9.2. Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash
Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qo’llaniladi. Masalan, g’arbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan yerini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun hammadan avval u yoki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini o’rganadilar. Ushbu maqsadlar uchun “Boshqaruv muammolari bo’yicha Yevropa forumi” (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq ko’rsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat bo’lgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhdashtiriladi:
iqtisodiyot(iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi;
sanoatning ishlab chiqarish quvvati;
bozorning dinamikasi;
kishilik kapitali;
davlatning obro’si;
xom ashyo bilan ta’minlanganlik;
tashqi bozorga qaratilganlik;
innavasion salohiyat;
ijtimoiy barqarorlik.
Bu 10 omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu turli tumanlik menejerning istyedodidan ishlab chiqarishga to’g’ridan to’g’ri sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan o’g’itlarga xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan ishchi kuchining qiymatigacha, sement ishlab chiqarishdan bo’sh vaqtni rejalashtirishgacha yoziladi. Bunda keltirilgan 10 omillardan har birini baholash uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish bo’yicha murakkab vazifa vujudga keladi. Shveysariyali mutaxassislar, masalan, “kishilik kapitali”ni ta’riflash uchun quyidagi indikator- lardan foydalanishni taklif qiladilar ( 2 - jadval).
Mutaxassislarni ta’kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida “shtik bilan” hujumga boruvchi emas, balki to’g’ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g’alaba qozonadi.
Matrisa usuli. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan bog’liqlikda ko’rib chiquvchi g’oya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi bo’ladi.
70 –yillarning o’rtalarida “Boston konsalting grupp” marketing firmasi o’zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matrisa usulini ishlab chiqqan bo’lib, hozir u har xil korxonalar va sohalarning raqobat- bardoshligini tadqiqot qilishda qo’llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko’rsatkichlar asosida qurilgan matrisadir. Vertikal bo’yicha bozor sig’imining to’g’ri chiziqli ko’lamdagi o’sishi sur’atlari ko’rsatiladi. Gorizontal bo’yicha esa – tadbirkor yoki korxonaning bozordagi logarifmli ko’lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporasiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matrisada o’zlarining parametlari va bozor sharoitlariga ko’ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo’lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar.
Matrisa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o’z korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi va keyin esa bozordagi hulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin . Matrisa usuli amarikali maslahat firmalarida keng qo’llaniladi, bizning tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun ishonchli qurol bo’ladi.
Korxonaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko’proq menejerlarning san’ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy maho- ratiga bog’liq. Biznesning murakkab dunyosida bunday o’zini o’zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning ko’zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya’ni etalon uchun qabul qilingan har xil korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydali- dir. Bu holda yutuqlarni o’zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so’z yotadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me’yorlar, iste’molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an’analar va h.k. ko’rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sosial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar) ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko’rinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf
Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxona uchun, yoki faqat jamiyat uchun samarali bo’ladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me’yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig’ma daromadlari va resurslari;
Dpo – soliqlar va sosial fondlarga ixtiyoriy to’lovlar to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf – korxonaning sosial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra – korxona tomonidan avanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar, sug’urta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim – korxona tomonidan qo’llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya’ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me’yoridan ortiq zaxiralari, o’rnatilmagan uskunalar, sug’urta va tavakkalchilik fondlari);
Jahon amaliyotida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu – sof foyda (soliqlar va sosial fondlarga ihtiyoriy to’lovlar to’langanidan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo’shilgan qiymat ( sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sosial to’lovlarni o’z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromadlar korxona ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to’lovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yo’qotishlar va h.k.) ko’rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo’linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag’lar, avans qilib berilgan yoki qo’llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig’imining o’zlashtirilgan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo’li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko’rsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo’ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g’oyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |