2.Zaxirani shakllantirish bosqichlari.
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning
kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal
ushbu hujjatdan yaxshi xabardor bo‘lishi darkor, chunki xodimlarni zaxiraga
kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega.
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir:
- zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni dastlabki
o‘rganish va baholash;
- zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash;
- zaxira tarkibiga kiritish;
- zaxirani tayyorlashni tashkil etish;
- zaxira tayyorlashni baholash.
Zaxiraga kiritish uchun nomzodlarni shakllantirishda ikkita ro‘yxat tuziladi:
- kadrlar zaxirasiga kiritish uchun nomzodlarning umumiy
ro‘yxati;
- aniq lavozimlarni egallash uchun nomzodlarning umumiy
ro‘yxati.
Umumiy ro‘yxatga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlardan
qaysilarini o‘qitish darkorligi, nomzod shaxsiy xususiyatlarini
hamda kelajakda undan rahbarlik lavozimida foydalanishni
hisobga olgan holda uni tayyorgarlikdan o‘tkazishning qaysi
shaklini tanlashga aniqlik kiritish lozim.
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlarni shakllantirishda
esa eng avvalo bu nomzodlarni baholash kerak. Baholash jarayonida
nomzodning kelajakda egallashi mo‘ljallanayotgan
lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.
Mehnat jamoasiga rahbarlik uchun chetdan jalb etilgan
xodimni yangi vazifaga ko‘niktirish yanada murakkabroqdir.
Chunki ular nafaqat o‘zi rahbarlik qiladigan jamoa bilan, balki
korxona, uning tuzilishi, an’analari, o‘ziga xos xususiyatlari va
hokazolar bilan mutlaqo notanish bo‘ladilar. Shuning uchun
personalni boshqarish xizmatlarining zaxirani tayyorlash dasturi
doirasida yangi lavozimga ko‘niktirish maxsus dasturlarini ham
ishlab chiqishlari talab etiladi.
Kadrlar zaxirasi bilan ishlash uchta asosiy blokdan iborat:
kadrlar zaxirasini shakllantirish;
zaxiraga kiruvchi xodimlarni taxmin qilingan lavozimda ishga tayyorlash;
xodimni mavjud vakant yuqori lavozimlarga tayinlash.
Bu ish bloklari, o‘z navbatida, quyidagi bosqichlarga bo‘linadi.
I bosqich – korxona rahbari tomonidan kadrlar reyestrini
tuzish to‘g‘risida qarorni qabul qilish va unga asosan lavozimlar
ro‘yxatini nomma-nom shakllantirish to‘g‘risida, ularni
o‘zgartirish uchun zaxira tuziladi. Bu bosqichda rahbarlar
tarkibida mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarni prognoz qilish,
rahbarlik lavozimlarining zaxira bilan ta’minlanganligini aniqlash
o‘z ichiga oladigan zaxiraga bo‘lgan talab tahlil qilinadi. Bunday
tahlilning natijasi zaxiraga bo‘lgan kasbiy va malakaviy talabni
aniqlashdir.
II bosqich – rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibiga nomzodlarning
malakaviy va shaxsiy xususiyatlarga taalluqli bo‘lgan dastlabki
(majburiy, minimal) maqbul talablarni ishlab chiqish.
III bosqich – zaxira manbalarini aniqlash, turli shakl,
usullardan foydalanish asosida dastlabki zaxirani ko‘rsatish va
shakllantirish hamda uni tanlov komissiyasiga taqdim etish.
IV bosqich – zaxira tarkibiga eng yaxshi nomzodlarni tayinlash
to‘g‘risidagi qaror tanlov komissiyasi tomonidan baholanishi
va qabul qilinishi.
V bosqich – individual professional rivojlanish dasturi asosida
(mustaqil o‘qish) rejalangan, eng yuqori rahbarlik lavozimni
egallash uchun rahbar kadrlar zaxirasini o‘qitishni tashkil etish.
VI bosqich – zaxiradagilarni eng yuqori darajadagi vakant
lavozimga tayinlash.
Zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash va tanlab olish
bosqichiga ko‘ra zaxiradagi shaxslar dastlabki va qat’iy zaxiraga
ajratiladi.
Dastlabki zaxira zaxiraga kiritish uchun tanlovda ishtirok
etishi uchun ko‘rsatilgan xodimlar tarkibidir.
Qat’iy zaxira- bu zaxiraga kiritish uchun tanlov komissiyasi
tomonidan tavsiya qilingan va korxona rahbari qarori bilan zaxira
tarkibiga kiritilgan xodimlar tarkibi hisoblanadi.