejalashtirish, moliyalash tizimlari, xarajatlarning alohida moddalari
bo‘yicha hisob-kitoblar nazorat ob’ekti bo‘lishi mumkin. Nazoratning alohida
ob’ekti boshqaruv (qaror qabul qilish) jarayon hisoblanadi.
Nazorat jarayonida qayta tashkil etish natijalari aniqlanishi va baholanishi, bu
boradagi tadbirlaroqibatlari tahlil qilinishi kerak. Bularning barchasi hisob yuritish
sohsiga ham tegishli. Buxgalteriya faoliyati, operatsiyahisobining yuritilishi,
xo‘jalik faoliyati tahlili, bank statistikasining yuritilishi bank faoliyatidagi tarkibiy
o‘zgarishlar natijalaridan darak berishi kerak. Boshqaruv tarkibidagi o‘zgarishlar
muqarrar ravishda xodimlar shtatiga ham talluqlidir. Bunda tashkiliy tuzilmaviy
bo‘linmalardagi o‘zgarishlar oqibatida bank boshqaruvi apparati miqdori qanday
o‘zgarganligini aniqlash muhim.
Qayd qilinganidek, bankning vazifasi o‘z tashkiliy tuzilmasini to‘g‘ri tashkil
etishdan tashqari tuzilmaviy bo‘linmalarni tashkil etish bilan ham bog‘liq. Buning
uchun bank quyidagilarni amalga oshirishi lozim: har bir bo‘linma vazifalarini
belgilab olish; har bir bo‘linma vazifalarini bankning umumiy maqsadiga
moslashtirish; bankdagi mavjud resurslar nuqtai-nazaridan tuzilmaviy bo‘linma
o‘rnini aniqlash; biznesning ushbu turi uchun ajratiladigan resurslarning hajmini
belgilash; bo‘linma oldiga qo‘yilgan vazifani hal etish bosqichlarini belgilab olish;
vazifani hal etish vositalarini belgilash.
Ekspertlar fikricha, qisqa vaqt ichida tashkilotning mavjud tuzilmasi korxona
strategiyasidan ustun turadi. Darhaqiqat, qisqa davrda birinchi o‘ringa kundalik
muammolar va vazifalar chiqadi va ular go‘yoki hatti-harakat liniyasini belgilab
beradi. Ammo bu hol tashkilot vazifalarining o‘zaro bog‘liqligini va bankning
rivojlanish strategiyasini o‘zgartirmaydi. Maqsadlar vazifalardan ustun keladigan
sharoitlarda bank kundalik va xususiy vazifalarni bank faoliyatining
ratsionallashuvi, bankning korxona sifatidagi umumiy maqsadini hal qilish nuqtai
nazaridan belgilaydi va amalga oshiradi.
Bankning alohida bo‘linmasi vazifalari bankning umumiy maqsadiga bog‘liq
bo‘lishi kerak. Muvofiqlashtirishdabo‘linmaning qaror qabul qilishdagi
vakolatlarini belgilash muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun bankda lavozim
yo‘riqnomalari ishlab chiqilib ularda xodimlarning aniq huquq va majburiyatlari,
vakolatlari belgilab beriladi. Vakolatlar quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:
-
ishbilarmonlik maqsadlari, bunda bo‘linma tomonidan bajariladigan
ishlarning mutlaq hajmi, bir xodimga nisbatan ish hajmi, ishlarni bajarish uchun
talab etiladigan xarajatlar belgilanadi;
-
vakolatlarning cheklanishi, bunda ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan faoliyat
amaliyotlarni bajarishda shaxsiy qarashlar;
-
resurslarning muyyan hajmini ajratish; pul mablag‘larining cheklangan
summasini o‘tkazish, xodimlarning qat’iy belgilagan sonini, maydon hajmini
ajratish.
Bo‘linmalar ishini to‘g‘ri tashkil etish, u yoki bu yangi me’yorlar va
qoidalarni joriy etish, mavjudlariga tuzatish kiritish uchun bank jiddiy tahlili ishni
amalga oshirishi, bir necha bosqichni bosib o‘tishi kerak. Belgilangan vazifani
bajarish bosqichlari.
Birinchi bosqich mehnatni samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiluvchi
muammolarni aniqlash va o‘rganish bilan bog‘liq. Ko‘pincha muammo bank
faoliyatining kuchli va ojiz jihatlarini tahlil qilish bosqichida aniqlanadi va
keyinchalik uni oydinlashtirishga quyidagilar ko‘maklashadi:
•
mehnatni tashkil qilish va xodimlarning o‘z vazifalarini bajarishi ustidan
tizimli nazorat o‘rnatish;
•
bankning turli bo‘linmalari rhbarlarining individual baholari;
•
xodimlar o‘rtasida muntazam so‘rov o‘tkazish;
•
bankda ratsionalizatorlik ishini tashkil etish;
•
muammoni jamoaviy o‘rganishni rag‘batlantrish;
•
boshqa banklarda ishlash tajribasini o‘rganish, shakllangan tashkilotni
boshqa kredit institutlari faoliyati bilan qiyoslash;
•
maxsus tahliliy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan keng qamrovli
diagnostika.
Ikkinchi bosqichda muammoni hal qilish bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi
belgilanadi. Muammoni hal qilish maqsadi boshqa boshqaruv tuzilmalari
tomonidan ham mohiyatiga ko‘ra, ham tadbirlar izchilligiga ko‘ra qo‘llab-
quvvatlanishi kerak.
Uchinchi bosqich muammoni keltirib chiqargan sabablar tahlilini ko‘zda
tutadi. Agar dastlabki ikki bosqichda muammo umumiy holda (birinchi bosqich)
namoyon bo‘lsa va uning hal qilinishi bo‘yicha tamoyilial qaror qabul qilinsa
(ikkinchi bosqich), ushbu bosqichda muammo to‘laligicha namoyon bo‘ladi,
muammoli vaziyat batafsil ta’riflanadi va natijada hatti-harakatlar rejasi
oydinlashadi.
To‘rtinchi bosqich kamchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar
tizimini tahlil qilish orqali aniq masalalarni hal qilishda ustuvorlikni belgilash,
masalalar echining ketma-ketligini aniqlash va belgilangan maqsadlarga erishish
imkonini beradi.
Beshinchi bosqich eng ijodiy jarayon hisoblanadi. Bu erda g‘oyalar tug‘iladi,
ular orasidan boshqaruv tizimini shaklantirish vazifasini hal qilish bo‘yicha
umumiy vazifani eng samarali tarzda hal qilish yo‘llari aniqlanadi. Odatda, masala
bir necha yo‘l bilan hal qilinishi mumkin. Ularning birini tanlash, qayta tashkil
etish yo‘li haqida qaror qabul qilish – eng mas’uliyatli jarayon bo‘lib, u sifatning
chuqur baholanishini taqozo etadi. Bu o‘rinda ko‘p narsa kasbiy mahoratga va ish
tashkilotchilari tajribasiga bog‘liq bo‘ladi.
Oltinchi bosqichda tanlangan variantlarning joriy etilishi ko‘zda tutiladi.
Izchil ish jarayonida faoliyatni qayta tashkil etish asosida har bir avvalgi
bosqichda asosiy tamoyillar va tashkilot qoidalarni ifodalash, ushbu qarorni qabul
qilishga vakolatli bo‘lgan shaxslar roziligini olish mumkin bo‘ladi. Rahbariyat
diapazoni – bitta hokimiyatga bo‘ysunuvchi lavozimlar sonini belgilash ham
muhim ahamiyatga ega. Rahbariyat lavozimlari har bir alohida holda individual
tarzda belgilansada, ammo boshqaruv modeli tuzilishini aks ettiruvchi muayyan
ko‘rsatkichlar mavjud. Bir hokimiyatga bo‘ysunuvchi lavozimlar soniga
quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
-
bank yoki uning bo‘linmasining xodimlar soni bilan belgilanadigan hajmi;
-
vakolatlarni berish darajasi (vakolatlar ko‘p hajmda berilgan taqdirda
bankning yuqori rahbariyati yuklamasi kamayadi);
-
bankning oliy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruvchilari malakasi va tajribasi (etarli
darajada malakali rahbarlar bo‘lmasa ma’muriy yuklama kredit tashkilotining
cheklangan tajribali xodimlari zimmasiga tushadi);
-
rahbarlarning xodimlar ishini o‘ziga bo‘ysundirish bo‘yicha sub’ektiv
xohishi (odatda barcha ishlarga rahbarlik qilish, haddan tashqari markazlashuv
maydalashuvga, rahbarlarning bankning korxona sifatida rivojlanishining strategik
yo‘shalishlarini tushunishga vaqti etishmasligiga olib keladi).
Ettinchi bosqichda loyihaning amalga oshirilishi ustidan nazorat
ta’minlanadi. Avvalgi ishlarning jiddiyligiga qaramay, loyiha davomida xatolarga
yo‘l qo‘yilishi mumkin (qoidalarning o‘zi munozarali tuyuladi, ularni amalga
oshirishning muvofiqligi buzilishi; xodimlar vazifalarining qayta taqsimlanishi
xato bo‘lishi va nihoyat muamolar tahlili oqibatida holat noto‘g‘ri baholanishi,
tashxis noto‘g‘ri qo‘yilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, loyihani amalga
oshirish jaryonida tuzatish choralari, kiritilgan choralarni takomillashtirish,
aniqlashtirish taqozo qilinadi.
SHuningdek, axborot belgilangan vazifani hal etish vositasi hisoblanadi.
Axborotni to‘plash, qayta ishlash, baholash va uzatish keyingi paytda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Banklardagi axborot sarf-xarajatlar bandida ishlab
chiqarishning to‘rtinchi omili deb tan olingan (ishlab chiqarish vositalari,
materiallar va mehnatdan keyin). Ma’lumotlar bazasini tashkil etish, joriy va
strategik vazifalarni hal etishda undan foydalanish qo‘yilgan maqsadlarga
erishishga yordam beradi. Axborotning ahamiyati nafaqat qarorlarni assosli qabul
qilish, samaradorlik maqsadida faoliyatni tartibga solish imkoniga ega bank uchun,
balki uning mijozlari uchun ham muhimdir. Hozirgi sharoitda banklar an’anaviy
bank xizmatlariga qo‘shimcha ravishda axborot vositachisi markazi aylanmoqda.
Xulosalar:
1. Bank faoliyatini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad bank tashkiloti
maqsad va vazifalariga mos keladigan tashkiliy tuzilmalarni ishlab chiqish, tashkil
etish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hisoblanadi.
2. Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyati bankning zarur tarkibiy bo‘limlari
va xizmatlari – bankni boshqarishning umumiy masalalari, tijorat faoliyati,
mablag‘lari va uning faoliyatini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadigan bank
Kengashi, Boshqaruvi, ma’muriyati, bo‘limlarini aniqlaydi.
3. Xorijiy va mahalliy amaliyotda bank tashkiliy tuzilmalarining liniyali va
matritsali modellari keng tarqalgan. Modelni tanlash baank oldida turgan aniq
maqsad va vazifalar, ixtisoslashuv turi va xususiyati, tashkil etish xususiyatlari,
amaldagi me’yoriy talablarga bog‘liq.
4. Bankning tashkiliy tuzilmasi bankning rivojlanishi, faoliyat sohasi, ustuvor
yo‘nalishlarning o‘zgarishi, yangi mahsulot va xizmatlarning rivojlanishiga qarab
o‘zgarishi mumkin hamda shart. Har qanday qayta tashkil etish tadbirlari bank
faoliyatini takomillashtirishga qaratilishi, uning kuchli va zaif tomonlarining
tahliliga tayanishi, tashqi muhit o‘zgarishlariga mos kelishi kerak.
5. Qayta tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish ularni amalda ro‘yobga chiqarish
samaradorligini har tomonlama nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Boshqaruv
organlari, qo‘llanilayotgan boshqaruv vositalari, qarorlar qabul qilish jarayoni
nazorat ob’ektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |