ilova
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
t/r
|
Nazariy bilimlarni baholash
|
ball
|
1
|
Savollarga to'liq javob berish, misol dalil keltiradi, Mavzu haqida to’liq ma’lumotlarni keltiradi, yangi ma’lumotlarni amaliyotda qo’llay oladi
|
5
|
2
|
Savollarga noto'liq javob beradi, mavzu haqida tushunchalarini to’liq bayon eta olmaydi
|
4
|
3
|
Savollarga qisman javob beradi, yangi va o’tilgan mavzular bo’yicha qisman bilimga ega
|
3
|
4
|
Savollarga umuman javob bera olmaydi, yangi mavzu va o’tilgan mavzular yuzasidan bilimga ega emas.
|
2
| ilova
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1
|
Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmog’i kerak
|
2
|
Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim
|
3
|
Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi
|
4
|
Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi zarur.
|
5
|
Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, ishlab chiqarish ta’limi ustasi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
|
6
|
Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, bajargan ishini erkin namoyon etish
|
244
Fan bo'yicha o'quvchilarni o'zlashtirish, baholash mezonlari
ilova
№
|
Baholash mezonlari
|
Baholar
|
“5” – a’lo
|
“4” - yaxshi
|
“3” - qoniqarli
|
“2” - qoniqarsiz
|
1.
|
Nazariy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
2.
|
Amaliy
ma’lumotlarni o’zlashtirishi
|
|
|
|
|
3.
|
Joriy nazorat
natijalari
|
|
|
|
|
4.
|
O’rtacha bahosi
|
|
|
|
| Mavzu: Dori moddalarini yuborish usullari, maqsadi va vazifalari Reja:
1.Dori moddalarini yuborish usullari 2.Inyeksiya va uning turlari
3.Dori moddalarini organizmga yuborish jarayonidagi nojo’ya ta’sirlar
Dori moddalarini yuborish usullari
Dori moddalarini yuborishning turli usullari mavjud:
tashqi usul – teri qoplamlari, shilliq pardalar yoki nafas yo‘llari orqali;
ichki (enteral) usul – og‘iz yoki to‘g‘ri ichak orqali;
parenteral usul – me’da-ichak yo‘llarini chetlab.
Dori moddalarini sirtdan qo‘llash
Teriga dorilar malham, emulsiya, eritma, kukun, damlama, chayqatma (boltushka) holida qo‘llanadi. Dorini ishlatish uning mahalliy ta’siriga asoslangan. Shikastlanmagan terining so‘rish xususiyati nihoyatda kam (ko‘pchilik moddalar uchun), yog‘da eruvchi moddalargina asosan, yog‘ bezlarining chiqaruv yo‘llari va soch follikulalari orqali so‘riladi. Qo‘llash usullari: surtish, kompresslar, primochka (lattani ho‘llab bosish), sepish, jarohatga har xil bog‘lamlar qo‘yish va ishqab (iylab) surtish. Dorilarni toza teriga, toza asboblarda va qo‘lni tozalab yuvgandan keyingina qo‘yish kerak. Dezinfeksiya qilish yoki reflektor ta’sir ko‘rsatish maqsadida teriga ko‘pincha yodning spirtdagi eritmasi surtiladi. Buning uchun uchiga paxta o‘ralgan steril cho‘p (surtgich) olib, uni yodning spirtdagi eritmasiga ho‘llab teriga surtiladi va surtgich tashlab yuboriladi. Flakondagi yodni paxta tolalari bilan ifloslantirmaslik uchun surtgichni yodning spirtli eritmasi solingan flakonga botirish yaramaydi. Buning uchun ozroq yod eritmasini stakanga quyib olish lozim. Yodning spirtdagi eritmasi tiqini zich berkilmaydigan idishda uzoq saqlansa, spirtning bug‘lanishi hisobiga yod konsentratsiyasi kuchayishi mumkin. Ana shunday konsentrlangan eritmani terining nozik sohalariga surtish, uning kuyishiga
sabab bo‘ladi.
Kukun dorilar – turli xil tеri kasalliklarida (ayniqsa, bichilishda) kеng qo‘llaniladi. Buning uchun qo‘llar yuvilgach, kukun dori sеpiladigan sohalar yaxshilab toza doka salfеtka bi2l4a5n artib quritiladi va kukunli idishni to‘nkargan holda kеrakli sohalarga bir xil tarqaladigan qilib silkitiladi. Bеmorning xijolatli sohalariga kukun dori sеpiladigan bo‘lsa uni boshqa bеmorlardan ajratib qo‘yish choralari ko‘rilishi lozim. Muolajani tugatgach qo‘llar yuviladi.
Tеriga malhamlar qo‘llash. Vrach tavsiyasiga binoan malhamlar tеriga surtilishi, ishqalab (silab) surtilishi va bog‘lamlar holida qo‘yilishi mumkin. Tеriga malhamni surtish uchun qo‘llar yuvib tozalanadi. Bеmor qulay vaziyatni olgach malhamni tyubikdan kurakchaga yoki shpatеlga siqib chiqariladi va kеrakli sohaga surtiladi. Ishlatilgan kurakcha yoki shpatеlni qaytib malhamli qutiga (idishga) tiqish yaramaydi. Qo‘llar yuvilib, malhamning so‘rilishiga e’tibor bеrib turiladi. Malhamni ishqalab (iylab) surtish quyida joylashgan to‘qimalarga, nеrv tolalariga, a’zolariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladi. Buning uchun bеmor qulay vaziyat olishi tavsiya etiladi. Qo‘llar yuviladi. Malham maxsus ishqalash moslamasiga tushiriladi va kеrakli sohaga aylanma harakatlar bilan 5–10 daqiqa davomida silab
ishqalanadi. Muolajadan so‘ng qo‘llar yuviladi va bеmor nazoratga olinadi. Malhamli bog‘lam qo‘yish uchun qo‘llar yuviladi, kеrakli miqdordagi malham shpatеl yordamida olib salfеtkaga surtiladi. Malham sathi qo‘yiladigan yuzaga mos kеlishi kеrak. Malhamli salfеtka kеrakli joyga qo‘yilgach ustidan paxta bo‘lagi qo‘yilib bint bilan mahkam bog‘lanadi. Qo‘llar yuviladi va bеmorga bog‘lam qancha vaqtga qo‘yilganligi tayinlanadiKo‘z kasalliklarini davolashda turli xil eritmalar va malhamlar qo‘llanadi. Ulardan maqsad – mahalliy ta’sir qilishdir. Biroq konyunktivaning so‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lib, dorilarni dozalashda ana shu jihatlarni ham hisobga olish kerak.
Ko‘zga tomiziladigan tomchi dorilarning steril saqlanishiga alohida e’tibor berish zarur. Ko‘z kasalliklari xonasida ko‘z dorilarining eritmalari tubi keng, bo‘g‘ziga rezina qalpoqchali tomizg‘ich kiydirilgan maxsus kolbachalarda saqlanadi. Dori to‘ldirishdan oldin kolbachalar distillangan suvda yuviladi va 15 daqiqa qaynatiladi. Тomizg‘ichlar alohida, ulardan olib qo‘yilgan rezina qalpoqchalari bilan qaynatiladi. Sovitilgandan so‘ng tomizg‘ichlarga rezina qalpoqchalar kiydiriladi va mos keladigan kolbachalarga solib qo‘yiladi. Bu ish qo‘lga steril rezina qo‘lqoplar kiyib bajariladi. Dori 2 kunga yetadigan qilib qo‘yiladi va tegishli etiketka yopishtiriladi. Dorilar ko‘zga tomizg‘ich bilan tomiziladi. Muolajadan avval qo‘lni yaxshilab yuvish lozim. Bemordan yuqoriga qarash so‘raladi va bu vaqtda chap qo‘ldagi steril nam doka sharcha bilan qovoqni pastga tortiladi. O‘ng qo‘l barmoqlari bilan tomizg‘ichning rezina qalpoqchasi bosiladi va qovoq orasiga 1–2 tomchi eritma tomiziladi. Qovoqlar yumilganda dorining ortiqchasini o‘sha doka sharchaning o‘zi shimib oladi. Konyunktival xaltachaga bir tomchi dori sig‘adi xolos, shuning uchun 1–2 tomchidan ortiq kiritish kerak emas. Dori tomizishda tomizg‘ichning uchi bemorning kipriklariga tegmasligi kerak, bordi-yu, tegib ketsa bu tomizg‘ichdan foydalanish mumkin emas, uni albatta sterillash zarur. Malham dori ko‘zga oldin qaynatib olingan maxsus shisha kurakcha yordamida qo‘yiladi. Buning uchun kurakcha uchiga ozgina malham olinib, uni qovoq chetiga parallel holda ushlab, pastki oraliq burmaga tegiziladi. Shundan keyin bemor qovoqlarini yumadi, malhamni qovoqlar orasida qoldirib, kurakchani esa chekkaga tomon gorizontal yuritib ohista chiqariladi. Malham ko‘z soqqasi yuzasiga yaxshiroq yopishishi uchun yumilgan qovoqlar usti steril sha24r6cha bilan yengil uqalanadi.
Malhamli bog‘lam qo‘yish. Burunga kukun, eritma, emulsiya, malham va bug‘ (amilnitrat, novshadil spirti bug‘lari) ko‘rinishidagi dorilar mahalliy, rezorbtiv va reflektor ta’sir ko‘rsatish maqsadida kiritiladi. Burun shilliq pardasidan dorilar juda tez so‘riladi. Kukundori burunga nafasga olinadigan havo oqimi bilan tortiladi: burunning o‘ng katagini bekitib turib, kukunni chap katagi orqali tortiladi va aksincha. Odam xushdan ketganda reflektor ta’sir ko‘rsatish uchun novshadil spirtiga ho‘llangan paxta sharcha bemorning burniga yaqinlashtiriladi, uning bug‘lari nafas orqali burunga kiradi. Тomchi dorilar burunga tomizg‘ich orqali (bolalarga 2–3 tomchi, kattalarga 5–6 tomchi) tomiziladi. Тomizishdan oldin bemor burnini qoqib olishi kerak, bolalarning burni esa steril paxta tamponlar («pilikchalar») bilan tozalanadi. Bemor o‘tirgan bo‘lsa, undan boshini orqaga tashlash so‘raladi, chalqancha yotgan bo‘lsa, boshidan yostiqni olib qo‘yib, chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan bemor burnining
uchi biroz ko‘tariladi va dorini burunning chetlariga tekkizmasdan tomiziladi, shundan keyin bemor dori tomizilgan tomonga boshini engashtirishi lozim. 1–2 daqiqa o‘tgach, dori burunning 2-katagiga tomiziladi. Burunga emulsiyalar kiritish uchun choy qoshiqdan foydalaniladi, emulsiyani suyultirish uchun qoshiq oldindan qizdirib olinadi. Burunning 2 katagiga yuborish uchun chorak choy qoshiq emulsiya yetarli.
Quloqqa dori tomizg‘ich bilan (bolaga 5–6 tomchi, katta odamga 6– 8 tomchi) quyiladi. Buning uchun eshituv yo‘lini oldindan tozalash, tomiziladigan dorini esa, tana haroratigacha isitish (sovuq dorini quyish bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin) kerak. Bemor yotib, boshini chakkasi bilan qo‘yishi lozim. Eshituv yo‘lini to‘g‘rilash uchun quloq suprasi yuqori va orqaga (bolada pastga) tomon cho‘ziladi va dori tomiziladi. So‘ngra dori tomchilarini o‘rta quloqqa tushirish uchun quloq suprasi bir necha marta bosiladi, bunda bemorning og‘zida dori ta'mi hosil bo‘lishi mumkin. Dorining quloqdan oqib chiqmasligi uchun bemor 25–30 daqiqa
shu vaziyatda yotishi kerak, keyin quloqni steril paxta bilan artiladi. Quloqdan yiring ajralayotgan bo‘lsa, moy dori tomizish mumkin emas. Ayollar jinsiy a’zolariga dorilarni kakao moyidan tayyorlangan sharchalar, turli suyuqliklar va moylar shimdirilgan paxta-doka tamponlar, kukunlar (prisipkalar), surtish va chayish uchun ishlatiladigan eritmalar ko‘rinishida kiritiladi. Dorilarning ta’siri asosan mahalliy bo‘ladi, chunki qinning shikastlangan shilliq pardasi orqali moddalar juda oz so‘riladi. Qinni issiq suyuqlik bilan chayish uchun ayol avval hojatga borib kelishi va qovug‘ini bo‘shatishi kerak. Muolaja vaqtida bemor chalqancha yotiqiziladi va tagiga sudno qo‘yiladi. Oldindan qaynatilgan shishadan yasalgan uchligi bor Esmarx krujkasi 45°C li qaynagan suv (yoki tayinlangan dorining kuchsiz eritmasi) bilan to‘ldiriladi. Krujkani karavot sathidan ko‘pi bilan bir metrga ko‘tariladi, bemordan sonlarini kerish so‘raladi va uchlikni qinga uning orqa devori bo‘ylab kiritiladi, ayni vaqtda suyuqlik qin devorini yuvadi. Qinni chayish tugallangandan so‘ng suyuqlikning 1 qismi qinda qoladi, bemor yarim soatgacha tinch yotishi kerak. Harorati 45°C bo‘lgan suvga qin devorlari yaxshi chidaydi, lekin tashqi jinsiy a’zolar terisini kuydirib qo‘yishi mumkin, shuning uchun chayishdan oldin bu soha terisiga vazelin surtish kerak. Qin tamponi tayyorlash uchun kichikroq paxta bo‘lagi olinib, dokaga o‘raladi va pishiq ip bilan krestsimon bog‘lab, iplarning uchi uzun qoldiriladi. Тayyor tamponlar sterilizatsi2y4a7 lanadi. Qin chayilgandan keyin 1–1,5 soat o‘tgach, dori shimdirilgan tampon ginekologik ko‘zgu yordamida qinning orqa gumbaziga kiritiladi.10–12 soatdan so‘ng ayol tamponni (qindan chiqib turgan ip uchidan tortib) o‘zi chiqarib olishi mumkin. Ingalatsiya – dori moddalarini nafas yo‘llari orqali kiritish usuli bo‘lib, gazlar (kislorod, karbonat angidrid), shuningdek chang holidagi mayda moddalar (aerozollar)ni nafasga olish mumkin. Buning uchun maxsus ishlangan pulverizator apparatlar yoki bug‘ ingalatorlaridan foydalaniladi.
Qisilgan havo yoki kislorod eritmalari changsimon holatga keltiriladi, ulardan bemor nafas oladi. Ingalatsiyalarni shuningdek dori solinadigan dastaki (cho‘ntak) ingalatorlar yordamida ham amalga oshirish mumkin. Ingalatsiyadan oldin kiyim- larni iflos bo‘lmasligi uchun bemorning ko‘krak qafasi kleyonka bilan berkitiladi. Bemor apparat ro‘parasiga bug‘ kuydirib qo‘ymaydigan masofada o‘tqaziladi. Bug‘ni faqat og‘iz orqali nafasga olish va chiqarish kerak. Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar uchun uyda ishlatiladigan ingalatorlar mavjud. Dori moddasi plastmassa
naychada bo‘lib, unga rezina ballon kiydirilgan bo‘ladi. Bemor uni bosganda havoni yutishi bilan dori nafas yo‘llariga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |