Tarmoqning funktsional modeli. Funktsional model' tarmoqning fizikaviy amalga oshirilishi tamoyillariga bog'liq bo'lmagan xolda tarmoqni mantiqiy darajada mavxum ravishda tasvirlaydi. Model' elementlar sifatida ko'rib chiqilayotgan tarmoq funktsiyalarining o'zaro ta'sirini aks ettiradi.
Funktsiya-mantiqiy element bo'lib, belgilangan vazifani bajaradi. Fizikaviy ravishda funktsiya apparat bilan yoki dasturiy maxsulot (funktsional ob'ekt) ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin.
Oxirgi xolatda funktsiyalarni ob'ekt deb nomlash qabul qilingan. Funktsiyani fizikaviy amalga oshirishda ularni mantiqiy modul deb ataluvchi aloxida funktsional tizim osti birliklar guruxiga birlashtirish mumkin.
Tarmoqda bajariladigan funktsiyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
amaliy(qo'llanish) funktsiyalar-foydalanuvchilar va tarmoq ma'muriyati ilova ob'ektlari;
xizmatlarni boshqarish funktsiyalari-xizmat komponentlaridan va ular bilan bog'liq bo'lgan resurslardan xizmatlarni amalga oshirishga imkoniyat beruvchi va foydalanuvchini mazkur xizmatlar o'zaro ta'siri bilan boshqarish imkoniyatini beradigan ob'ektlar;
tarmoqni ma'muriy boshqaruv funktsiyalari-xamma boshqa funktsiyalar boshqaruvini amalga oshiradigan ob'ektlar;
ma'lumotlarga ishlov berish va saqlash funktsiyalari-ilova ob'ektlarini chaqirish va boshqarish, ularning o'zaro ta'sirini xamda ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasidan olish yoki unga joylashtirishni ta'minlab beradigan ob'ektlar;
kommutatsion funktsiyalar-axborot oqimlarini boshqarish va transport funktsiyalari (ular kommunikatsion tugunlarda qayta taqsimlanganda).
Tarmoq funktsiyalari o'zaro ta'sir tartibi funktsional model' elementlar aloqasini belgilab beradi. Bunday o'zaro ta'sirni aloxida funktsiyalar (ob'ektlar) yoki mantiqiy modullar o'rtasida to'liq maxsulligi mantiqiy interfeys deb ataladi. U elementlar o'zaro ta'sir qoidalari majmuasini va almashilayotgan axborotni taqdim etish formatini belgilab beradi. Bir turdagi funktsiyalar (ob'ektlar) o'rtasidagi mantiqiy interfeys protokol deb ataladi. Kommunikatsion funktsiyalar o'rtasidagi mantiqiy interfeys telekommunikatsion tarmoqning funktsional etalon nuqtasi deb ataladi.Kommutatsiya jarayonining vazifalaridan bo'lgan - oqimlar va kerakli marshrutlar aniqlash, maxsus jadvallarda marshrutlarni belgilash, oqimlarni multiplekslash, uzatish muxitini taqsimlash - texnikaviy masalalar barcha tarmoq texnologiyalari asosi sifatda uning funktsional xususiyatlarini belgilaydi.
Tarmoqlarda ikkita foydalanuvchi biri biri bilan bog'lanish jarayonida quyidagi asosiy kommutatsya usullari mavjud:
Umumiy xolda foydalanuvchilar bog'lanishi 1.2-rasmda keltirilgan kabi bo'ladi, kommutatsiya usuliga ko'ra bajariladigan vazifalar farqlanadi.
Kanallar kommutatsiyasi tarixi dastlabki telefon tarmoqlaridan boshlanadi. Paketlar kommutatsiyasi 60chi yillar oxirida barpo etilib, birinchi kompyuter tarmoqlarida qo'llanilgan. Kommutatsiya usullarning xar biri afzallik va kamchiliklarga ega; mutaxassislar fikriga ko'ra, paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoq texnologiyalari istiqbolda asosiy o'rin egallaydi.
1.2. rasm Tarmoqda foydalanuvchilar kommutatsiyasi
Kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o'rtasida uzluksiz fizikaviy kanal xosil bo'lib, kommutatorlar erdamida aloxida kanal qismlari ketma ket ulangan bo'ladi: bir nechta
fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi va xar bir kanalda uzatish tezligi bir xil bo'lishi sharti asoslangan. Bunday yagona kanal ma'lumot uzatish jaraenidan avval o'rnatilishi kerak bo'ladi, va bu kanal ulash o'rnatish jaraenida faqat ushbu bog'lanishga xizmat qiladi.
Misol uchun, rasmdagi 1-tugundan 7-tugunga ma'lumot uzatish uchun, avval 1-tugun A-kommutatoriga ulash o'rnatish uchun 7-tugun adresini belgilagan xolda maxsus so'rov signalini yuboradi. A-kommutatori yagona kanal xosil qilish uchun marshrut aniiqlab, so'rov signalini keyingi kommutatorga yuboradi va x.k. 7-tugun so'rov belgisini olganligi to'g'risida 1-tugunga javob signalini qaytaradi va yagona kanal xosil bo'lganligi (kommutatsiyalanganligi) ni belgilanadi; shundan so'ng 1-tugun 7-tugun bilan ma'lumot almashishi mumkin.
Kanallar kommutatsiyasining afzalliklari:
Foydalanuvchilar aro o'rnatilgan kanalda ma'lumot uzatish tezligi doimiy va ma'lum bo'ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga mo'ljallangan kanalning o'tkazish qobiliyatiga moslab kerakli tezlikni belgilash imkoniyatiga ega);
Tarmoq orqali ma'lumot uzatishda to'xtalishlar darajasi past va doimiy bo'lishi (to'xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik (ovoz, video)ni sifatli uzatilish imkoniyati).
Kanallar kommutatsiyasining kamchiliklari:
kanal bandligida foydalanuvchiga rad eish javobi berilishi;
fizikaviy kanllarning o'tkazish qobiliyatini samarasiz ishlatilishi (kanal ulash o'ratish jaraeni mobaynida band bo'ladi);
avvaldan ulash o'rnatilishi tufayli ma'lumot uzatish jaraenidan oldin shartli to'xtalish mavjudligi.
Bu kommutatsiya usuli telefon so'zlashuvlarni uzatishda qo'llaniladi.