Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Mikroorganizmlarning morfologiyasi (tashqi tuzilishi)



Download 17,32 Mb.
bet12/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Mikroorganizmlarning morfologiyasi (tashqi tuzilishi)
Mikroorganizmlarning shakli ham, o'lchamlari ham doimiy emas. Ularning bu o'zgarishlari modifikatsion bo'lib, nasldan-naslga berilmaydi. Tashqi sharoit nisbatan turg'un bo'lsa, ularning evolyutsion jarayon natijasidagi shakli saqlanib qolinadi. Tashqi ko'rinishi jihatidan bakteriyalar 4 ta ko'rinishda bo'ladi:
- sharsimon (kokklar)
- tayoqchasimon (bakteriyalar, batsillalar, klostridiylar)
- buralgan (vibrionlar, spirillalar, spiroxetalar)
- ipsimon (xlamido-bakteriyalar).
Kokklar (lot. coccus — don, sharsimon mikroorganizm) shar­simon, ellipissimon, burchaksimon, lansetsimon shakllarda bo'lib, joylashishiga, bo'linishiga va biologik xususiyatiga ko'ra:
- mikrokokklar
- diplokokklar
- streptokokklar
- letrakokklar
- sarsinalar
- stafilakokklarga bo'linadi
Mikrokokklar (lot. micrococcus) yakka, juft yoki tartibsiz joylashgan hujayralardan iborat. Ular havo, suvda saprofit tarzda hayot kechiradigan mikroorganizmlardir (masalan, M. roseus va boshqalar).
Diplokokklar (lot. diplococcus- qo'shaloq) bitta tekslikda bo'linib, juft kokklarni hosil etadi. Diplokokklarga minigokokk - meningitning qo'zg'atuvchisi, gonokokk - gonareya qo'zg'atuvchisi kiradi.
Streptokokklar bitta tekislikda har xil uzunlikdagi zanjirni hosil qilib joylashadi. Patogen streptokokklar odamda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tetrakokklar (yunon. tetra - to'rtta) bir-biriga nisbatan 2 ta perpendikular tekislikda bo'linadi. Odamda kasallik qo'zg'atuvchi sifatida kam uchraydi.
Sarsina (lot. sarcio — bog'langan) sharsimon shaklda bo'lib, ular bir-biriga nisbatan 3 ta perpendikular tekislikda joylashadi. Ular havoda ko'p uchraydilar. Kasallik qo'zg'atuvchi sifatida qayd qilinmagan.
Stafilakokklar (lot. staphylococcus — shingilsimon joylashgan kokklar). Har xil tekislikda, bir-biriga nisbatan tartibsiz joylashgan bo'ladi. Ba'zilari odam va hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. Masalan, Shoph. aureus.
Tayoqchalar. Tayoqchasimon bakteriyalar 3 guruhga:
- bakteriyalar
- batsillalar
- buralgan klostridiylarga bo'linadi.
Bakteriyalarga spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon mikroorganizmlar kiradi (dizenteriya, difteriya, sil va boshqalar).
Batsillalarga (lot. bacillus - tayoqcha) va klostridiyalar (lot. closter - urchuq) spora hosil qiluvchi mikroorganizmlar kiradi (qoqshol, kuydirgi). Tayoq­chasimon bakteriyalar shakl jihatdan qisqa (tulyaremiya), uzun (kuydirgi), buralgan va o'tkir uchli (fuzobakteriyalar) bo'ladi.

Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish