O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI “FIZIKA” KAFEDRASI KURS ISHI “Yadroning suniy parchalanishi” Bajardi: 3-kurs IMF-AU-19-gurux talabasi ___________________ Kurs ishi rahbari: __________________________ Namangan - 2022 Mavzu: Yadroning suniy parchalanishi. I.Kirish.
1.1. Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma’lumotlar.
II.Asosiy qism.
2.1. Yadroning tuzilishi va xususiyatlari.
2.2. Yadroning suniy parchalanishlari.
2.3. Yadroning bo’linish reaksiyalari.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
I.Kirish Yadro fizikasi umumiy fizikaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, keng ko’lamda rivojlanmoqda. Yadro fizikasi atom yadrosining tuzilishi, uning xususiyatlari, yadro kuchlarining tabiati, yadro tarkibiga kiruvchi zarralarning o‘zaro ta’sirlari, yadrolarning yemirilish qonunlarini o‘rganadi. Yadro fizikasining rivojlanish jarayonining asosiy qismi yadro fizikasi tajriba usullari va ularning amalda qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Bu esa, juda chuqur va keng masalalarni, jumladan yadro fizikaviy ko‘rsatkichlarini o‘lchashdan tortib, to o‘ta yuqori energiyali zarralarda yadro reaksiyalarini amalga oshirib, ularning mahsullarini o‘rganishgacha qaratilgan ishlar, termoyadro sintezini boshqarish, lazerli yuqori neytron oqimi zichligiga ega bo‘lgan uskunalardagi zamonaviy tajribalar va shularga o‘xshash ko‘p tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Atom markazida yadro joylashgan va uning atrofida turli orbitalar bo’yicha elektronlar tinimsiz xarakat qiladi. Atom yadrosi atomning markaziy qismida joylashgan bo’lib, proton va neytronlardan tashkil topgan. Atomning ichki tuzilishi qanday? – bu savol XX asr boshlarigacha echilmay keldi. Shu davrga qadar faqat atomning o’lchami 10 – 8 sm atrofida ekanligi, musbat va manfiy zarralar esa atom ichida muallaq xarakatda ekanligi, hamda elektron massasi atom massasiga nisbatan bir necha ming marta kichik bo’lishligi ma’lum edi, xolos. 1911 yilda Ernest Rezerford azot yadrolarini -zarralar bilan bombardimon qilganda ulardan vodorod yadrolarini ajralib chiqishini kuzatdi.Zarralar elektronini yo’qotgan geliy elementining ionlaridir. Ular radiy va shu kabi elementlarning parchalanishida hosil bo’ladi. -zarralarning massasi elektron massasidan 8000 marta katta bo’lib, zaryadi musbat va absolyut qiymati elektron zaryadidan 2 marta ortiq. XX asr boshlarida atomlarning mavjudligi, ularning o'lchami sm tartibda bo‘lgan murakkab elektr tizimidan iboratligi, atomda musbat va manfiy zaryadlar mavjudligi, manfiy zaryadlarni tashuvchilar elektronlar ekanligi aniqlangan edi. Lekin musbat zaryadlami tashuvchilar (protonlar) hali noaniq, musbat ionlar mavjudligi esa maMum edi. Kun tartibida atom tuzilishini aniqlash vazifasi turar edi. Atom tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlar o'zaro kompen- satsiyalanishi sababli atom bir butun holda neytraldir. Atom tuzi- lishining ikkita nazariy modeli mavjud edi. Birinchisi 1901-yilda J Tomson tomonidan taklif qilingan. Bu modelga asosan atom musbat zaryadlangan sfera bo‘lib, manfiy zaryadli elektronlar sfera hajmi bo'ylab taqsimlangan. Elektronlar musbat zaryadlangan sfera clcmenti bilan Kulon qonuni bo'yicha o'zaro ta'sirlashadi. Elek- tronlar o‘z muvozanati atrofida tebranishida atom eneigiya nurlaydi. Ikkinchi modelga asosan atom Quyosh tizimi tuziiishi singari tuzilgan. Bu atom tuzilishining planetar modeli edi. Planetar model to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar 1903-yilda Kelvin va X. Nagaoka tomonidan aytilgan. Bu modelga asosan atomning markazida musbat zaryadlangan yadro joylashgan boMib, uning atrofida elektronlar planetalar singari harakatlanadi. Elektronlar yadroning Kulon tortishish kuchlari orqali ushlab turiladi. Atomning turg'unligini tushuntirishda bu har ikki nazariy model ham ma’lum qiyinchiliklarga uchradi. Atom tuzilishi haqiqatan ham qanday ekanligini bilish uchun tajribalar o‘tkazish talab qilindi. Bunday tajribalar 1911-yilda ingliz fizigi E. Rezerford tomonidan o'tkazildi. Atom tuzilishi to‘g‘risidagi tajribalarga batafsilroq to'xtaymiz.