Kafedraning o‘quv jarayoniga va ish faoliyatiga tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘rganish yuzasidan
HISOBOT
Men filologiya fakulteti lingvistika:o‘zbek tili yo‘balishi 2-kurs magistranti Urokov Xasan Kafedra nizomi va tarkibini o‘rganib chiqdim. Kafedraning jihozlanishi, ish rejalari, yo‘nalish o‘quv rejalari, bakalavriat va magistartura mutaxassisligi DTSlari, bakalavriat va magistratura mutaxassisligi fan dasturlari va ishchi dasturlari, “Vaqt” me’yorlari va shu asosda o‘quv yuklamalarining taqsimlanishi, kafedra pedagog xodimlarining shaxsiy ish rajalari to‘ldirilishi bilan tanishib chiqdim. Kafedrada yuritildagan hujjatlar jamlanmasini (22 papka) o‘rgandim.
Jumladan, kafedraning ish rejalari, kalendar rejalari, buyruqlar, ilmiy kengash qarorlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari DTSlari, o‘quv rajalar, namunaviy fan dasturlari, talabalar va magistrlar haqida ma’lumot, fanlar bo‘yicha topshiriqlar jadvali va reyting nazoratlari natijalari, o‘quv o‘quv yuklanmalari, iqtidorli talabalar va magistrantlar haqida ma’lumot o‘zbek tilshunosligi kafedrasi fan va ishlab chiqarish hamkorligi hujjatlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari jamlanmasi, topshiriqlar va ijro, professor-o‘qituvchilar va xodimlar to‘g‘risida ma’lumot, stajyor tadqiqotchilar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar to‘g‘risida ma’lumot, amaliyot, bayonnomalar va hisobotlar bilan tanishib chiqdim.
Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi ishlariga ilmiy rahbar bilan birga maslahatchi bo‘lish yuzasidan
HISOBOT
Men filologiya fakulteti lingvistika:o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs magistranti Urokov Xasan dots. S.Umirova rahbarlik qilayotgan 4-kurs talabasi Qurbonova Muharramning himoya dissertatsiyasi bilan tanishib chiqdim. Himoya mavzusi nomi “Poetik individuallikni ta’minlashda sintaktik figuralarning o‘rni”(X.Davron she’riyati misolida) deb nomlangan. Ushbu ishni yozishda talaba nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, qaysi adabiyotlar bilan tanishib chiqishi kerakligi, maqolalar yozishda nimalarga asosiy e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risidagi takliflarimni berdim.
Bundan tashqari, kafedrada shakllantiriladigan BMIni bajarish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, uslubiy ko‘rsatmalar bilan tanishib, talabalarga biriktirilgan pedagog xodimlarning tarkibi, ularga biriktirilgan talabalar soni hamda BMI mavzularining dolzarb bag‘ishlanganligini tahlil qildik. BMI rahbari bilan hamkorlikda talabaga ishni bajarish grafigi asosida ishni bajarish va rasmiylashtirish yuzasidan malahatlar berdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |