Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Termiz filiali Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi”
ta`lim yo`nalishi 2-bosqich 15-20 guruh talabasi Fayzullayev Ollomurod To`xtamurodovichga
KAFEDRA TAVSIYANOMASI
Fayzullayev Ollomurod To`xtamurodovich 1998-yil 13-iyunda Surxondaryo viloyati Denov tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan.
2014-2017-yillarda 2-Toshkent yuridik kollejida tahsil olgan.
2020 yil oktabr oyidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Termiz filiali Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi” ta`lim yo`nalishiga to`lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. O’qish mobaynida o’zining zukkologi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi, vatanparvarligi, fidoiyligi, jonkuyarligi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelmoqda. Unga yuklangan har bir ishga mas’uliyat bilan yondashadigan, mehribon va jamoat ishlariga faol talabadir.
Fayzullayev Ollomurod o’zining tirishqoqligi bilan ustozlarining ham e’tiborini qozongan.Uning ilmiy ishlari va yutuqlari ham diqqatga sazovordir. U nafaqat universitet miqyosida, balki Respublika va xalqaro miqyosda o`tkazilayotgan onlayn konferensiyalar va ko`rik-tanlovlarda ham muntazam faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo`lga kiritib kelmoqda.
Fayzullayev Ollomurod To`xtamurodovich ustozi N.Xudoyorova rahbarligida ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar natijasida Respublikamiz hamda xorijiy davlatlarda ilmiy anjuman, konferensiyalar va jurnallarda ilmiy maqolalari va tezislari chop etilmoqda. Uning “Use of pedagogical technologies in teaching and learning in higher education” nomli maqolasi 2021-yilning fevral oyida “A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal”ida, “Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta`minlash” mavzusidagi maqolasi esa “Zamonaviy ta`lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g`oyalar, takliflar va yechimlar” nomli Respublika 18-sonli ilmiy-onlayn konferensiyasining maqolalar to`plamida chop etilgan. 2022-yil Europen Journal of Innovation in Nonformal Education EJINE xalqaro jurnalida “Industrial Fires and Their Prevention” nomli maqolasi chop etildi. 2022-yil 11-apreldan Islom Karimov nomidagi T.D.T.U ga akademik almashuvga borib fanlarni a‘lo baholarga tugatib kelganligi diqqatga sazovordir. Fayzullayev Ollomurod To`xtamurodovich olib borayotgan ilmiy izlanishlar, guruh sardori sifatidagi tashabbuskor ishlari mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qo’shadi, degan umiddamiz. Biz ustozlar jamoasi ushbu talabani Beruniy davlat stipendiyasiga munosib nomzod deb hisoblaymiz hamda tavsiya etamiz.
Kimyo ekologiya kafedra mudiri:
t.f.f.d., PhD. O.Sh.Ochildeyev.
Do'stlaringiz bilan baham: |