Narkomaniya (yunoncha narke – karaxtlik va mania – telbalik, jahl, shod- xurramlik) — bangilik, giyohvandlik, narkotik ta’sirga ega moddalarni qabul qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Ushbu xastalik bilan og‘rigan kishining jismoniy va ruhiy faoliyati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishiga bogiiq. Quyidagi ikki holda narkotik moddalarga o‘rganib qolish mumkin. Birinchi holda kishi o‘z xohishidan tashqari, e’tiborsizligi natijasida narkotik
moddalarga o‘rganib qoladi. Bunday bangilik ko‘pincha vrach buyurgan narkotik moddalarni noto‘g‘ri qabul qilish natijasida kelib chiqadi. ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida narkotik moddalarga o‘rganishdir. Bangilikka odatda o‘zini tiya bilmagan ruhan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taqlid qiluvchi, xumorni tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan o‘ta xudbin kishilargina beriladilar. Bunga mubtalo bo‘lganlar narkotik moddalarni qayta-qayta va ko‘p miqdorda iste’mol qilgisi kelaveradi. Keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan turolmaydigan, u bo‘lmasa o‘zini xuddi «biror narsa yetishmayotganday» his qiladigan bo‘lib qoladi. Bunday ahvoldan qutulish va o‘zini biroz yengil his qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik — bangilik kelib chiqadi. Avvaliga bangilarda ruhiy o‘zgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik jismoniy o‘zgarishlar (terlash, yurak o‘ynashi, og‘iz qurishi, ozib ketish, qo‘l oyoq titrashi, rangining siniqishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi) avj oladi. Agar bangi o‘z vaqtida narkotik moddalarni qabul qilmasa, yuqoridagi holatlar kuzatiladi.
Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar — hozirgi davrda kishilar salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Odam organizmining normal faoliyati uning ruhiyati qay darajadaligiga bog‘liq. Odamlar ruhiyati va kayfiyatidagi har qanday o‘zgarishlar a’zo va sistemalarning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Odamning ruhan ezilishi, ko‘ngliga og‘ir botadigan kechinmalar va hayotidagi turli salbiy voqealar ruhiy zo‘riqishlarga olib keladi. Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar natijasida odamlarda gipertoniya, stenokardiya va miokard infarkti, qolaversa, ruhiy kasalliklar, zararlI odatlarga ruju qilish kabilar kelib chiqadi. Ayollarda ruhiy- emotsional zo‘riqishlar ayniqsa, homiladorlik davrida, uning dastlabki uch oyida o‘ta xavfli asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Aholi turmush tarzining yaxshilanishi, ijtimoiy sharoitning barqarorlashuvi ruhiy-emotsional zo‘riqishlarning oldini olishning asosiy shartlaridandir. Yuqorida sanab o‘tilgan salomatlikka salbiy ta’sir qiluvchi omillar haqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni bartaraf etish har bir kishining bevosita o‘ziga bog‘liq. Buning uchun esa sog‘lom turmush, uning tarkibiy qismlari nimalardan iboratligi haqida aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |