Kadrlar tayyorlanadigan


-rasm. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda F.Teylor taklif etgan qadamlar2



Download 3,06 Mb.
bet24/120
Sana07.01.2022
Hajmi3,06 Mb.
#328485
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
Bog'liq
1. Menejment TO'PLAM

1-rasm. Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishda F.Teylor taklif etgan qadamlar2

F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo’yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o’tkazishdan iborat bo’lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo’lga qo’yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o’zining vazifalari uchun javobgar bo’lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.

F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o’sishi va xo’jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to’liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o’rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o’ylagan.
Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950).

Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemes sosiologi M.Veber eng katta ulush qo’shganlar (2-rasm).



2-rasm. M.Veber tomonidan boshqaruvga berilgan oltita xarakteristika3
Bu maktabning vakillari tashkilotlarning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo’lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo’lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning rasional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo’linmalarga bo’lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo’lib xizmat qilgan, unga ko’ra odam faqat bitta boshliqdan bo’yruqlar olishi va fakat bitta unga bo’ysunishi kerak.

Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSh) uning eng yirik obro’li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o’z xodimlari haqidagi g’amxo’rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko’payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o’z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.

Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko’zga ko’ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko’ra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo’llash asosida o’zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko’proq darajada yordam ko’rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo’li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to’g’ri qo’llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.

Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko’zga ko’ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operasiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng ko’llashni ko’zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni ko’llashga kuchli turtki bo’lgan bo’lsa kerak. Ular o’sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga ko’proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo’ladilar.

Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo’shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to’g’ridan-to’g’ri qo’llash imkoniyati paydo bo’lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo’ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko’rsatadilar. Ham tashkilotning o’zida, ham atrof muhitda ko’pgina bunday omillar mavjud bo’lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo’q bo’ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko’proq mos keluvchi usuli eng samarali bo’ladi.

Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).

50-yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo’llanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo’lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo’llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to’liq darajada baholashning iloji yo’q. Shunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o’sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo’lar.



Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qo’llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bo’lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko’ra, boshqaruv uzluksiz o’zaro bog’liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko’rib chiqiladi, ularning har biri ham, o’z navbatida bir necha o’zaro bog’langan harakatlardan iborat bo’ladi. Ular kommunikasiyalar va qaror qabul qilishning bog’lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (yetakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko’rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko’rsatishning shunday imkoniyatini ko’zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo’nalishida mehnat qilsinlar.

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish