2. ATning namunaviy loyihasi.
Multimedia vositalari (multimedia – koʻpvositalilik) - bu insonga oʻzi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda boʻlishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni roʻyxatdan oʻtkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, oʻz tabiatiga koʻra statik boʻlgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oraligʻida koʻrib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni oʻzatish shinasining oʻtkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sigʻimli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari boʻyicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
Multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq oʻzlashtirish imkoniyati bor;
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida oʻzoq muddat saqlanib, kerak boʻlganda amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga erishiladi.
Oʻz oʻrnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yoʻlida ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - oʻquvchilar uchun kerak boʻlgan oʻquv materiallarini, qonunlarni va boshqa koʻrsatmalarni qoʻllanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qoʻllash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qoʻllashni talab qiladi. Hozirgi kunda bunday koʻrinishdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yoʻqdir. Bular ma’lum bir miqdordagi mablagʻni oldindan jalb etishni talab qiladi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo boʻlishi, shubhasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta’sir koʻrsatadi.
Multimedia tizimlarni koʻrish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash quvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun qoʻshimcha apparatli qoʻllab-quvvatlash analogli audio va videosignallarni raqamli ekvivalentga qoʻshish va uning teskarisi uchun zarur boʻlgan analogli-raqamli va raqamli-analogli oʻzgartirgich videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va boshqalar ham zarur.
Odatda, yuqorida koʻrsatilgan qoʻshimcha apparatli vositalar kompyuterlarning video va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar koʻrinishida shakllanadi:
Koʻchmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TARGA platasi;
- harakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish uchun Video Blaster, Video Spigot, Intel Smart, Video Recorder platalari;
- Microsoft firmasining Sound Blaster, Sound Galaxy Sound for Windows audioplatalari.
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va ularni oʻzatishning yuqori tezligi bilan bogʻliq, koʻplab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-video axborotning soʻngi texnologiyalarini rivojlantirish va katta sigʻimdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |