Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet73/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar aksari nafas a’zolari kasalliklarining belgilaridan biri bo‘ladi. Ular, odatda, yallig‘lanish jarayonida plevraning tortilishi bilan bog‘liq. Plevral og‘riqlar chuqur nafas olish vaqtida paydo bo‘ladi. Ko‘krak qafasidagi og‘riqni kamaytirish uchun bemor yuzaki nafas olishga harakat qiladi va yo‘tal harakatlarini tutib turadi. U majburiy vaziyatni egallab, yonboshlab yotadi, natijada, plevra harakatlari chegaralanadi va og‘riq kamayadi. Qattiq og‘riqlarda shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha xantal, yo‘talga qarshi vositalar va og‘riq qoldiruvchi analgetiklar beriladi. Isitma nafas a’zolari kasalliklarining erta va tez namoyon bo‘ladigan belgisi bo‘lib hisoblanadi.

Pulsni aniqlash


Puls deb, tomirlar devorining yurak haydaydigan qon harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Puls tabiati yurakdan haydalgan qonning hajmi va tezligi hamda arteriya devorining holati va birinchi navbatda
uning silliqligiga bog‘liq. Pulsni aniqlash joylari arterial qon ketishda arteriyalarni bosib to‘xtatish nuqtalaridir.
Odatda, puls bilak arteriyasida aniqlanadi. Hamshiralar puls ritmi (ish maromi, tezligi) tarangligini aniqlashni bilishlari lozim. Puls tomirning maromli tebranish oralig‘i bilan aniqlanadi. Agar arteriya devorining tebranishi aniq bir vaqtda sodir bo‘lsa, tomir urishi ritmik deb hisoblanadi. Agar tebranish buzilsa, noto‘g‘ri tomir urishi yuzaga keladi va noritmik puls kuzatiladi. Puls tarangligini aniqlash uchun bilak arteriyasi kuch bilan bosiladi, buning natijasida tomir tebranishi umuman to‘xtaydi. Puls tarangligi sistolik arterial bosim hajmiga bog‘liqdir. Agar arterial bosim me’yorda bo‘lsa, tomir o‘rtacha kuch bilan bosiladi, bu esa o‘rta kuchlanishdagi puls hisoblanadi. Yuqori arterial bosimda tomirni bosish qiyin, bunday puls tarang yoki qattiq deyiladi, agar tomirda arterial bosim past bo‘lsa, u yengil bosiladi va bunday puls yumshoq hisoblanadi.
Arterial pulsni aniqlash algoritmi:

  1. Bemorga uning pulsini aniqlashingizni ayting va undan bu muolaja haqida bilish-bilmasligini so‘rang, agar bilmasa tushuntiring.

  2. Soat, sekundomer, qog‘oz, qalam tayyorlang.

  3. Qo‘lingizni yuving.

  4. Bemorga o‘zini bo‘sh qo‘yib yotishi yoki o‘tirishini ayting.

  5. II, III, IV barmoqlaringizni bemorning bilak tomiriga qo‘yib, I barmog‘ingiz bilan asta tomirni bosib uning tebranishini aniqlang.

  6. Agar puls ritmik bo‘lsa, tomir urishini 30 sekund ichida aniqlang.

  7. Tomir urish sonini 30 sekund ichida kuzatib, so‘ng ikkiga ko‘paytiring (agar puls ritmik bo‘lmasa, uni bir daqiqa ichida hisoblang).

  8. Bemorga natijasini 1a2y2 ting.

  9. Tomirni avvalgidan qattiqroq bosib puls tarangligini aniqlang.

  10. Natijani bemorga ayting va yozing.

  11. Bemorni qulay o‘tqazib yoki yotib olishiga yordam bering.

  12. Qo‘llaringizni yuving. Qilgan ishingiz natijasini harorat varaqasiga qizil qalam bilan «P» shkalasiga yozing. Bilak arteriyasidan tashqari pulsni chakka, uyqu, chov, tizza va tovon ichki yuzasida aniqlanadi. Ketma-ket har bir tomoni ohista bosilgan holda uyqu arteriyasida ham puls aniqlanadi.

Agar tomir devori qattiq bosilsa yurak urishi sekinlashib, bemorda bosh aylanishi, hushdan ketish va tortishish paydo bo‘lishi mumkin.Chov sohasida puls aniqlanganda bemor chalqanchasiga yotishi lozim. Tizza ko‘zi chuqurligida pulsni aniqlash uchun bemor qorinda yotishi kerak.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish