Kafedrasi buriyeva maftuna xikmatullo qizi


III bob. HISOB- KITOB VA VALYUTA SCHYOTI BO‘YICHA MUOMALALAR AUDITINI TASHKIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI



Download 81,5 Kb.
bet12/20
Sana01.07.2022
Hajmi81,5 Kb.
#725325
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
39849-converted

III bob. HISOB- KITOB VA VALYUTA SCHYOTI BO‘YICHA MUOMALALAR AUDITINI TASHKIL QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI

    1. Hisob- kitob va valyuta schyoti bo‘yicha muomalalar auditini o’tkazishning hozirgi amaliyoti.


Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan to hozirgi paytga qadar ko’plab sohalar bilan birga audit sohasida ham islohotlar olib borilmoqda. Bu borda xalqaro andozalarga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari qabul qilindi. Mazkur standartlar O‘zbekistonda hisob yuritish tizimini belgilab beradi.
Hususan,yuridik va jismoniy shaxslar o’zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko’rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit schyotlar hamda depozit schyotlarning boshqa turlarini ochish huquqiga egalar.
Banklarda schyotni ochish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2001 yil 6 oktyabrdagi 25/4-son (1-son) qarori bilan tasdiqlangan
«O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank schyotlari to’g’risida yo’riqnomaga (O’zR AV 29.09.2003 y. 1080-1-son bilan ro’yxatga olingan) asosan amalga oshiriladi.
Ushbu yo’riqnomaga muvofiq, bank schyoti deganda, bank schyoti shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (schyot egasi) schyotiga kelib tushgan pul mablag’larini qabul qilish va kiritib qo’yish, mijozning schyotidagi tegishli mablag’larni o’tkazish va berish hamda schyot bo’yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to’g’risidagi farmoyishlarni bajarish vazifasini o’z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar tushuniladi.
Auditor bankdagi schyotlarga doir muomalalar auditini bankdagi milliy va chet el valyutasidagi pul mablag’lari to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda ularga ilova qilingan soliq hisobotini tekshirishdan boshlaydi. Bunda dastavval bankda ochilgan schyotlar soni va raqami hamda qaysi bankda ochilganligi aniqlanadi. Bu ma’lumotlar
auditorga barcha schyotlar bo’yicha bank ko’chirmalarini va har bir schyot bo’yicha hisob registrlarini tekshirish uchun kerak bo’ladi. So’ngra auditor korxona va bank o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning yuridik asoslarini aniqlaydi, bank xizmati ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaning O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi normalariga muvofiqligini tekshiradi.
Bankdagi schyotlar bo’yicha pul mablag’lari kirimi va chiqimiga doir muomalalar bankda tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dastlabki hujjatlarning shakllari va to’ldirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki yo’riqnomalarida belgilangan. Bunday hujjatlarga quyidagilar kiradi:

      • bank ko’chirmalari (bank tomonidan tasdiqlanib ilova qilingan hisob-kitob to’lov hujjatlarining shakllari bilan);

      • to’lov topshiriqnomasi;

      • to’lov talabnomasi;

      • to’lov orderi;

      • inkasso topshiriqnomasi (farmoyishi);

      • hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish uchun ariza;

      • valyutani majburiy sotish uchun topshiriqnoma;

      • valyuta sotib olish uchun topshiriqnoma;

      • rezidentning sotib olingan valyutani so’mga aylantirish to’g’risidagi farmoyishi va boshqalar;

      • bank hisob-kitob hujjatlariga ilova qilinadigan va amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini asoslovchi dastlabki hujjatlar»12.

Yuqoridagilarga asoslanib, auditor hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshiradi, hujjatlarni arifmetik tekshiruv va bankdagi schyotlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini tekshiruvdan o’tkazadi.



12 Do’smuratov R.D. Audit asoslari. Darslik. T.: 2003, 207 bet.
«Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlar mavjudligi va bank operatsiyalarini amalga oshirishda amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini tekshiradi. Tekshiruv korxona tomonidan banklarda ochilgan barcha schyotlar bo’yicha amalga oshiriladi. Tegishli schyotlar bo’yicha ko’chirmalarda qayd etilgan mablag’lar qoldig’i hisobda mavjud bo’lgan mablag’lar qoldig’i bilan solishtiriladi. Ko’chirmalarni rasmiylashtirilishida suiiste’molchiliklarni yashirish maqsadida schyotning debeti va krediti bo’yicha oborot atayin bir xil summaga kamaytirilishi mumkin. Shuning uchun, auditor bank ko’chirmalariga muvofiq schyotning debeti va krediti bo’yicha oborot hisob registrlaridagi ko’rsatkichlar bilan muvofiqligini tekshirishi lozim».
Auditor bankdagi schyotlardan aktseptsiz (roziliksiz) hisobdan chiqarishga doir muomalalarni tekshirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Bunday holatlar faqat sud qarori, bevosita qonun ko’rsatmalari, mijozning bank shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalar O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar yoki yig’imlarni undirish to’g’risidagi qarorni ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu cheklashlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq ijro qilish navbati soliq to’lashga doir majburiyatlardan oldin to’lanadigan to’lovlarga taalluqli emas. Bankdagi muomalalarni to’xtatish soliq organidan bunday muomalalarni to’xtatish to’g’risidagi qaror qilingan paytdan to ushbu qaror bekor qilingunga qadar amal qiladi.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligini tasdiqlash uchun undagi qo’rsatkichlarning sintetik va analitik hisob, bank ko’chirmasi ma’lumotlariga mosligini tekshirish kerak. Bunday tekshiruvni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish maqsadga muvofiq ( 4-chizma).
Dastlabki hujjatlar quyidagi tartibda guruhlanadi: oldin bank ko’chirmalariga kirim hujjatlari, ulardan keyin esa barcha chiqim hujjatlari ketma-ket ilova qilinadi:






Amalga oshirilgan muomalalarning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish







Bank ko’chirmalarida va bankdagi pul mablag’lari hisobga olinadigan registrlarda pul mablag’larining kirimi va chiqimi bo’yicha oborotlarni jamlashni va kun oxiriga qoldiq chiqarishning to’g’piligini arifmetik tekshirish




Bank ko’chirmalaridagi hisob registrlaridagi va Bosh daftardagi yozuvlarni hamda Bosh daftardagi qoldiqlar va balans moddalarining mosligini tekshirish




Bank muomalalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini aniqlash




Bank ko’chirmasida aks ettirilgan har bir muomala tegishli dastlabki xujjatlar (schyot-fakturalar, to’lov topshiriqnomalar, tœlov talabnomalar, shartnomalar va boshqalar) bilan tasdiqlash




Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish