OITV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha tadbirlar infeksiya manbaini zudlik bilan aniqlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qon va uning komponentlarini quyishda OITS infeksiyasini yuqtirmaslikdan iborat. Barcha davolash-profilaktika muassasalarida faqat bir marta ishlatiladigan tibbiy va laboratoriya asboblar1i8d7an foydalanish va dezinfeksiya qoidalariga qat’iy rioya qilish, qon va zardob olish bo‘yicha muolajalar avtomatik pipetkalarda bajarilishi zarur. Qon va organizmning boshqa suyuqliklari bilan ishlaganda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Ko‘p hollarda bunday tadbirlar fartuk va bir marta ishlatiladigan qo‘lqoplardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Lekin ayrim muolajalarni bajarishda, masalan, bronxoskopiyada ko‘z va lablarni himoya qilishga to‘g‘ri keladi, bunda niqob va maxsus ko‘zoynaklardan foydalaniladi.
Barcha parenteral muolajalar rezina qo‘lqoplarda bajarilishi shart. Terining zararlangan joylari (tirnalgan, yorilgan, shilingan joylar) yoki ochiq yaralar leykoplastir bilan yopiladi yoki bunda barmoqqa kiyiladigan rezina g‘iloflar ishlatiladi. Qon yoki organizmning boshqa suyuqliklari sachrash ehtimoli bo‘lgan paytlarda ko‘zoynak va niqoblar taqiladi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bir marta ishlatiladigan rezina qo‘lqoplar igna kirishidan himoyalay olmaydi – bu tibbiyot xodimi uchun katta xavf tug‘diradi, chunki ignalar va o‘tkir asboblardan
jarohatlanish juda ko‘p uchraydi. Bundan tashqari xodim umumiy va texnik tayyorgarlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan taqdirdagina kasallik yuqtirib olish xavfi kamayishi mumkin. Qo‘l va badanning boshqa qismlari qon yoki boshqa ajratmalar bilan ifloslanganda quyidagi amallar asosida tozalanishi zarur:
Terisovunlab yuviladi, xloraminning l% li eritmasi bilan artiladi.
Ko‘z yaxshilab suv bilan, so‘ngra esa 1:10000 nisbatda tayyorlangan kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi.
Og‘iz suv bilan yaxshilab yuviladi, so‘ngra kaliy permanganat eritmasi yoki 70% li spirt bilan chayib tashlanadi.
Teri zararlanganda (kesilganda, igna sanchilganda) shu joy qattiq bosib qon chiqariladi, so‘ngra 5% li yod bilan tozalanadi.
Ish kunining oxirida ish stoli yoki boshqa yuzalar ifloslangan taqdirda zudlik bilan 3% li xloramin yoki vodorod peroksidning 6% li eritmasida ho‘llangan latta bilan artiladi. OITS virusi qaynatilganda tezda faolsizlansada, klinik amaliyotda avtoklavlash zarur hisoblanadi.
OITS markazidagi vrach epidemiolog tomonidan epidemiologic tekshiruv o‘tkaziladi. OITV ni yuqtirganlar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan kishilar OITV- infeksiyaga tekshirilishlari shart. OITV ni yuqtirganlar va OITS bilan kasallanganlar oilasida shaxsiy buyumlar qat’iy ajratiladi (shprislar, ignalar, ustara, tish cho‘tkalari, qaychi va b.) va bu buyumlar shu zahotiyoq 3% li xloramin eritmasida 60 minut davomida zararsizlantiriladi.
Umuman olganda, OITS bilan kasallanganlarni parvarish qilish boshqa bemorlarni parvarish qilishdan deyarli farq qilmaydi. Bemorga ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i zararlanishi tufayli stomatologik yordam zarur. Bemorni yuvintirish va toza choyshablardan foydalanish lozim. Bemor, ayniqsa og‘ir holatlarda doimiy parvarish va yordamga muhtojdir. Har kuni maxsus kiyimlar kiyib yurishga hojat bo‘lmaydi.
Umuman aytganda, bemorni atrofidagilardan izolatsiya qilishning hojati yo‘q. Sil yoki solmonelloz kabi qo‘shimcha kasalliklar bo‘lganda bemorni alohida yotqizish zarur. Vaksinalar yaratish imkoniyatlari. OITS ga qarshi immunizatsiya qilish alohida qiyinchiliklardan iborat. OITV juda o‘zgaruvchan virus hisoblanadi. Bundan tashqari, vaksinani adekvat baholash qiyin, chunki odamdan tashqari OITS ga xos
bo‘lgan belgilarni 1q8o8‘zg‘atish mumkin bo‘lgan biror jonzot yo‘q. Shunday
qiyinchiliklarga qaramasdan OITS ga qarshi vaksinalar yaratilmoqda va sinovdan o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda.
Suv ta’minoti va ovqatlanish bo‘yicha nazorat zarur. Pashshalarni yo‘qotish va shaxsiy gigiyenaga rioya qilish muhimdir. Parenteral yuqish mexanizmiga ega bo‘lgan virusli gepatitlar profilaktikasi uchun donorlar puxta kuzatuvdan o‘tkaziladi va tekshiriladi (ayniqsa doimiy donorlar). B, D, C virusli gepatitlar bilan og‘rib tuzalganlar donor bo‘lishi mumkin emas. Gemotransfuziyalarni cheklash katta ahamiyatga egadir. Ular faqat izchil ko‘rsatmalar asosidagina o‘tkazilishi mumkin. Jarrohlar va boshqa tibbiy xodimlar (sun’iy buyrak bo‘limlari, gepatit bilan og‘rigan
bemorlar bo‘limlari xodimlari, laborantlar) bemorlar qoni bilan zararlanmaslikning barcha choralarini ko‘rishlari zarur. Parenteral muolajalarda ishlatiladigan barcha asboblar hamda ignalarni puxta sterillash alohida ahamiyat kasb etadi. Bemorlar albatta izolatsiya qilinadi va shifoxonaga yotqiziladi. Oxirgi bemor izolatsiya qilinib, dezinfeksiya ishlari o‘tkazilgandan keyin kamida bir oy davomida o‘choqda tadbirlar va kuzatuvlar o‘tkaziladi. B gepatit bilan kasallanganlar shifoxonadan chiqarilgandan
3, 6, 9 va 12 oydan keyin yuqumli kasalliklar kasalxonasida tekshiruvdan o‘tib turadilar. Spetsifik profilaktika uchun B gepatitga qarshi vaksinatsiya profilaktik emlashlar taqvimiga kiritilgan. B gepatitga qarshi vaksina gen injeneriyasi usulida olinadi.
«Engerix B» (Belgiya), «Recombivax B», «HB-vax11» (AQSH), «Kombitex LTD» (Rossiya) gen injeneriyasi vaksinalari ma’lum va ijobiy natijalar bermoqda. Sust immunizatsiya maqsadida HBs ga antijism yuboriladi. Bu maqsadda
giperimmunoglobulin B (IgHB) qo‘llaniladi. Bu gepatit B bilan kasallangandan keyin plazmadan olingan preparat bo‘lib, HBs ga qaraganda yuqori (1:100000 va undan ham yuqori) titrdagi antijismga ega. Preparat mushak orasiga kattalarga 3–5 ml, yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarga 0,5 ml yuboriladi. Bu preparat kasallik yuqtirish xavfi yuqori bo‘lganda profilaktika maqsadida qo‘llaniladi. Odatda vaksina bilan birga (faol-sust immunlash) ishlatiladi. Bu vaqtda vaksina va immunoglobulin tananing turli sohalariga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |