Izokaudomerlar. Umuman boshqa ketma–ketliklarni taniydigan restriktazalar bo’lib, ular bir xil uchlarni hosil qiladi.
Restriktazalar: nomlanishi
Restriktazalarning nomlanishi ular aniqlangan bakteriya turlari nomlarining bosh harflaridan hosil qilinadi. Masalan, Eco–E.coli. Agar o’ziga xos ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lgan restriktazalar bir turga kiruvchi bakteriyalarning turli shtammlari hujayralarida uchrasa, restriktazalar nomlariga qo’shimcha harflar qo’shiladi. Masalan, Hink va Hind restriktazalari Haemophilusinfluenzae ning bakterial hujayralaridan ajratib olingan c va d shtammlaridir. Harfli ifodalar ketidan yoziluvchi sonlar bir turdagi bakteriyalar tarkibidan ajratib olinish ketma–ketligiga qarab ifodalanadi. Masalan, HaeI, HaeII va HaeIII H.Aegipticus bakteriyasidan.
Sun’iy restriktazalar
Gen injenerligida DNK–ulovchi (“mis barmoq”) va DNK-kesuvchi domenlarini bir–biri bilan bog’lash yo’li bilan olinayotgan sun’iy restriktazalardan keng foydalanilmoqda. “Misbarmoq”, ya’niDNK–ulovchidomenishundayloyihalanganki, uistalganDNKketma–ketliginitanishvaungaulanishxususiyatigaega. Bunday nukleazalar sun’iy restriksiya fermentlari bo’lmish TALLEN lardir. Ular TAL effektori va DNK–kesuvchi domenlarni o’zaro bog’lash yo’li bilan olinadi.
RNK ni “tog’irlash” bo’yicha ishlovchi endonukleazalar.
Odam hujayralari genomini taxrir qilishda shuningdek CRISPR-Cas tizimidagi endonukleazalardan ham foydalaniladi. Ular DNK ning ma’lum ketma–ketligini RNK ga komplementar ravishda “tog’irlash” orqali kesadi. “Mis barmoq” va TALLEN larda farqli ravishda CRISPR-Cas sistemasi DNK ni tanib olishi uchun ma’lum bir RNK “yoriqnomasi” ni hosil qilib olish kifoya.
Restriktazalarning molekulyar biologiyadagi ahamiyati
Amaliymolekulyarbiologiyadaodatda 2–tipdagirestriktazalardanko’pfoydalaniladi. Barcha 2–tipdagirestriktazalar–Mg2+gamuhtoj.
DNK ning birlamchi strukturasini aniqlashda ishtirok etadi;
Gen injenerligida DNK ni klonlashda va gibridlarni olishda foydalaniladi.
Hozirda restriktazalarning 3000 dan ortiq turi aniqlangan. Ulardan 600 ga yaqini laboratoriyalarda DNK ni modifikatsiya qilishda va gen injenerligidagi masalalarni hal qilishda ishlatilib kelinmoqda.
“Xelikon” kompaniyasi hozirda jahonning eng mashhur ishlab chiqarish korxonalaridan bo’lgan Fermentas Litva restriktazalarni taqdim etmoqda.
Fermentas firmasi DNK ni restriktazalar yordamida kesish texnologiyasida ochilish qildi. Tadqiqotchilar uchun o’ziga xos yangi preparat taqdim qilinmoqda–DNK gidrolizini kuchaytiruvchi restriktaza (FastDigest® Restriction Endonucleases). Bu restriktazalar ishning tez, qulay borishini ta’minlaydilar. Hozirgi kunda shunday seriyadagi 200 dan ortiq restriktazalar ishlab chiqarilmoqda. Ularning barchasi FastDigest® va FastDigest®Green buferlarida 100% aktivlikka ega bo’ladilar.