18-rasm. Korxona menejerlarining darajalari10
Quyi darajadagi menejerlar(kichik boshliqlar) bevosita ishchilar va boshqa xodimlarga (boshqaruvchilarga emas) rahbarlik qiladilar. Ularning zo’raki ishi bitta vazifadan boshqasiga tez tez o’tish bilan ta’riflanadi. Qarorlarni amalga oshirish uchun vaqtli davr g’oyatda qisqadir.
O’rtacha darajadagi menejerlari kichik boshliqlarning ishini muvofiqlashtiradilar va nazorat qiladilar. Ular odatda tashkilotdagi yirik bo’linmalarni boshqaradilar va yuqori va quyi darajalardagi rahbarlar o’rtasidagi o’ziga xos bufer bo’ladilar.
Yuqori darajadagi menejerlar umuman tashkilot uchun qarorlar qabul qilishga javob beradilar. Ularning ishi aniq yakunlanishga ega emas, katta tavakkalchilikka ega. Bu bo’g’in menejerlari boshqa bo’g’inlar menejerlariga qaraganda ancha kamroqdir. Ularning mehnati yuqori baholanadi, qoidaga ko’ra yaxshi haq to’lanadi.
G’arbiy korxonalarda yana quyidagilar ajratiladi:
“top management”- ya’ni boshqaruvning yuqori bo’g’ini(bosh direktor va boshqaruvning boshqa a’zolari);
“middle management”- boshqaruvning o’rtacha bo’g’ini(boshqarmalar va mustaqil bo’limlar rahbarlari);
“tower management”-boshqaruvning quyi bo’g’inlari(bo’linmalar va ularga o’xshash boshqa bo’limlar rahbarlari).
Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi, insoniyroq bo’ladi. Hozirgi vaqtga qadar menejmentning vatani bo’lgan AKShda rasional turdagi menejerlar ustivorlik qilgan, ular ko’proq muxandislik –iqtisodiy ko’nikmalarga va boshqaruvga yondashuvlarga ega bo’lganlar. Ammo hozirgi vaqtda endi yangi turdagi menejerlar paydo bo’ldilar, ular asta- sekin ishlab chiqarishdagi insoniy omillarni hisobga olish tomoniga yuz o’girmoqdalar. Buning ustiga, bu turli tumanliklar ishga doir hulqqa xos alomatlarni kasb etmoqdalar.
Yana shuni ta’kidlash zarurki, iyerarxiyaning darajasi qancha yuqori bo’lsa, menejerning shuncha ko’p ish vaqti strategik, istiqbolli vazifalarni hal qilishga sarflanishi kerak. Pastroq darajada, aksincha, menejer ko’proq operativ masalalar bilan shug’ullanishi kerak. Yuqori darajadagi menejerlar ish vaqtining quyidagi tuzilmasi tavsiya etiladi: strategik vazifalar vaqtning- 60%, taktik- 25%, operativ- 15%, o’rtacha darajadagi menejerlar tegishli ravishda 20, 50,va 25%; quyi bo’g’in menejerlari 10, 25 va 65%.
To’g’ri chiziqli va vazifaviy menejerlarni ham ajratish mumkin. Birinchilar tashkilotlar, muassasalar, sexlarni boshqaradilar, ikkinchi- lari vazifaviy bo’linmalarga rahbarlik qiladilar.
Menejerlar jamiyatda sezilarli rolni o’ynovchi ijtimoiy qatlamni tashkil qiladilar. Menejerlar asosan xususiy kompaniyalarda ishlaydilar. Ularning boshqaruvdagi alohida rolini tan olinishi kasbiy ajratilish, maxsus tayyorgarligi haqidagi masalani qo’ydi.
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, zamonaviy rahbar faqat 15 -20 % o’z sohasidagi mutaxassis bo’lishi kerak, u hammadan avval tashkilotchi, ruhshunos, sosiolog bo’lishi kerak. Zamonaviy korxonalar ko’proq darajada inson e’tibor markazida turadigan sosiotexnik tizimlar bo’yicha mutaxassislarga muhtojlar. Har qanday darajadagi menejerni oldiga butun bir qator talablar qo’yiladi. U quyidagi asosiy sifatlarga ega bo’lishi kerak:
zamonaviy tashkilotni boshqarish sohasidagi bilimlar va tajriba- ning mavjudligi;
faoliyatning turi va xarakteri bo’yicha tashkilot tegishli bo’lgan sohaning holati va rivojlanishi masalalarida (tadqiqotlarning holati, texnika, texnologiya, raqobot, mahsulotga talabning dinamikasida) omilkorlik;
nafaqat ma’muriy boshqarish, balki tadbirkorlik ko’nikmalariga ega bo’lish, bozordagi vaziyatni boshqarishni bilish, tashabbus ko’rsatish va firma resurslarini qo’llashning foydaliroq sohalarida faol qayta taqsimlash;
yuqori dinamiklik va noaniqlik sharoitida quyida turuvchi rahbarlar va xodimlar bilan kelishish asosida omilkor qarorlarni asoslash va qabul qilish, ularning qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishdagi ishtirokini taqsimlashni bilish;
asosiy bozorlar yoki ularning hozir ishlanayotgan yoki ishlamoqchi bo’lgan segmentlaridagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish sohasidagi amaliy bilimlar va tajribaning mavjudligi;
yuqori madaniyat, soflik, hamma narsada namuna bo’lish qobiliyati;
raqib firmalar faoliyati va harakatlarini tahlil qilishni bilish;
tashkilot resurslarini boshkarish qobiliyati va bilishi;
tashkilot ishini bashorat qilish va rejalashtirishni bilish;
tashkilotni boshqarish va faoliyat yuritishning samaradorligini oshirish usullariga egalik qilish;
zamonaviy axborot texnologiyalari, kommunikasiya va aloqa vositalariga egalik qilish;
odamlar bilan ishlash, ularga ta’sir ko’rsatish qobiliyati va bilimi, buning uchun zarur bo’lgan dilkashlik, adolatlikka ega bo’lish, ”insoniy munosabatlar”ni bilish;
o’zini o’zi va o’z vaqtini boshqarishni bilish;
masalalarni hal qilishda qat’iylik, g’ayratlilik, dinamiklik;
rasmiy va norasmiy tuzilmalarning o’zaro aloqasini hisobga olish bilan odamlar bilan munosabatlarni o’rnatishni bilish;
bilimlar va farosatlilik (tashkilotdagi aniq sharoitlarni bilish, ularda o’z yo’lini topa bilish, farosatli va topqir bo’lish);
o’ziga o’zi yordam ko’rsatishni bilish, tashkilotdagi ma’lum sharoitlarda boshqaruv ko’nikmalarini rivojlantirish hisobiga o’zini qo’llab quvvatlash;
o’z mamlakati va boshqa mamlakatlardagi, firma o’zining o’rinini kuchaytirish yoki ishlab qolishga intilayotgan bozorlardagi xo’jalik holatini rivojlanishi, talabning xususiyatlari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish choralari tendensiyalarini oldinda ko’ra olishni bilish.
Menejerlar tashkiliy qobiliyatga ega bo’lishlari kerak, uning ostida insonga tashkiliy faoliyat usullarini egallash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beruvchi shaxsning shaxsiy-psixologik xususiyatlari tushuniladi. Quydagilar tashkiliy qobiliyatlarga kiradilar:
moslashilgan safarbarlik, ya’ni faoliyatning ijodiy shakllari, bilimlarni chuqurlashtirish, tashabbuskorlikka moyillik, konservatizmga chiday olmaslik, asoslangan tavakkalchilikka tayyorlik, yangiliklarga intilish, o’zini tuta bilish, tadbirkorlik va h.k.;
aloqa qila olishlik, ya’ni dilkashlik, odamlarni o’ziga rom qilish qobiliyati, odamlarni eshitish, tushunish va ishontirishni bilish, hamda nizoli vaziyatga hamsuhbatining ko’zi bilan qarash qobiliyati;
stresslarga barqarorlik, ya’ni muammoli vaziyatlarda aqliy va hissiyotli himoyalanganlik, o’zini o’zi tuta bilishlik va qarorlar qabul qilishda tafakkurning xushyorligi;
dominativlik (ustin bo’lishlik), ya’ni hukmronlik, shuhratparaslik, shaxsiy mustaqillik, yetakchilikka intilish, o’zini o’zi hurmat qilish, irodali xarakter.
Har qanday darajadagi menejerning oldiga qo’yiladigan muhim talab odamlarni boshqarishni bilishdan iboratdir. Ularga quydagilar kiradi:
- o’zining to’g’ridan to’g’ri qo’l ostidagilarni, ularning qobiliyatlari va o’zlariga topshirilgan aniq ishni bajarish imkoniyatlarini mukammal bilish;
- korxona va xodimlarni bog’lovchi sharoitlarni bilish, ular va boshkalarning manfaatlarini adolatli asosda himoyalash;
- menejerning psixologik omilkorligi;
- jamoaning birligini saqlab qolish va tashkilotni faoliyat yuritishi samaradorligini ta’mirlash maqsadida qobiliyatsizlarni bartaraf qilishni bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |