Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 6,09 Mb.
bet291/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

ilova


Baholash mezoni va ko’rsatkichlari

t/r

Nazariy bilimlarni baholash

ball



1

Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi



5


2

Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi


4


3

Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega


3


4

Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.


2
    1. ilova


Kichik guruhlarda ishlash qoidasi


1

Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak

2

Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim

3

Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi

4

Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.

5

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.

6

Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish

314

Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari


  1. ilova



Baholash mezonlari

Baholar

“5” – a’lo

“4” - yaxshi

“3” - qoniqarli

“2” - qoniqarsiz

1.

Nazariy

ma’lumotlarni o’zlashtirishi













2.

Amaliy

ma’lumotlarni o’zlashtirishi













3.

Joriy nazorat

natijalari















4.

O’rtacha bahosi












27-Mavzu: Me’da va 12 barmoqli ichak kasalliklarida tekshiruv usullarida hamshiralik parvarishi

Reja:


    1. Me’da va 12 barmoq ichakni tekshiruv usullari

    2. rektoskopiya, duodenalskopiya, kolonoskopiya, gastroskopiya

    3. Me’da va 12 barmoq ichakni tekshirishda bemorni tekshiruvga tayyorlash



Me’dani zondlash


Me’dani yuvish, me’da shirasini tekshirish va sun’iy ovqatlantirish uchun me’da zondlanadi. Me’dani yo‘g‘on yoki ingichka zond bilan zondlanadi. Yo‘g‘on zond kiritilgandan so‘ng me’da suyuqligi uning tashqi uchidan oqib chiqadi. Ingichka zond kiritilganda me’da suyuqligi tortib chiqariladi. Zondlashning bu turi ko‘pincha me’daning sekretor funksiyasini va me’da suyuqligini uzoq vaqt tortib chiqarish ustidan uzluksiz kuzatish, ba’zan esa bemorni ovqatlantirish maqsadida qo‘llanadi. Ingichka zondni faqat og‘iz orqali emas, burun yo‘llaridan kiritish ham mumkin. Zondlashning bu usulida yumshoq tanglay kam ta’sirlanadi. Bemorning qusgisi kelmaydi. Me’da shirasini olish uchun zondlash tashxis qo‘yshda juda muhim. Me’da shirasi – me’da bezlari va me’da shilliq pardasining epiteliy hujayralari ishlab chiqaradigan suyuqlik bo‘lib, tarkibida fermentlar (pepsin va boshqalar), xlorid kislota, gastromukoprotein, shilliq va mineral moddalar bo‘ladi. Me’da shirasining kislotaliligi undagi kislota miqdori bilan belgilanadi. Sog‘lom odamda umumiy kislotalilik 60 dan 40 gacha, erkin xlorid kislota 40 dan 20 gacha, oqsillar bilan bog‘langani 20 dan 10 gacha o‘zgarib turadi. Kislotalilik titrlash yo‘li bilan aniqlanadi. Me’da shirasidagi kislotani neytrallashga ketadigan o‘yuvchi ishqor miqdori kislotalilikni ko‘rsatadi. Me’da kasalligi bilan og‘rigan bemorda kislotalilik oshishi yoki pasayishi mumkin. Me’da suyuqligini tekshirish uning sekretor va motor funksiyalarini baholash va ularning buzilishi bo‘yicha kasallik xususiyatini aniqlashga imkon beradi. Me’da shilliq pardasi kasalliklarida me’da shirasining ajralishi va tartibi o‘zgaradi, bu sekretsiyaning oshishiga yoki kamayishiga, shuningdek, kislotalilikning o‘zgarishiga olib keladi. Me’da shirasini, uning kislotaliligini bir lahzali usulda aniqlash mumkin, bu usul hozirgi vaqtda maqsadga muvofiq emas. Chunki bundagi teksh3i1r5ish ma’lumotlari yetarlicha aniq chiqmaydi.

Me’da shirasini tekshirishning sinama nonushtalardan foydalanib olib boriladigan fraksion usuli birmuncha aniq ma’lumotlar olishga yordam beradi. Me’da shirasi ingichka zond bilan olinadi. U diametri 3–5 mm va uzunligi 1–1,5 m li rezina naychadan iborat. Me’da shirasini to‘ldirish uchun 8–10 ta probirka ham bo‘lishi zarur. Me’da shirasini olish maxsus muolaja xonasida o‘tkaziladi. Muolaja boshlanishidan oldin hamshira zondni qaynatish yo‘li bilan sterillaydi. Bemorga muolaja maqsadini, uning xavfsizligi va burun orqali chuqur nafas olishni tushuntirish kerak. Agar burun yo‘llari shilliqqa to‘lgan bo‘lsa, uni tozalash zarur. Ingichka zond me’daga yo‘g‘on zond kiritiladigan usulda yuboriladi. Suvga ho‘llangan zondni yozadigan pero kabi ushlanadi, oldinga va pastga bir oz bosib turib, til ildizi orqasiga kiritiladi, natijada halqum egriligi to‘g‘rilanadi va hiqildoq usti tog‘ayi zond yo‘lidan chetlashadi. Shu vaqtda zondni qizilo‘ngachga suriladi. Bemor burni bilan



chuqur nafas olishi va qusish harakatlarini tutib turishi, so‘lagini esa sochiqqa tuflashi kerak. Qusish istagi paydo bo‘lganda zondni lablar bilan qisish va burun orqali chuqur nafas olish lozim. Bemor stol yonidagi stulga uning suyanchig‘iga taqalib, boshini bir oz oldinga engashtirib o‘tiradi. Hamshira chap qo‘li bilan bemorning boshini ushlab turadi, o‘ng qo‘li bilan esa zondni kiritadi. Zondning bo‘sh turgan uchiga me’da suyuqligini so‘rish uchun 20 g li shpris kiygiziladi.

Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish