Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet143/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Qovuqni kateterlash


Kateterlash — qovuqni siydik chiqarish, qovuqni yuvish, unga dori moddasini kiritish yoki tekshirish uchun siydik olish maqsadida qovuqqa kateter kiritishdir. Qovuqqa mikroblar tushmasligi uchun kateterlashni g‘oyat ehtiyotkorlik bilan qilish kerak, chunki uning shilliq pardasi infeksiyaga bardosh berolmaydi. Shu
sababli kateterlash zarur bo‘lgandagina va iloji boricha jarrohlik qo‘lqoplarida o‘tkazilishi lozim. Kateterlash yumshoq va qattiq kateterlar yordamida o‘tkaziladi.
Yumshoq kateter — uzunligi 25—30 sm va diametri 10 mm gacha bo‘lgan (№ 1—30) elastik rezina naychadan iborat. Kateterning yuqori uchi yumaloqlangan, berk bo‘ladi. Uning yaqinida yon
tomondan oval teshigi bor. Kateterning tashqi uchi dori eritmasini yuborish uchun shpris uchligini kiritish va qovuqni yuvish uchun qiyshiq kesilgan yoki voronkasimon kengaytirilgan. Ishlatishdan oldin kateterlar 10—15 daqiqa qaynatiladi. Qaynatish natijasida ular asta-sekin elastikligini yo‘qotishi va yaroqsiz bo‘lib qolishini unutmaslik kerak. Ishlatilgandan so‘ng ularni iliq suv va sovun bilan yaxshilab yuviladi va yumshoq latta bilan artiladi. Rezina kateterlar qopqoqli va emallangan hamda uzun shisha qutichalarda 2% li borat yoki
karbol kislota eritmasida saqlanadi, aks holda qurib, elastikligini yo‘qotadi va mo‘rt bo‘lib qoladi. Qattiq kateterlar (metall kateter) uch qismdan: 1) kateter; 2) o‘q (sterjen) va 3) tumshuqdan iborat (ikkita oval teshikli uretral uchli). Kateter yumaloq bo‘lib teshigining pastida kovagi bo‘lmaydi. Erkaklar kateterining uzunligi 30 sm gacha, ayollarniki 12–15 sm bo‘ladi.

Ayollarga kateter kiritish


Muolaja tibbiy qo‘lqoplar kiyilgan holda o‘tkaziladi yoki muolajadan oldin tibbiyot hamshirasi qo‘lini iliq suvda sovunlab yuvib, tirnoq falangalarini spirt va yod eritmasi bilan artishi lozim. Qinda ajralmalar bo‘lsa ayolning tagi yuvilib, sprinsovka qilinadi. Тibbiyot hamshirasi yoki shifokor o‘ng tomonda turadi. Chap qo‘l bilan jinsiy lablar kerilib, o‘ng qo‘l bilan esa tashqi jinsiy a’zolarni va siydik chiqarish kanali teshigini yuqoridan pastga tomon(orqa chiqaruv teshigi yo‘liga tomon)biror zararsizlaydigan erit2m27a(sulema eritmasi 1:10000, furasillin, simob oksisianid eritmasi) bilan yaxshilab artiladi. So‘ngra pinset bilan steril vazelin moyi surtilgan ayollar kateteri olinadi va siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini topib, ehtiyotlik bilan kiritiladi. Kateterning tashqi uchida siydik ko‘rinishi, uning qovuqqa tushganligini bildiradi. Siydik o‘ zicha ajralmaganda qolgan siydikni chiqarish uchun qorin devori orqali qovuq sohasini biroz bosish mumkin, so‘ngra kateterni asta-sekin chiqarsa bo‘ladi, shundagina qoldiq siydikning ozroq miqdori kateter chiqarilgandan keyin, siydik chiqarish kanalini yuvib chiqadi. Ayollarda u deyarli uzun bo‘lmaydi (4–6 sm), shunga ko‘ra kateterlash qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Siydikni ekma (sinama) uchun olish kerak bo‘lsa, steril probirka chetlarini alanga ustidan o‘tkaziladi va u to‘lgandan so‘ng steril paxta tiqin bilan berkitiladi. Kateterlash nosteril kateter yoki yuvilmagan qo‘l bilan o‘tkazilsa, qovuqqa infeksiya tushib yallig‘lantirishi mumkin, bu ko‘pincha bemor ahvolini og‘irlashishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun hamshira aseptika va antiseptika qoidalariga qat'iy rioya qilishi kerak.

Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish