Savol va topshiriqlar:
1. Dasturiy ta’minot sifatida AAT qanday sinflarga ajratiladi?
2. Kasbiy sohaga oid tizim sifatida AAT qanday sinflarga ajratiladi?
3. Zamonaviy Office tizimi va uning asosiy funksiyalari?
Adabiyotlar:
1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, университет информационных технологий, – М., 2005. – 304 с.
2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-Cанкт-Петербург: Ланг., 2019. – 128 с.
3. Крэг Ларман. Применение UML 2.0 и шаблонов проектирования. Практическое руководство. 3-е изд. Издательский дом “Вильямс”. – М.: 2013. – 736 с.
1.15. Bog‘lanishlar va tizimli talablar.
Reja:
1. Bog‘lanishlar tahlilining jabhalari.
2. Tizimli talablarni yaratish bosqichlari.
3. Ko‘p darajali kengaytirilgan bog‘lanishlar.
Tayanch tushunchalar: bog‘lanish; bog‘lanishlar tahlili; ko‘p darajali kengaytirilgan bog‘lanishlar.
1. Bog‘lanishlar tahlilining jabhalari.
Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan hududiy ta’minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
EHMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Internet xizmat turlari nihoyatda ko‘p va xilma xil bo‘lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo‘lib, ba’zilari yo‘qolmoqda) ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
– WWW - elektron sahifa xizmati
– Elektron pochta xizmati
– Telekonferensiya (Usenet)
– Fayllarni uzatish (FTP)
– Slujba imen domen (DNS)
– Telnet xizmati
– IRC - xizmati yoki Chat konferensiY.
– Ma’lumotlarni izlash xizmati
– Masofadan oʻqitish haqida tushuncha.
Masofadan oʻqitish bu Internet tarmogʻi orqali foydalanuvchiga qulay boʻlgan vaqtda oʻqishdir. Masofadan oʻqitishning tarkibiy belgilari: oʻqituvchi, oʻquvchi, kommunikatsiyadir.
Masofadan oʻqitish uslubiy materiallari quyidagilardir: - Darslik; - Audio va video darsliklar; - On-layn darslar (Internet sahifa); - Elektron kutubxonalar; - Testlar; - Multimediya elektron darsliklar.
Hozirgi kunda respublikamizda ham masofadan oʻqitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni oʻqitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn darsliklardan foydalanish rasmga kirmoqda.
Masofadan oʻqitish tizimlari. Koʻpchilik Internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan-kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya’ni Internet turli sohalarga tatbiq qilindi. Internet texnologiyalar: masofadan oʻqitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez oʻzgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida oʻzgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea-hodisalar sodir boʻlmoqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Informatsya oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni oʻrganish informatsiyalarni yigʻish va oʻzlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan oʻzlashtirilgan informatsiyalarning koʻp yoki ozligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yoʻl ochish ta’limotni takomillashtirishda yangi informatsiya, texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonuni ham zimmamizga shu ma’suliyatni yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |