TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI DAVOLASH FAKULTETI DAVOLASH ISHI YO'NALISHI 1-KURS 104-GURUH TALABASI HAMRAYEV ZAFARJONNING TIBBIY KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Tibbiyotda fermerlarning qo'llanilishi
REJA
1.Fermentlarning funksiyasi
2.Fermentlaring organizmga ta’siri
3.Fermentlarning tibbiyotda ahamiyati
4. Organizmda fermentlarning yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar
Fermentlar (lot. fermentum — achitqi), enzimlar — hayvon, oʻsimlik va bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar. F. maxsus xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular katal izatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi (qarang Kataliz).
Insonlarning ba’zi kasalliklari ularni to’qimalarida bitta yoki bir qancha fermentlarni nasliy yetishmasligi yoki kamchiligi bilan bog’liq bo’ladi. Masalan galaktozani glyukozaga aylantirib beradigan fermentning bolalarda yetishmasligi galaktozemiyaga sabab bo’ladi, bunda bola ortiqcha galaktoza bilan zaharlanadi va hayotining birinchi oylarida halok bo’ladi. Ba’zan patolagik o’zgarishlar biror bir fermentning ortib ketishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Fermentopatiya deb ataladigan shu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Tibbiyotda tashxis uchun ahamiyatga ega - qon, siydik, to’qima preparatlarida fermentlar miqdorini aniqlash orqali kasallik tashxisini qo’yish va uni klinik manzarasini kuzatib borish mumkin masalan: LDG va aminotransferazalar izofermentlarining qondagi miqdorini belgilash orqali yurak va jigar kasalliklarini bir-biridan ajratish va kasallikning kechishini kuzatish mumkin – yshbu jarayonga fermentodiagnostika deyiladi. Ishqoriy fosfatazaning ma’lum formasi suyak to’qimasi uchun organospesifikdir va raxit bilan kasallangan bolalarda uning faolligi klinik davrgacha ortadi.
O’tkir gepatitlar qonda ALT-alaninaminotransferaza, LDG4, LDG5 izoformalari, miokard infarktda - LDG1 , LDG2 izofermentlari va kreatinkinaza faolligining keskin oshishidan kelib chiqadi. Fermentlar bilan davolash fermentoterapiya deyiladi. Masalan, proteolitik fermentlar (tripsin, xemotripsin) xirurgiyada yiringli yaralarni tozalashda ishlatiladi. Ushbu fermentlar asosida tanani qoplab turuvchi teri termik yoki turli (kimyoviy) yo’l bilan kuyishlarida ularning bitib ketishini tezlatish uchun sirtdan qo’llaniladi.
Tripsin yalig’lanishga qarshi quyidagi holatlarda – gaymoritlarda, osteomielitlar, tromboflebitlarda mushak orasiga yuborish orqali davo qilinadi. Hozirgi kunda burun halqum kasalliklarida, ko’z konyuktivalarining yalig’lanishida lizosim keng doirada davolash maqsadida qo’llanilmoqda. Ma’lumki farmatsiyada keng qo’llanilib kelayotgan, tarkibida pepsin, lipaza, amilaza fermentlaridan iborat bo’lgan –festal, pistal, mezim forte, enzim forte va shu kabi pankreatinlar oziq ovqat mahsulotlarini hazm qilish yo’lida tegishli bo’limlarining sekretor funktsiyasi faolligi kamayganda yoki yetishmovchiligida bir necha yillardan beri buyurib kelinadi.
Nikotin kislotasi organizmda sil basillalarini rivojlanishi uchun zarur bo’lsa uning analogi izonikotinat kislota gidrazidi ftivazid silni davolash uchun foydalaniladi. Fermentlarni o’rganish uchun ularni amaliyotda qo’llanishini ilmiy asosda o’rganish muhimdir. Mikro va ultra–mikro usullar fermentlarning faolligini aniqlash, tashxis amaliyotida qo’llanilishi bilan birga ushbu usullar bilan, o’ndan ortiq fermentlar faolligi bir tomchi qonda aniqlashga erishilmoqda. Antibiotik preparatlarni biosintezlash texnologiyasi. Qishloq xo‘jaligi uchun
antibiotik preparatlarni biosintelash texnologiyasi. Tibbiy ahamiyatga ega
fermentlar biotexnologiyasi. Organik birikmalarni (pepsin, tripsin, festal,
streptodekaza va boshqalar) mikrobiologik transformatsiya. Mikrobiologik
transformatsiya jarayonlarini o‘tkazish usullari. Turli preparatlarni o‘ziga xos
xususiyatlari va ularning tibbiyotdagi roli, ahamiyati.
Fermentlarni mikroanalizda qo‘llash. Fermentlarni mikroanalizdagi roli va
ahamiyati.
Fermentlarni mikroanalizdagi roli va ahamiyati. Fermentlarni miqdoriy
ko‘rsatgichlarini mikroanalizda o‘zgarishi. Xolinesteraza va uni mikroanalizda
qo‘llash. Oksidoreduktazalar va ular asosidagi sezgir tahdillar. Fermentli sensorlar.
Ularni roli va ahamiyati
Fermentlarni organik moddalar olish jarayonidagi roli Organik kislotalar
sintezi. Jarayonni nazorat qilish.
Organik kislotalar sintezi. Jarayonni nazorat qilish. Sellyulolitik
chiqindilarni fermentlar yordamidagi bosqichli gidrolizlash va sellobioza olish.
Mikrobiologik sintez yordamida -aminokislotalar ishlab chiqarish.
Aminokislotalarni sanoat fermentlaridagi biosintezi. Bir va ikki bosqichli olish
usullari. Fermentlar yordamida uglevodlar va aromatik moddalar olish.
Fermentlarni geterogen tizimlardagi faolligi. Organik moddalarni fermentlar
yordamida transformatsiya
Renin-angiotensin-aldosteron tizimi qon bosimini tartibga solish uchun mo'ljallangan bir qator reaktsiyalar majmuidir. Qon bosimi pasayganda (sistolik 100 mmHg yoki undan pastga), buyraklar renin fermentini qonga chiqaradi. Renin qonda aylanib yuradigan katta protein bo'lgan angiotensinogenni bo'laklarga ajratadi ya’ni angiotensin I ni hosil qiladi. Nisbatan faol bo'lmagan angiotensin I qon orqali o’pkaga borganda angiotensinga aylantiruvchi ferment (ACE) tomonidan 10 ta aminokislota qoldig’idan tashkil topgan angiotensin I dan 2 ta aminokislotani chiqarish orqali angiotensin II ni hosil qiladi. Angiotensin II juda faol gormon. Angiotensin II kichik arteriyalar (arteriolalar) mushak devorlarining qisqarishini keltirib chiqaradi, shundan so'ng qon bosimi ortadi. Angiotensin II shuningdek, buyrak usti bezlaridan aldosteron gormoni va gipofiz bezidan vazopressin (antidiuretik gormon) chiqarilishini keltirib chiqaradi. Aldosteron va vazopressin buyraklar tomonidan natriy (tuz) saqlanishini rag'batlantiradi. Aldosteron buyraklar tomonidan kaliyni yo'q qilishni ham rag'batlantiradi. Natriy miqdorining oshishi suvni ushlab turishga olib keladi, bu qon hajmi va qon bosimining oshishiga olib keladi.
Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy аdabiyotlar:
1. M.G.Safin, B.S.Alikulov, F.A.Ruziev. Enzimologiya fanidan laboratoriya va
amaliy mashg`ulotlar. Samarqand – 2012 y.
2. Ташмухамедова Ш.С., Исмоилова М.Г., Ташмухамедов М.С. Иммунологик ва
микробиологик препаратлар технологияси. Тошкент- 2016
3. Комилов Х.М., Рахимов М.М., Одилбекова Д.Ю. Биотехнология асослари.
Тошкент: Extrenum. 2010.
4. Давранов К. Биотехнология: илмий,амалий ва услубий асослари. Тошкент.
2008.Монография.
5. Альбертс. Молекулярная биология клетки. М. Мир.1994.
6. .Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбаева Г.С.
Микробиология ва биотехнология асослари.Тошкент IlmZiyo. 2014.
7. Бисвангер X. Практическая энзимология. Москва:Бином.Лаборатория
знаний. 2010.
E'TIBORNING UCHUN RAXMAT