«Yergeodezkadastr» Davlat qo‘mitasi faoliyatida yagona davlat kadastrlarini
yuritish vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida" 2004 yil 15 oktabrdagi PF-3502-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. Qarorda quyidagilar belgilangan:
Qoraqalpoghston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tegishli ravishda Qoraqalpoghston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari boshqarmalari, yer, binolar va inshootlar davlat kadastri bosh boshqarmalari, texnik xatlovdan o‘tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etiladi;
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent shahar yer munosabatlarini tartibga solish va ko‘chmas mulk kadastri bosh boshqarmasi hamda yakka tartibdagi uy-joylami hisobga olish va nazorat qilish boshqarmasi negizida tashkil etiladi;
tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bofiimlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) yer resurslari xizmatlari, ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari va texnik xatlovdan o‘tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etiladi.
"Kartografiya" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilsin, tegishli ravishda "O‘zdaverloyiha" ilmiy-loyihalash instituti hamda Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi tarkibidan chiqariladigan "Agroxarita" kartografiya fabrikasi va Davlat kartografiya-geodeziya fondi uning tarkibiga berilgan.
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga aylantirilgan.
Texnik xatlovdan o‘tkazish respublika kadastr byurosi hamda Xo‘jalik hisobidagi respublika ko‘chmas mulk kadastri xizmati, "Yer-servis" ilmiy-texnika markazi, "Geotexnika" davlat unitar korxonasi tugatilsin, ulaming funksiyalari va mol-mulki belgilangan tartibda "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasiga berilgan.
"Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan tuzilmalarni tugatish bilan bogTiq tadbirlami belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
"Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Andijon, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy shaharlarining, GTjduvon va Qorako‘1 tumanlarining ilgari xususiylashtirilgan texnik xatlovdan o‘tkazish kadastr byurolarining arxivlari belgilangan tartibda "Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining tegishli boTinmalariga berilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi ("Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi) tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan:
QoraqalpogTston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari
Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boTimlari
Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi
Markaziy aerogeodeziya korxonasi
Samarqand aerogeodeziya korxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |