Kafedra mudiri: I. Qur’onov



Download 7,6 Mb.
bet133/230
Sana06.06.2022
Hajmi7,6 Mb.
#640306
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   230
Bog'liq
Kafedra mudiri I. Qur’onov

Bemorlarga qarash. Тibbiyot hamshirasining vazifasi qusayotgan bemor ahvolini imkon boricha yengillashtirishdir: uni qulay holatda o‘tqazish, ko‘kragiga sochiq yoki kleyonka solish, og‘ziga toza idishni yaqin qilib tutish kerak. Тish protezlari olib qo‘yiladi. Agar b2e1m0 or darmonsiz va unga o‘tirishga ruxsat etilmagan bo‘lsa, qusish oson bo‘lgan holat yaratiladi: boshi gavdasidan biroz pastga engashtiriladi va bemor yotgan tomonga og‘zining burchagiga idishni yaqin tutib turiladi, yostiq va ich kiyimlar ifloslanmasligi uchun bir necha qavat qilib buklangan sochiq yoki choyshabcha yoziladi. Qusish paytida hamshira bemor oldidan uzoqqa ketmasligi va bu haqda darhol vrachga xabar qilishi shart.
Qayt qilgandan so‘ng bemor og‘zini iliq suv bilan chaydirish va lablarini, og‘iz burchaklarini artib turish lozim. Darmonsiz bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini har gal qusgandan so‘ng suv yoki zararsizlovchi birorta eritmaga (furasilin, kuchsiz kaliy permanganat, 2% li gidrokarbonat) shimdirilgan uchun bemorga bir necha tomchi yalpiz suvi, bir qultum sovitilgan suv, muz bo‘lakchasi, 5 ml 0,5% li novokain eritmasi berish zarur. Behush yotgan bemorlarga qarash va ularga yordam berish tibbiyot hamshirasidan katta mas'uliyat talab qiladi. Bunda qusuq massalaridan aspiratsiya
bo‘lish, aspiratsion pnevmoniya kelib chiqishi, ayrim hollarda bemor bo‘g‘ilib qolishi ham mumkin. Ushbu og‘ir oqibatlarning oldini olish uchun bemor qusmoqchi bo‘lganda hamshira bemor boshini bir tomonga burishi, qusib bo‘lgandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ini qoldiq massalardan tozalab qo‘yishi lozim. Ayrim holatlarda (komatoz, agonal va boshqa og‘ir holatlar) bemor me’dasiga yo‘g‘on zond kiritib, me’dani yuvish va zondni 4– 5 soatga qoldirish bilan ham qusuq massalaridan aspiratsiya bo‘lishning oldini olish mumkin.
Kofe quyqasi yoki sof qon rangidagi qusuq me’dadan qon oqayotganini bildiradi. Qon aralash qusish yuzning oqarib ketishi, yopishqoq sovuq ter chiqishi, arterial bosimning pasayishi va pulsning ipsimon bo‘lishi bilan o‘tadi. U xatarli belgi hisoblanadi va tibbiyot xodimlaridan tez va kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rishni talab etadi. Hamshira zudlik bilan vrachni chaqirishi va bemorga u yetib kelgunicha bo‘lgan yordamni ko‘rsatishi lozim.
Me’dasidan qon oqayotgan bemor tezlik bilan gorizontal holatda yotqizilishi va me’da sohasiga muzli xaltacha qo‘yilishi lozim. Muz erigan sari almashtirib turiladi, hamshira bemorni tinchlantirishi, unga ruhiy osoyishtalik yaratishi, vrach kelguncha uni yolg‘iz qoldirmasligi, vrachning barcha ko‘rsatmalarini shoshilmasdan, puxtalik bilan bajarishi zarur. Dastlabki kunlari bemorga ovqat berish, suyuqlik ichirish mumkin emas, keyinroq sovuq yoki sal iliq suyuq ovqatlar beriladi



Download 7,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish