33
4-rasm. Talim xarajatlarining ijtimoiy-madaniy soha xarajatlaridagi
salmog‘i
13
4-rasmdan ko‘rinadiki, ijtimoiy-madaniy soha xarajatlari tarkibida 2013-yilda
ta’lim xarajatlari 40,3 foizni, 2014-yilda 40,6 foizni, 2015-yilda 39,9 foizni, 2016-
yilda 39,4 foizni, 2017-yilda 55,7 foizni tashkil qilmoqda. Tahlil jarayonida shuni
ko‘rsatadiki, ijtimoiy-madaniy soha xarajatlari tarkibida ta’limga qilanadigan
xarajatlarning salmog‘i yildan yilga ortib bormoqda.
Tа’lim muаssаsаlаri еng kеng tаrqаlgаn dаvlat muassasalari hisoblanadi.
Ularni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash,
kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag‘lari hisobidan amalga
oshirilib
kelingan.
Tа’lim
tizimining
joriy
va
kаpitаl
xаrаjаtlаrini
moliyаlashtirishdа dаvlat byudjetining ahamiyati hali ham yuqori.
Davlat
byudjetining ijtimoiy-madаniy sohаlarni sаqlash xаrajatlari tarkibida asosiy o‘rinni
xalq ta’limi xarajatlаri egallaydi. Tа’lim muаssаsаlаri - mumta’lim maktablаrini
13
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
www.mf.uz
34
jihozlash (to‘liq jihozlash), rekonstruktsiya qilish va mukammal ta‘mirlash, zarur
hollarda o‘quv korpuslаrini o‘quv ustaxonalаri va lаbaratoriyalаri bilan
kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi
Byudjetdan tashqari Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish,
mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011-yil 21-noyabrdagi “Ta‘lim muassasalarini rekonstruktsiya
qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‘armasini ta‘lim
va tibbiyot
muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash
jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-1645-sonli qarori bilan
tashkil etildi.
Ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika
bazasidan samarali
foydalanish va muttasil yangilab borishni ta’minlash, ularni tizimli asosda eng
zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya uskunalari,
mebel va asbob-
anjomlar bilan qayta jihozlashni, shuningdek ilg‘or ta’lim texnologiyalari va
axborot-kommunikasiya tizimlarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim
muassasalarini
rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha byudjetdan
tashqari jamg‘arma tashkil etilgan.
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining
yuksalishi ta’lim
tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan
belgilanadi. Shu bois, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha
Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim
sifatini
oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq
fanlarni chuqurlashtirib o`qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali
kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo`lib,
pirovardida
bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko`zda tutildi.
Yuqoridagilardan ham shu ko‘rinadiki, dаvlаtimizning ta’lim tizimigа аjrаtadigan
mаblag‘lari mаmlakat yаlpi ichki mahsuloti hаjmiga nisbatan hisoblaganda boshqa
mamlakatlarga qaraganda birmuncha yuqori.