Kafedra mudiri: I. Qur’onov


Parvarish rejasini amalga oshirish



Download 6,09 Mb.
bet155/329
Sana25.01.2022
Hajmi6,09 Mb.
#410239
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   329
Bog'liq
HAMSHIRALIK ISHI Akramova Munavvar (1)

Parvarish rejasini amalga oshirish


Hamshira bemor parvarishi bo‘yicha reja tuzgach, uni amalga oshirishga kirishadi. Bu hamshiralik jarayonining to‘rtinchi bosqichi – hamshira harakatlari rejasini amalga oshirishdir. Uning maqsadi bemorni parvarishlash, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirishda yordam berish, o‘rgatish va maslahat berishdan iboratdir.



Qo‘yilgan maqsadlarni bajarish. Hamshira harakatlarini amalga oshirishning uch asosiy turi mavjud: mustaqil, tobe va o‘zaro bog‘liq. Harakat turlari bemor ehtiyojlari asosida aniqlanadi.

Mustaqil hamshira harakati shifokor yoki boshqa mutaxassis talabisiz, o‘zining fikriga asoslangan holda amalga oshiriladi. Masalan, bemorni o‘z-o‘ziga xizmat qilishga o‘rgatish, un17g6a sogiig‘i bo‘yicha maslahatlar berish va hokazolar. Tobe hamshira harakati shifokorning yozma ko‘rsatmasi va uning nazorati ostida amalga oshiriladi. Bu yerda hamshira bajaruvchi rolida bo‘lib, bajarayotgan ishi uchun mas’uldir. Masalan, bemorni tashxis, tekshiruvlarga tayyorlash, inyeksiyalarni amalga oshirish va boshqalar. Hozirgi zamon talablariga ko‘ra, hamshira shifokorning ko‘rsatmalarini ko‘r-ko‘rona bajarmasligi, ya’ni tibbiy yordamni kafolatlash maqsadida bemorga u yoki bu muolaja lozim yoki lozim emasligi, dori miqdori to‘g‘ri tanlanganligi, ushbu muolajaga monelik bor-yo‘qligini aniqlay olishi lozim. Kerakli muolajani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajargan hamshira shu muolajani belgilagan shaxs bilan barobar javobgar hisoblanadi.

O‘zaro bog‘liq bo‘lgan harakat tibbiyot hamshirasining shifokor va boshqa mutaxassislar (fizioterapevt, LFK hamshirasi) bilan birgalikdagi faoliyatini bildiradi. Tibbiy hamshira bir necha usullarni: kundalik hayotiy ehtiyojlar bilan bog‘liq

yordam, terapevtik va xirurgik maqsadlarga erishish bo‘yicha parvarishni qo‘llagan holda belgilangan rejani amalga oshiradi.

Bemorning yordamga bo‘lgan ehtiyoji vaqtinchalik, doimiy va reabilitatsion tiklovchi bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik parvarish qisqa vaqtga mo‘ljallanadi. o‘z- o‘ziga xizmat qilish imkoniyati bo‘lmagan bemorga yordam doimiy bo‘ladi, masalan, qo‘l yoki oyoq amplutatsiyasi, umurtqa pog‘onasining asoratli jarohati va boshqalar. Tiklovchi yordam uzoq muddatli jarayon bo‘lib, unga massaj, nafas gimnastikasi, LFK misol bo‘la oladi.

Bemorlar parvarishi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish usullari orasida hamshiraning bemorga maslahati katta o‘rin tutadi. Hamshiralik jarayonining 4- bosqichi ikki strategik yo‘nalishda amalga oshiriladi:



  • bemorning shifokor buyruqlari asosida o‘zgarishini kuzatib, nazorat qilib, uni kasallik tarixiga qayd qilish;

  • bemorga hamshira tashxisi qo‘yilgach, hamshiralik parvarish rejasini tuzish, undagi o‘zgarishlarni kuzatib, nazorat qilib, kasallik tarixiga qayd qilish. Bu bosqichda bemor ahvolidagi o‘zgarishni nazorat qilib, rejaga o‘zgartirish kiritiladi. Jarayonning yakuniy bosqichi – hamshiralik jarayonining samaradorligini baholash. Uning maqsadi hamshira parvarishiga bemordagi o‘zgarishlarni, ko‘rsatilgan yordam sifati, olingan natijalarni baholash va yakun chiqarishdir. Parvarishning sifati va samaradorligini baholash katta hamshira tomonidan amalga oshiriladi, hamshira

177

tomonidan esa har bir navbatchilikning boshi va oxiri o‘z-o‘zini nazorat qilish sifatida o‘tkaziladi.

Tizimli baholash jarayoni hamshiradan erishilgan natijalarni kutilganlari bilan taqqoslab, tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishni talab qiladi. Bu bosqichda bemorning hamshira tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risidagi fikri katta ahamiyatga ega. Butun hamshiralik jarayonini baholash bemor kasalxonadan tuzalib chiqqanida, boshqa davolash muassasasiga yuborilganida, vafot etganida yoki uzoq vaqt kasalxonada yotganida o‘tkaziladi. Lozim bo‘lganda hamshira tadbirlari rejasi qayta ko‘rib chiqiladi, to‘xtatiladi, o‘zgartishlar kiritiladi. Belgilangan maqsadlarga erishilmasa, baholash ularga erishishga xalaqit berayotgan omillarni aniqlashga imkon beradi. Agar hamshiralik jarayoni natijasi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, xatoni topish va hamshiralik aralashuvi rejasini o‘zgartirish uchun u qaytadan boshlanadi. Shunday qilib, hamshiralik aralashuvi natijalarni baholash va

hamshiraning o‘zining kasbiy faoliyatidagi kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi.



Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish