Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 17,32 Mb.
bet25/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

2. Rekombinant DNK avtonom replikatsiya bo’lishi uchun javob beradigan DNK bo’lagi vektor molekulalari deyiladi. Vektor molekulalar o’z vazifasiga ko’ra ikki tipga bo’linadi. Birinchisi avtopon replikatsiya bo’luvchi vektorlar. Ikkinchisi xromosomaga integratsiya bo’luvchi vektorlar. Vektor molekulalar gen muxandisligi biotexnologiyasida genlarni klonlashda va transformatsiya qilishda asosiy ish quroli bo’lib xizmat qiladi.
Vektor molskulalari vazifasini fag DNK lari, plazmidalar va o’simliklarni xloroplast hamda mitoxondriya DNK lari o’tashi mumkin. Xo’jalik ahamiyati qimmatli bo’lgan genlarni ajratish uchun gen bibliotekasi tuziladi. Xromosomal DNK asosida gen bibliotekasini tuzish quyidagicha amalga oshiriladi: DNK va vektor molekulalar restriktaza fermenti yordamida qirqiladi va ma’lum sharoitda reassotsiatsiya qilinadi. Nukleotidlar orasida ulanmay qolgan bo’shliq DNK-ligaza fermenti yordamida o’zaro biriktiriladi. Olingan rekombinant DNK bakteriya hujayrasiga trangformatsiya qilinadi. Xromosomal DNKda mavjud genlarni to’la klonlash uchun DNK o’lchamiga va olingan klonlarni soniga e’tibor berish kerak. Bu ko’rsatgich quyidagi formula yordamida hisoblanadi,
1п (1-)
1п (1-х/у)
bunda:
x-klonlanayotgan DNK o’lchami), u-gaploid genomning o’lchami va r=0,99 ga teng bo’lsa 99 ga teng xromosomal DNKning unikal qismi klonlanadi.
Genlarni klonlashda ko’pincha kDNK bibliotekasini tuzish maqsadga muvofiqdir. Bu holda maxsus poli (Y) va oligo (dT) kolonkalari yordamida uchlarida poli (A) nukleotidlar ketma-ketligini saqlovchi iRNK tRNK va rRNK dan ajratib olinadi. Olingan iRNK molekulasi oligo (dT) nukleotidlari bilan aralashtirilib reassotsiatsiya qilinadi. Bunda iRNK molekulasining poli (A) uchida dA va dT qo’sh zanjirli segment hosil bo’ladi. Ushbu ikki zanjirli segmentning oligo (dT) uchi kDNK sintezini amalga oshiruvchi revertaza fermenti uchun praymer (kDNK sintezining boshlanish nuqtasi) vazifasini o’taydi.
Sintez qilingan kDNK molekulasi qisqa uchli ikki zanjirli struktura bilan tugallanadi. kDNK sintezida matritsa vazifasini o’tagan iRNK molekulasi NaON bilan parchalanadi natajada qisqa ikki zanjirli va to’liq iRNK molekulasiga komplementar bo’lgan bir zanjirli kDNK molekulasi hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan qisqa ikki zanjirli struktura kDNK ning ikkinchi zanjirini sintez qilishda praymer vazifasini o’taydi. DNK-polimeraza-I fermenti yordamida kDNKning ikkinchi zanjiri sintez qilinadi. Hosil bo’lgan kDNKning bir zanjirli qismi SI-nukleaza fermenti yordamida parchalanadi va ikki zanjirli kDNK molekulasi hosil bo’ladi. Shu yo’sinda hosil bo’lgan kDNK molekulasi vektor molekualariga ulangan holda klonlanadi.
Har ikki usul bilan yaratilgan genom bibliotekasidan individual genlarni ajratib olish quyidagicha amalga oshiriladi rekombimant plazmida denaturatsiya qilinadi (100° S haroratda 5min., 0,2n NaOH eritmasida 15 min), bir zanjirli DNK molekulasi stabil qo’zg‘almaydigan holatda turishi uchun nitrotsellyuloza filtrga biriktiriladi. Olingan filtr [32R] ATF nukleotidi bilan nishonlangan iRNK molekulasi bilan gibridizatsiya :qilinadi. Molekulyar gibridizatsiya jarayonida filtrga birikkan rekombinant DNK molekulasiga komplementarlik qonuniyati asosida nishonlangan iRNK molekulalari birikadi.
Hosil bo’lgan gibrid DNK molekulasi denaturatsiya qilinib nishonlangan iRNK molekulasi (elyutsiya yordamida) ajratib olinadi. Olingan iRNK molekulasi hujayrasiz oqsil sintez qilish tizimida tekshirib ko’riladi. Hosil bo’lgan oqsil molekulasining identifikatsiya qilish yo’li bilan individual genlarni ajratib olishga omalga oshiriladi.

Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish