Hamshira tekshiruv o‘tkazib, tashxis qo‘yib, bemorning birlamchi muammolarini aniqlagandan so‘ng, parvarish maqsadi, kutilayotgan natijalar va uning muddatini belgilab, hamshiralik jarayonining 3-bosqichi – hamshiralik yordamini rejalashtirishga o‘tadi. Parvarish rejasi hamshiralik ishini amalga oshiradi, uning ketma-ketligini va boshqa mutaxassislar bilan aloqasini ta’minlaydi. Parvarishning yozma rejasi malakasiz parvarish xavfini kamaytiradi. Bu hamshiralik yordamining sifatini aniqlovchi yuridik hujjat bo‘libgina qolmay, hamshira parvarishini ta’minlashga zarur bo‘lgan materiallar va jihozlar uchun ketgan iqtisodiy sarf-xarajatlarni ko‘rsatuvchi hujjat hamdir. Rejalashtirilgan parvarish bemor va uning oilasi ishtirokining zarurligini nazarda tutadi hamda undan kutilayotgan natijalar mezonini o‘z ichiga oladi. Parvarish quyidagi talablarga javob berishi kerak: maqsad va vazifalarga erisha oladigan, har bir vazifani bajarish uchun aniq reja belgilangan bo‘lishi zarur. Maqsadni aniqlash, ularni amalga oshirishda bemor, uning oila a’zolari va boshqa mutaxassislar ishtirok etadi. Har bir maqsad va kutilayotgan natijani baholash uchun vaqt ajratiladi. Maqsadlar qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli maqsadlar qisqa vaqt ichida, 1–2 hafta davomida amalga oshiriladi. Ular kasallikning o‘tkir bosqichida aniqlanadi va shoshilinch hamshiralik parvarishi rejasiga muhtoj bo‘ladi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki haftadan ko‘proq vaqt ichida a1m75alga oshiriladi. Ular kasallikning qaytalanishini, asoratlarning oldini olishni, sog‘liqni tiklash va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan bo‘ladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish ko‘pincha bemorning kasalxonadan chiqish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Maqsadlarni aniqlash va amalga oshirishda harakat, mezon va sharoitni hisobga olish muhim. Tibbiyot hamshirasi parvarish maqsadi va vazifalarini aniqlab olgach, bemor parvarishi bo‘yicha yozma qo‘llanma tuzadi. Bemorning parvarish rejasi hamshira
amalga oshiradigan
vazifalarni o‘z ichiga olib, ular kasallik tarixiga yozib boriladi. Hamshiralik
jarayoniga yakun yasagan holda, hamshira quyidagi savollarga javob bera olishi kerak:
parvarishning maqsadi qanday?
men parvarish qilayotgan bemor shaxs sifatida kim? Bemorning atrofidagilar, ularning kasallikka munosabatlari, yordam berish imkoniyatlari, tibbiyotga va bemorga, davolash muassasasiga munosabatlari qanday?
bemor parvarishidagi maqsadlarni amalga oshirishda hamshira ning vazifalari qanday?
maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi yo‘nalishlar, usullar qanday?
oqibatlari qanday bo‘lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |