Kafedrasi abduxalilova nodira shavkat qizi



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana23.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#695587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Abduxalilova Nodira Shavkat qizi (1)

1.3
 
 Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda xorij tajribasi 
Mamlakatimizda moliyalashtirishning jon boshiga nisbatan qo‘llaniladigan 
yangi usullarini tadbiq etish masalalarini o‘rganishdan avval ta’lim tizimini 
takomillashtirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani 
ta’lim 
muassasalariga 
ajratiladigan 
moliyaviy 
resurslarni 
taqsimlash 
samaradorligini oshirish va ularni boshqarishdagi avtonomlikni mustahkamlash 
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
2012-yildayoq YUNESKO tashkiloti Avstraliya, Angliya va Uels, AQSH 
3
www.interfinance.uz “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. №3, iyun, 2017 yil


17 
va Kanada, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar misolida maktablarda me’yoriy 
moliyalashtirish tajribasining kompleks tahlili natijalarini e’lon qilgan edi 
(Rossalind Levacic, 2012)
4
Bu misollar ta’limni boshqarishda “to‘liq 
nomarkazlashgan” yondoshuvning shakllanganligidan dalolat beradi va aynan shu 
yondoshuvlar ko‘pchilik sobiq sotsialistik mamlakatlarda ta’lim muassasalarida jon 
boshiga qarab moliyalashtirish modellarining ishlab chiqilishiga va tadbiq 
etilishiga asos soldi. 
Ta’lim xizmatlari, boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlar (masalan, sog‘liqni 
saqlash, ijtimoiy ta’minot) kabi, ancha qimmat turuvchi ijtimoiy ne’matlar qatoriga 
kiradi va yuqori malakali mehnat resurslarini, ma’lum moddiy-texnik bazani 
hamda tegishli moliyaviy resurslarni talab etadi. Dunyo mamlakatlarida ta’lim 
tizimi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3 foizdan (AQSH da – 3,3%, Buyuk 
Britaniyada - 4,3%, Tojikistonda – 2,1 %, Ruminiyada – 3%) 6-7 foizgachasini 
(Ukrainada - 6%) tashkil qiladi. Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish kerakki, 
so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimiga yo‘naltirilayotgan 
davlat xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismini tashkil 
qilmoqda. Ta’lim jarayoni va odamlar tafakkurining yuksalishi o‘rtasidagi uzviylik 
haqida 1-Prezident I.Karimov BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga 
bag‘ishlangan Sammitidagi nutqida: “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun 
sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. 
Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi”, - deb ta’kidlab 
o‘tgan edi. 
Ko‘pchilik (ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan) mamlakatlar ta’lim 
tizimlari davlatdan moliyalashtirish manbalarining ustunligi va bu sektordagi 
davlat muassasalarining ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda 
ta’limni moliyalash manbalari tarkibida 73 foizdan (Germaniyada) 99 foizgacha 
(Daniyada) qismini davlatga tegishli manbalar tashkil qiladi. Bu mamlakatlarda 
4
Финансирование школьного образования в Российской Федерации: опыт и проблемы. 
Всемирный банк/НФПК. М.: Изд. «Алекс», 2014.-c.24 


18 
boshlang‘ich va o‘rta ta’lim asosan davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, 
o‘rta ta’limdan keyingi va oliy ta’limda esa nodavlat manbalari ustundir.
5
Aksariyat sobiq sovet respublikalarida va sobiq sotsialistik mamlakatlarda 
ta’lim tizimini nomarkazlashtirish sari harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta’limni 
nomarkazlashtirish masalasiga ikki xil yondoshuv mavjud:
- mahalliy boshqaruv darajasida nomarkazlashuv;
- ta’lim muassasasi darajasida nomarkazlashuv.
Mahalliy boshqaruv darajasidagi nomarkazlashuv sharoitida mahalliy o‘z-
o‘zini boshqarish organlari hududida joylashgan ta’lim muassasalari, mahalliy 
ta’lim tizimining bir qismi sifatida, mahalliy hamjamiyatga xizmat qiladi va 
mahalliy aholining ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. O‘z navbatida, 
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari mahalliy aholining ehtiyojlarini aniqlaydi 
va maktab tarmog‘ini maqsadga muvofiq shakllantiradi, bunda ta’lim 
xizmatlarining hammabopligi va aholining o‘quv muassasasini tanlashdagi adolatni 
ta’minlashga alohida ahamiyat beriladi. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish 
darajasidagi nomarkazlashuv Polsha, Litva, Makedoniya, Serbiya, Slovakiya, 
Rossiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan model bo‘lib, ta’lim muassasalarini 
bshqarishning bu mamlakatlarda tarixan qaror topgan shakllariga ayniqsa muvofiq 
keladi.
Ta’lim muassasasi darajasida nomarkazlashuv boshqarish nuqtai nazaridan 
kuchli, ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining faoliyat qilishini 
nazarda tutadi, odatda bu tashkilotlar moliyaviy, dasturiy va institutsional 
avtonomlik(mustaqillik)ka ega bo‘lib, ularni zamonaviy menejment bo‘yicha 
yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional direktorlar boshqaradilar. 
Ko‘p hollarda bu muassasalar ota-onalarning, o‘quvchilarning hamda o‘qituvchi 
xodimlarning manfaatlariga javob beradilar, ularda mavjud pedagogik kadrlar
5
I.A.Karimovning BMT Sammiti Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga bag’ishlangan yalpi 
majlisidagi nutqi Xalq so’zi / 21.09.2014. 


19 
moddiy-texnikaviy va ijtimoiy sharoitlar esa hamjamiyatdagi boshqa ta’lim 
muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. Sobiq 
sovet respublikalaridan Gruziya va Armanistonda ta’lim muassasasi darajasidagi 
nomarkazlashuvga erishilgan.
Qator mamlakatlarda (Polsha, Makedoniya, Gruziya, Armaniston kabi) 
ta’lim tizimlarining nomarkazlashuv jarayonlarini o‘rganish natijalari shuni 
ko‘rsatadiki, nomarkazlashuvning qaysi modelini tanlash mamlakatdagi siyosiy 
holatga, ta’lim tizimining rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi 
ustuvorliklarga bevosita bog‘liqdir.
Nomarkazlashgan ta’lim amal qilishining moliyaviy jihatlariga kelsak, 
shuni ta’kidlash zarurki, asosan davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim xizmatlarini 
ko‘rsatuvchi butun ta’lim tizimini moliyalashtirish davlat moliyasining tarkibiy 
qismi bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun ham bu tizimda butun davlat moliyasiga 
xos bo‘lgan tartib va qoidalar amal qiladi. Har qaysi davlatda ta’limni 
moliyalashtirish tizimi uni boshqarish tizimi bilan muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.
Nomarkazlashuv sharoitidagi ta’lim muassasalarini moliyalashtirish 
masalalarini maktab darajasida nomarkazlashuvi hamda mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqarish darajasida nomarkazlashuvi misolida ko‘rib chiqamiz.
Maktab darajasida nomarkazlashgan ta’limni moliyalashtirishda maktab 
byudjeti maktabdagi bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan ko‘rsatkichlar asosidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi. Maktab byudjetini aniqlab berishga xizmat qiluvchi 
va milliy (mamlakat bo‘yicha yagona) yoki hududiy darajada ishlatiladigan bu 
formula bir qator omillarni, jumladan, maktabning xususiyati, joylashishi, xizmat 
ko‘rsatilayotgan kontingentning o‘ziga xosligini, boshqa ustuvorliklarni hisobga 
olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish darajasida nomarkazlashish sharoitida ham 
maktab byudjeti formula asosida aniqlanadi, shu bilan birga, ta’lim muassasalari 
uchun markaziy budjetdan byudjet transfertlari ko‘zda tutiladi, bunda hudud 
bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarni qo‘llash natijasida formula birmuncha sodda 


20 
bo‘lishi mumkin. Ta’lim tizimini to‘liqroq moliyalashtirish maqsadida ular boshqa 
manbalardan ham foydalanishlari mumkin.
Formula asosida aniqlangan maktab budjetining umumiy ta’limga ajratilgan 
mablag‘lar tarkibidagi ulushi mamlakatlar bo‘yicha ham, mamlakat ichidagi 
hududlar bo‘yicha ham turlicha bo‘lishi mumkin, lekin hamma holatda ham 
maktab o‘ziga formula asosida ajratilgan byudjetga o‘zi egalik qiladi.
Ayrim mamlakatlarda jon boshiga moliyalashtirish formulalarini tadbiq 
etishning bir qator xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz.
Rossiya Federatsiyasida jon boshiga qarab me’yoriy moliyalashtirishni 
joriy qilish ta’lim tizimini modernizatsiyalash dasturi bilan belgilangan uni isloh 
qilishning 
asosiy 
moliyaviy-iqtisodiy 
mexanizmlaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Byudjetdan jon boshiga qarab moliyalashtirishga o‘tish har bir o‘quvchining 
qayerda yashashidan, u yashaydigan munitsipalitet
6
byudjetining imkoniyatlaridan 
va boshqa sharoitlardan qat’iy nazar, standart sifatdagi va hajmdagi ta’lim 
xizmatlarini olishni kafolatlaydi.
2015-yil 4-iyulda “О внесении изменений и дополнений в Федеральный 
закон 
“Об 
общих 
принципах 
организации 
законодательных 
(представительных) и исполнительных оргaнов гоcудaрственной влaсти 
субъектов Российской Федерации” №95-ФЗ-sonli Federal qonunning qabul 
qilinishi bilan federal, hududiy va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida 
vakolatlarni taqsimlash jarayoni boshlandi. Tа’lim sohasiga bu Qonun umumiy 
ta’lim bo‘yicha davlat kafolatlarini ta’minlash vakolatlarini munitsipal darajadan 
hududiy darajaga subvеnsiya
7
mexаnizmi orqali ko‘chirish natijasida o‘zgartirish 
kiritdi. Eng oddiy shaklda subvensiya hajmi bir o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan 
o‘rtacha xarajatlar asosida aniqlanadi, o‘z navbatida, o‘rtacha xarajatlar o‘tgan 
moliyaviy yildagi ta’lim muassasasining tipi bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlarni 
o‘quvchilar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda munitsipalitetlar bo‘yicha 
6
Rossiyada ma’muriy-hududiy tuzilma (oblast, shahar, rayon) 
7
Yuqori byudjetdan quyi byudjetga aniq maqsadlar uchun beriladigan moliyaviy yordam shakli 


21 
xarajatlar o‘rtasidagi farq tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‘llash orqali tekislanadi. 
Har bir munitsipal tuzilmada o‘zining tuzatuvchi koeffitsienti qo‘llaniladi, u esa 
munitsipalitet bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlarni o‘rtacha (me’yoriy) xarajatlar 
asosida hisoblangan xarajat hajmiga bo‘lish orqali hisoblab topiladi.
Mahalliy va maktab darajasida normativ prinsipni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun, birinchi navbatda, normativ bo‘yicha aniqlangan budjet 
mablag‘larini har bir maktabga yetkazish texnologiyasi muhim ahamiyatga ega. 
Ushbu tеxnologiyа umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish 
xarajatlari me’yorini hisoblash tartibini o‘z ichiga oladi
8
. Har bir munitsipal 
tuzilma uchun umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish 
xarajatlari me’yori quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
Н = ЗП + Р(учeбн) 
 
bunda: ЗП – munitsipal tuzilmada bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan 
umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish bo‘yicha sinflarning 
turlari va ta’lim pog‘onalari bo‘yicha ish haqi xarajatlari;
Р(учебн) – bir o‘quvchiga nisbatan hisoblangan ta’lim jarayonini 
ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar.
Bu formulada ЗП quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
ЗП = (а / д*б*1,262*1,02*1,33*12) / м*1,43*w*c*р 
bunda: a – bazaviy o‘quv reja bo‘yicha soatlar soni;
д – bir stavka ish haqi uchun soatlar soni, bunda umumiy ta’limning birinchi 
pog‘onasi (1-4 sinflar) uchun – 20 soat, ikkinchi (5-9 sinflar) va uchinchi (10-11 
sinflar) pog‘onasi uchun – 18 soat belgilangan;
д – munitsipal tuzilma bo‘yicha YaTS bo‘yicha o‘rtacha tortilgan razryadga 
to‘g‘ri keluvchi ish haqi stavkasi (regionlarda regional tarif stavkasi qo‘llanishi 
mumkin);
1,262 – yagona ijtimoiy soliq bo‘yicha ajratmalar koeffitsienti;
8
Под редакцией Н.Г.Типенко «Использование нормативов при планировании и 
финансировании основных общеобразовательных программ: опыт практической 
реализации, методические рекомендации, комментарии».-М.
:
Политика.2016год. 


22 
1,02 – ish stajining (umumiy va pedagogik) ortishi, malaka toifasining 
o‘zgarishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat haqining ortish koeffitsienti;
1,33 – ustama va qo‘shimchalar hisobiga mehnat haqi fondining ortish 
koeffitsienti;
12 – yildagi oylar soni;
м – sinflarning me’yoriy to‘liqligi;
1,33 – ma’muriy boshqaruv xodimlar, o‘quv yordamchi va xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar mehnat haqi fondining ortish koeffitsienti (adaptatsiya 
davrida 1,43 koeffitsient qo‘llaniladi); 
w – pedagogik xizmat qiymatining turli omillarga (sinflarni guruhlarga 
bo‘lish, 
kuni 
uzaytirilgan 
guruhlarning 
mavjudligi, 
qo‘shimcha 
ta’lim 
dasturlarining amal qilishi kabi) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti;
c – pedagogik xizmat qiymatining sinflarning turlariga (umumta’lim, 
gimnaziya/litsey, maxsus) ko‘ra qimmatlashuvi koeffitsienti;
р – region tomonidan joriy qilingan qo‘shimcha ish haqi va regional 
ustama/qo‘shimchalarni aks ettiruvchi regional qimmatlashuv koeffitsienti.
Ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (Р(учебн)) ta’lim pog‘onalari 
bo‘yicha har bir o‘quvchiga xarajatlar me’yori miqdoriga nisbatan foizlarda, 
avvalgi davr haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ta’lim jarayoni 
bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ko‘rgazmali qurollarni, o‘qitishning 
texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kanselyariya tovarlarini 
sotib olish xarajatlаri kiradi.
Shunday qilib, bir o‘quvchiga nisbatan umumiy ta’limning davlat ta’lim 
standartini amalga oshirish xarajatlari me’yori quyidagilar asosida aniqlanadi:
- pedagogik хizmatning standart (bazaviy) qiymati;
- pedagogik stavkalar va ma’muriy-boshqaruv hamda yordamchi xodimlar 
stavkalarining me’yoriy nisbati;
- ish haqi fondining va ustama/qo‘shimchalar fondining me’yoriy nisbati;


23 
- ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari (ko‘rgazmali qurollarni, 
o‘qitishning texnik vositalarini, o‘qitish bilan bog‘liq materiallarni, kanselyariya 
tovarlarini sotib olish xarajatlari);
- pedagogik xizmatning qimmatlashuv koeffitsienti;
- regional qonunchilik asosida o‘rnatiladigan me’yorlar (federal me’yorlarga 
qo‘shimcha ravishda).
Jon boshiga moliyalashtirish yangi mexanizmini tadbiq etish Armaniston 
Respublikasi umumta’lim tizimida 2000-yildan boshlab amalga oshirib 
kelinayotgan tarkibiy islohotlarning muhim komponentlaridan biridir. Bu 
mexanizmga ko‘ra, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soniga nisbatan 
qo‘llaniladigan yagona summa asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. 
Moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish 2014-yilda tajribaviy loyihani 
amalga oshirish bilan boshlandi. Mazkur dasturga Armanistonning turli 
marzlaridagi (hududiy bo‘linmalari)154 ta (mamlakatdagi jami maktablarning 10 
foizi) maktab jalb qilindi. Maktablarning yangi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi 
bosqichma-bosqich kechdi va Armaniston hukumati tomonidan o‘rnatilgan 
grafikka 
muvofiq 
2016-yilda 
yakunlandi. 
Maktablarning 
jon 
boshiga 
moliyalashtirish mexanizmiga o‘tishi ular yuridik maqomlarining o‘zgarishi bilan 
birga amalga oshdi, ya’ni ular budjet tashkiloti maqomidan yuridik shaxs 
maqomiga ega bo‘lgan davlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etildilar. Bu 
maqom maktablarga banklarda o‘z hisobraqamini ochish, alohida mulkka ega 
bo‘lish imkonini berdi, shuningdek, ular o‘z budjetlarini tuzish, u bo‘yicha 
ajratilgan budjet mablag‘larini tasarruf etishda mustaqillikka ega bo‘ldilar.
Maktablar mustaqilligining oshishi bilan bir qatorda, yangi moliyalashtirish 
mexanizmining joriy etilishi yangi boshqaruv organlarini – maktab Kengashlarini 
shakllantirish bilan birga kechdi, bu organ maktabning yillik budjetini tuzish va 
uning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmasiga oldi.
Armanistonda jon boshiga moliyalashtirishga quyidagi bazaviy tamoyillar 
asos qilib olindi:


24 
- maktab yagona summa bo‘yicha – xarajatlarni iqtisodiy tasnif moddalari 
bo‘yicha guruhlamasdan moliyalashtirilishi kerak, bu summa aniq o‘rnatilgan 
formula asosida hisoblab topilishi lozim;
- formula asosida hisoblab topilgan va maktabga ajratiladigan yillik 
mablag‘lar summasi maktabdagi o‘quvchilar soniga to‘g‘ri proporsional bo‘lishi 
kerak;
- davlat har bir o‘quvchiga ajratiladigan mablag‘ summasini (me’yorni) 
aniqlab berishi va bu summa “o‘quvchining ortidan borishi” lozim; 
- maktab o‘zining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, o‘zining yillik smetasini 
(byudjetini) tuzishi va bu smeta maktab Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak;
- maktab unga ajratilgan yillik mablag‘ni tasdiqlangan byudjet doirasida 
xarajat qiladi, unga esa faqat maktab Kengashining roziligi bilan o‘zgartirishlar 
kiritish mumkin bo‘ladi;
- maktab o‘zining barcha xarajatlari bo‘yicha hisobdor bo‘ladi.
Armanistonda jon boshiga qarab moliyalashtirish amaliyotida maktablarga 
ajratiladigan byudjet mablag‘lari quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
B = A * N + C 
bunda: B – maktabga ajratiladigan yillik byudjet;
A – bir o‘quvchiga ajratiladigan yillik summa;
N – o‘quvchilar soni;
C – maktabni saqlash xarajatlari summasi deb rasman nomlanuvchi doimiy 
koeffitsient. 
Formuladan foydalanishning dastlabki yillarida moliyalashtirish hajmlari 
hisoblab chiqarilgan o‘rtacha kattalikdan kam bo‘lgan maktablarga qo‘shimcha 
ravishda mablag‘lar ajratildi, hisoblab chiqarilgan o‘rtacha kattalikdan ko‘p 
bo‘lgan maktablarning moliyalashtirish hajmlari esa, o‘tish davrida maktablarning 
moliyaviy holatini yomonlashtirmaslik uchun, o‘zgartirilmadi. Shuningdek, tog‘lik 
va yuqori tog‘lik hududlarda joylashgan maktablarning isitish xarajatlariga ko‘p 
mablag‘ sarflashlari hamda bu hududlardagi muassasalar uchun ish haqiga 20 


25 
foizlik ustamalar o‘rnatilganligi bilan bog‘liq qo‘shimcha moliyaviy ehtiyojlarni 
qondirish 
maqsadida 
bu 
maktablar 
xarajatlarini 
hisoblashda 
muayyan 
koeffitsientlar qo‘llanildi.
2014-yildan boshlab formulada ko‘rsatilgan A va S ko‘rsatkichlar davlat 
tomonidan har bir moliyaviy yil uchun qayta ko‘rib chiqilgan va yildan yilga, 
ta’lim tizimiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning oshishi bilan bir 
qatorda oshirib borilgan. 2015-yilning yanvar oyidan boshlab respublikaning 
barcha maktablarini moliyalashtirish bir o‘quvchiga nisbatan me’yorlar bo‘yicha 
formula asosida moliyalashtirilmoqda. Mazkur formula juda oddiy bo‘lib, unda 
moliyalashtirish hajmi faqat o‘quvchilar soniga va maktabning joylashgan joyiga 
bog‘liq. Dastlabki bosqichdagi bir qator qiyinchiliklarga qaramay, maktablar 
yangi, egiluvchan uslubni ancha muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqdalar.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, oxirgi o‘n yillarda formula asosida 
moliyalashtirish usuli borgan sari ko‘proq e’tiborni jalb etmoqda. Moliyalashtirish 
formulalari 1960-yillarning oxirlari va 1970-yillarda AQSh, Fransiya, Buyuk 
Britaniya, Avstraliyada ishlab chiqila boshladi va dastlab maktab va 
o‘quvchilarning maxsus toifalariga qaratilgan dasturlar uchun qo‘llanildi (masalan, 
aholining iqtisodiy zaif qatlamlariga xizmat ko‘rsatuvchi maktablar). Hozirgi 
vaqtda bu usul ko‘plab mamlakatlarda resurslarni adolatliroq taqsimlash 
maqsadida maktablarning kengroq doirasi uchun u yoki bu darajada 
qo‘llanilmoqda. Maktablarni moliyalashtirish formulasini davlat (uning vakolatli 
tashkilotlari) bilan maktab o‘rtasidagi o‘ziga xos kelishuv deb qarash mumkinki, 
ushbu kelishuv bo‘yicha maktablar o‘quvchilarga ta’lim berish va o‘qitishning 
zarur natijalarini ta’minlash evaziga kelishilgan miqdordagi moliyaviy resurslarni 
oladilar.
Maktablarni jon boshiga moliyalashtirish formulasi bugungi kunda AQSH, 
Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan 
mamlakatlarda, shuningdek, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan Chili, Armaniston, 
Rossiya kabi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Ta’lim 


26 
tizimida budjet mablag‘larini taqsimlash uchun jon boshiga moliyalashtirish 
formulasini qo‘llash bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bir tekislik, oqilonalik, 
samaradorlik, shaffoflik va aniqlik kabi tamoyillarning bajarilishini ta’minlaydi.
Barcha boshqa mamlakatlardagi kabi, bir o‘quvchi hisobidan 
moliyalashtirish natijalarini baholashda ob’ektiv qiyinchiliklar mavjud – formula 
maktab 
ta’limi 
samaradorligini 
oshirishga 
ko‘maklashishi 
uchun 
moliyalashtiruvchi tashkilot mablag‘larni ta’lim natijalari asosida taqsimlashi 
lozim, biroq bunday natijalarni o‘lchash etarli darajada murakkabdir: ular turli-
tuman bo‘lishi mumkin, aniqlash juda qiyin va doim ham miqdoriy ifodaga ega 
emas. Miqdoriy hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan ta’lim natijalari esa, masalan, 
imtihon va nazorat ishi natijalari sezilarli darajada o‘quvchilar, ularning ijtimoiy 
kelib chiqishi va qobiliyatlariga, shuningdek boshqa sub’ektiv omillarga ham 
bog‘liq, shuning uchun bunday natijalarni solishtirish uchun murakkab statistik 
tadbirlar va maxsus tadqiqotlar zarur bo‘ladi. 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish