Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 6,09 Mb.
bet228/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

Birinchi usul. Shpris silindri birinchi, ikkinchi va uchinchi barmoqlar orasida siqib turiladi, to‘rtinchi va beshinchi barmoqlar bilan porshenni ushlab turiladi. Ignani yelka sathiga 30° burchak ostida teri burmasining asosiga pastdan yuqoriga (bemor tik turadi) sanchiladi. Тerini teshishda igna teshigi hamisha yuqoriga qaragan bo‘lishi kerak. Тeri ostiga, mushaklarga va venalarga inyeksiya qilishda ignani bor bo‘yicha emas, balki taxminan 2/3 qismi kiritiladi, chunki igna muftasi bilan birikkan joyidangina sinishi mumkin. Тeri teshilgach, shpris chap qo‘lga olinadi, o‘ng qo‘lning ikkinchi va uchinchi barmoqlari bilan silindr gardishi qisib turiladi, birinchi barmoq bilan esa porshen dastasini bosib, dori yuboriladi, paxta sharchani chap qo‘l bilan qo‘yib, igna tortib olinadi. Chap qo‘ldagi paxta sharcha bilan esa dori yuborilgan joyni yengil uqalanadi, shunday qilinsa u teri osti yog‘ hujayrasida yaxshi tarqaladi va qaytib chiqmaydi. Тerining teshilgan joyida yodning spirtli eritmasi shimdirilgan paxta sharchasini uzoq ushlab turmaslik kerak, chunki yod terini kuydirishi mumkin.

Ikkinchi usul. Тo‘ldirilgan shprisni ikkinchi va uchinchi, to‘rtinchi barmoqlar bilan vert2ik53al holda ignasini pastga qaratib ushlab turiladi. Ignani tezlik bilan sanchib ikkinchi barmoq bilan porshen dastasi bosiladi va dori yuboriladi, so‘ngra igna chiqariladi. Тeri osti inyeksiyalarida turli asoratlar, jumladan turli hajm va turli qattiqlikdagi infiltratlar kuzatilishi, bunda shikastlangan sohada yallig‘lanish mahsulolari yig‘ilib, shu joy berchlashib qolishi mumkin. Bunga o‘tmas igna yoki ignaning ingichkaligi, shuningdek infeksiya tushishi sabab bo‘ladi. Infiltrat yuzaga kelishida bemorning ahvoli ham muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, og‘ir ahvolda yotgan bemorlarda dorining so‘rilishi sekinlashadi. Ba’zan infiltratlar erib, madda, oqma yara hosil qiladi. Hosil bo‘lgan infiltratlarning so‘rilishini tezlashtirish uchun qizdiradigan kompresslar, fizioterapiya qo‘llaniladi. Yiring boylagan joylar (abssesslar) yoriladi.

Infiltrat, abssesslarning oldini olish uchun inyeksiya qilayotganda o‘tkir igna ishlatish va aseptika qoidalariga puxta amal qilish; asboblarni yaxshilab sterillash, hamshira qo‘lini, bemor terisini va ampulani konsentratsiyasi 70° bo‘lgan spirt va



steril bint bilan qayta tozalash, shprisga dori olish va uni bemor palatasiga yetkazish vaqtida dori eritmasi va asboblarning sterilligini saqlash lozim. Ignani qo‘l bilan ushlash, ampula va flakonning nosteril sathiga tekkizish ignaning sterilligini buzadi va to‘qimalarga infeksiya tushishiga hamda yiringlashga sabab bo‘ladi. Masalan, tibbiyot hamshirasi sterillashdan so‘ng shprisni yig‘a turib, igna muftasini steril pinset bilan emas, barmoqlari bilan o‘rnatsa, u holda, keyinroq shprisdan havo chiqarish vaqtida eritma qisman ignadan chiqadi, muftaga oqib chiqib infeksiyalanadi, inyeksiya vaqtida esa igna bo‘ylab terining teshilgan joyiga oqib tushadi va unga infeksiya tushishiga sabab bo‘ladi. Shpris va ignani bir inyeksiyadan ortiq ishlatishga ruxsat etilmaydi. Igna sinib yumshoq to‘qimalarda qolishiga ignaning tayyorlanishdagi nuqsoni yoki eskirganligi, yetarlicha uzun bo‘lmay, uning hammasini kiritishga to‘g‘ri kelganligi, shuningdek bemorni inyeksiya haqida ogohlantirib qo‘yilmaganda, mushaklarning to‘satdan qisqarishi sabab bo‘ladi. Bunday hollarda rentgenoskopiyadan keyin, iloji boricha tezroq ignani jarrohlik usuli bilan chiqarib olish kerak, chunki yumshoq to‘qimalarda igna surilishi, o‘z yo‘lida a’zo, va boshqa to‘qimalarni shikastlantirishi mumkin.


Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish