Kafedra tarixi



Download 30 Kb.
Sana15.09.2021
Hajmi30 Kb.
#174895
Bog'liq
Kafedra tarixi


Kafedra tarixi

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan tengdosh bo‘lib, uning tashkil etilishi tarixi universitet tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Kafedra tashkil topgan 1991-yildan boshlab, bu yerda respublikamizda taniqli bo‘lgan faylasuf-olimlar, professor-o‘qituvchilar M.A.Axmedova (1994-2012), X.Aliqulov (1990-2011), R.M.Imomaliyeva (2003-2012), E.J.Boboyeva (2004-2012) faoliyat olib borganlar. Kafedrada 2001-yildan boshlab “Falsafa” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 2005-yildan “Zamonaviy Sharq falsafasi va tarixi” magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayorlash boshlandi. 2015-yil 20-sentyabrdan kafedra “Sharq falsafasi va madaniyati” deb nomlandi. Ayni paytda kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent 1 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar o’qituvchilar dars bermoqdalar. Etiborga loyiq jihati – yosh o’qituvchilarning kafedramiz bitiruvchilari ekanliklaridadir.

Kafedraga 1993-yildan falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.A.Axmedova mudirlik qilgan, 2004-yil fevralidan boshlab esa falsafa fanlari nomzodi, professor, Oliy ta’limi a’lochisi D.A.Po‘latova rahbarlik qilib kelmoqda.

Sharq falsafasi va madaniyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxasisligi bitiruvchilari mamlalatimizdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, turli davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilmoqdalar; Vatanimizda, ayrimlari esa xorijdagi nufazli ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqdalar. Xususan, kafedraning Falsafa ta’lim yo‘nalishini tamomlab, Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi iqtidorli magistranti bo‘lgan Aziza Shonazarova xorijda o‘qishni davom ettirrib, 2019-yilda muvaffaqiyatli doctorlik dissertatsiya­sini himoya qildi va AQSH Kolumbiya Universitetining proffesori etib saylandi, 2020-yila O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu­­gun­­gi kunda u TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

5120800-Sharq falsafasi va madaniyati;

2020-2021 o‘quv yilidan: 5120500 – Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

Kafedra magistratura mutaxasisligi

5A120801-Sharq falsafasi va madaniyati;

2020-2021 o‘quv yilidan: 5A120502 – Sharq falsafasi va madaniyati

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

1– kurs 5120500 – Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

Sharqshunoslikka kirish

Ontologiya

Bilish falsafasi va epistemologiya

4. O‘zbekistondagi madaniy obidalar

2– kurs barcha yo‘nalishlar uchun

5. Falsafa (kechki)

2– kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi

6. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi

7. G‘arb falsafasi tarixi

8. Bilish falsafasi va epistemologiya

9. Din falsafasi

10. Madaniyat falsafasi va aksiologiya

11. Mantiq

3–kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi

12. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi

13. G‘arb falsafasi tarixi

14. Falsafa o‘qitish metodikasi

15. Axloq va nafosat falsafasi

16. Nutq madaniyati

4-kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi

17. Fan falsafasi

18. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi

19. Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar

20. Ijtimoiy falsafa

21. G‘oyalar falsafasi

22. Globallashuv sharoitida Sharq va G‘arb madaniyatlari muloqoti.

23. Falsafiy matnlarni o‘qib- o‘rganish

5A120502 – Sharq falsafasi va madaniyati 1–kurs magistratura mutaxassisligi

1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

2. Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi

3. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi

4. Zamonaviy G‘arb falsafasining muammolari va yo‘nalishlari

5. Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji

6. Falsafiy matn tarjimasi va amaliyoti

5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati 2–kurs magistratura mutaxassisligi

7. Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi va zamonaviy sivilizatsiyasi

8. Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi

9. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyas tizimida

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

Po’latova Dildor Akmalovna- falsafa fanlari nomzodi, professor.

Izzetova Emina Mustafaevna- falsafa fanlari doktori, dotsent.

Ro‘zmatova Gulnoza Miraxrarovna-falsafa fanlari doktori, professor.

Qodirov Muxammadjon- falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Axmedova Sanam Djalalovna-falsafa fanlari nomzodi,katta o‘qituvchi.

Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich-katta o‘qituvchi.

Po’latov Sherdor Ne’matjonovich-o‘qituvchi.

Ikromova Iroda Rixsibayevna -o‘qituvchi.

Jurayev Sherali Soibnazar o’g’li-o‘qituvchi.

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet ijtimoiy fanlar fakulteti

O‘zRFA Sharqshunoslik instituti

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent temir yo‘llari muhandislik universiteti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi.

Chilonzor tumanidagi 202-maktab

Uchtepa tumanidagi 193-maktab

Xalqaro hamkorlik:

Rossiya Moliya universiteti

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

Po‘latova D. Qodirov M., Sulaymonov J.B. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi. O‘quv qo‘llanma. 1-qism. -T., 2018.

Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi tarixi. Darslik. -T., 2019.

Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymonov J., Shozamonov Sh. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. -T., 2015.

Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi tarixi . O‘quv qo‘llanma. -T., 2015.

Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Shozamonov Sh. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. -T., 2013.

Po‘latova D., Fayzixo‘jayeva D. Mantiq. O‘quv qo‘llanma . -T., 2013.

Po‘latova D., Ro‘zmatova G., Jalolova O‘. Axloqshunoslik. O‘quv qo‘llanma. -T., 2013.

Pulatova D.A., Izzetova E.M. Filosofiya. -T., 2013.

Izzettova E.M., Pulatova D.A. Filosofiya i metodologiya nauki. Uchebnoe posobie. -T., 2013.

Po‘latova D.A. Falsafa. Falsafa asoslarining mantiqan-tizimlashgan amaliy kursi. -T., 2011.

Osnovi filosofii. // Axmedova M., Xan V. um.tahr. -T., 1998.

Osnovi filosofii. // Axmedova M., Xan V. um.tahr. -T., 2004.

Ahmedova M. umumiy tahriri ostida. -T., 2006.

Nuritdinov M.N., Po‘latova D.A., Fayzixodjaev D.E.va boshq. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlari (VIII-XVIII asrlar). -T., 2014.

Po‘latova D.A., Sulaymonov J.B. Abu Zayd Abdurahmon Ibn Xaldun qarashlarida axloq masalalari. -T., 2014.

Po‘latova D., Rasuleva N., Sulaymonov J. Abduhalimov A. Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari. (“Tahzib-ul -axloq” va “Al-Hikmat al-xolida” asarlari asosida). -T., 2013.

Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o‘rta asrlar). -T., 2010.

Qodirov M. Nasriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asari va uning tahlili. -T., 2014.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari

“Sharq falsafasining qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni”.

“Mir Sayid Sharif Jurjoniy(1339-1431) ning falsafiy qarashlari va mantiqiy ta’limoti”.

“Ilmiy bilish usullari va bilimning haqqoniyligi muammolari”.

“Ilmiy bilish va insonparvarlik ideallarining o‘zaro munosabati”.

“Freydizmda inson muammosining falsafiy tahlili”.

“Ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar”.

“Beruniy va F. Bekon gnoseologik qarashlarining qiyosiy tahlili”.

“Mahatma Gandi dunyoqarashining falsafiy konseptual tahlili”.

“Ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbehot” asaridagi borliq muammosining kognitiv tahlili”.

Kafedraning ilmiy loyihalari

F-1-140 “Sharq falsafasining axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni” (qo‘lyozma tarjimasi va tahlili asosida).

Fotolavhalar

fal3 fal5 fal6



fal2 fal fal1
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish