2016 yilning iyun oyiga kelib, inflyatsiyaning darajasini
sezilarli darajada
pasaytirishga erishilganligi Rossiya Markaziy bankiga qayta moliyalash stavkasini
pasaytirish imkonini berdi.
Rossiya Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2016 yilning iyun va
sentyabr oylarida 0,5 foizli punktga 2 marta pasaytirildi va yilning oxiriga kelib,
qayta moliyalash stavkasining yililk darajasi 10,0 foizni tashkil qildi.
Rossiya Markaziy banki tomonidan overnayt, overdraft, lombard va
muddatli kreditlar berish qo’llanilmoqda.
Qayd
etish joizki, Rossiya Markaziy banki tomonidan berilayotgan
lombardli kreditlar, respublikamiz amaliyotidan farqli o’laroq, nafaqat yuqori
likvidli hukumat qimmatli qog’ozlari bilan, balki reputatsiyasi yuqori bo’lgan
Rossiya kompaniyalarining qarz qimmatli qog’ozlari bilan ham ta’minlanmoqda.
Bu esa, Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining lombard kreditlari hajmini
oshirishga imkon bermoqda.
2015 yilda Rossiyada inflyatsiyaning yuqori bo’lishi
rossiya rublining
qadrsizlanishi bilan bog’liq bo’ldi. Rublning qadrsizlanishi hisobiga inflyatsiya
darajasi qo’shimcha 4,5-5,0 foizli punktga oshdi.
Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalaridan pul-kredit
siyosatining asosiy instrumenti sifatida foydalanadi. Shunisi xarakterliki, Rossiya
Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalarini
amalga oshirishda Rossiya
hukumatining qimmatli qog’ozlaridan tashqari, yirki kompaniyalar va banklarning
qimmatli qog’ozlaridan foydalanadi. Gazprom, Rosneft, Rosnano kabi yirik
kompaniyalarning
qimmatli
qog’ozlari
va
Sberbank,
Vneshtorgbank,
Gazprombank kabi yirik banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar
Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalarining ob’ektlari bo’lib
hisoblanadi.
Xitoy Xalq Respublikasi 1949 yilda tashkil topdi va shu munosabat bilan
mamlakatda ikki pog’onali bank tizimi tashkil topdi.
Birinchi pog’onada Xitoy Xalq banki turadi va u 1948 yilda tashkil etilgan.
Xitoy Xalq banki Markaziy bank hisoblanadi. U dastlab tijorat banklari
funktsiyalarini ham bajargan. Ushbu bank emission, depozit, hisob-kitob va kassa
markazi vazifasini bajarar edi.
1949 yilda Xitoy bank tizimining ikkkinchi pog’onasida qishloq xo’jalik
kredit kooperativlari turar edi. Chunki, Xitoy kommunistik davlat bo’lganligi
sababli 1949 yilda tijorat banklari tashkil etishga umuman ruxsat yo’q edi.
1954 yilda Xitoy banki, Xitoy Xalq qurilish banki tashkil etildi, 1955 yilda
Xitoy Qishloq xo’jalik banki tashkil etildi. Ushbu banklar faoliyatining mazmuniga
ko’ra Xitoy Xalq bankining bo’linmalari hisoblanar edi.
Hozirgi davrda Xitoy bank tizimi 2 pog’onali hisoblanadi.
Xitoy bank tizimining birinchi pog’onasida Xitoy Xalq banki, uchta siyosiy
bank va davlat nazoratida bo’lgan to’rtta yirik bank turadi.
Siyosiy banklar –
Davlat taraqqiyot banki, Xitoy qishloq xo’jaligini
rivojlantirish banki, Xitoy eksport-import banki.
Davlat nazoratidagi 4 ta yirik bank – Xitoy Savdo-sanoat banki, Xitoy banki,
Xitoy Qishloq xo’jaligi banki, Xitoy Xalq qurilish banki.
Xitoy bank tizimining ikkinchi pog’onasida aktsiyadorlik-tijorat banklari va
qishloq xo’jalik kooperativ banklari kiradi.
Xitoy Xalq banki 1995 yil 18 martda qabul qilingan “Xitoy Xalq banki
to’g’risida”gi qonunga binoan haqiqiy markaziy bank maqomiga va vakolatiga ega
bo’ldi. Ya’ni, Markaziy bank aholi va korxonalarga moliyaviy xizmatlar
ko’rsatmaydigan bo’ldi, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
vakolatiga ega bo’ldi.
Xitoy Xalq bankining 9 ta hududiy bo’linmasi mavjud: Ular Shanxay,
nankin, Tyanzin, Tszin, Shenyan, Uxan, Guanchjou, Chendu va
Sian viloyatlaridan
joylashgan.
Xitoy Xalq banki faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Xitoy Xalq banki milliy valyuta – yuanni emissiya qiladi va uning
muomalasini tashkil qiladi.
2. Pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi.
3. Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi.
4. Mamlakatdagi tijorat banklari va nobank kredit institutlari faoliyatini
nazorat qiladi.
5. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini shakllantiradi va boshqaradi.
6. To’lov tizimining holati uchun javob beradi.
Xitoy Xalq banki hozirgi davrda pul-kredit siyosatining quyidagi
instrumentlaridan foydalanmoqda:
– majburiy zaxira siyosati;
– qayta moliyalash siyosati;
– ochiq bozor siyosati;
– valyuta siyosati.
Xitoyda tashqi savdoning yirik miqdorda ijobiy saldoga ega ekanligi to’lov
balansinning holatiga ijobiy ta’sir
etgani holda, milliy valyutaning nominal
almashuv kursini ko’tarilish xavfini yuzaga keltiradi. Bu esa, Xitoy Xalq bankini
milliy valyutaning nominal almashuv kursini nazorat qilishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: