39
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar
investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari chog‘ida ularning barcha huquqlarini
kafolatlaydi va himoya qiladi. Davlat tomonidan chet ellik investorlar va chet el
investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to‘liq
va doimiy
himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo‘yilgan rejimga qaraganda
noqulayroq bo‘lishi mumkin emas.
Bugungi kunda respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va
sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona
muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd AQSH dollaridan ko‘proq,
asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda,
mamlakat
iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6% dan ko‘prog‘i
ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika
iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish
istiqbollariga
qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlariga muvofiq, soliqlar va boshqa to‘lovlarni,
shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanuvchi o‘z xodimlari uchun ijtimoiy
sug‘urta va ijtimoiy ta’minot bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi
barcha xarajatlari ularning o‘z valyuta tushumlari hisobiga, shuningdek, chet el
valyutasini olishning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruxsat etilgan
boshqa manbalari hisobiga ta’minlanishi lozim. Ularning valyutada o‘zini o‘zi
qoplashi tuziladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham
ta’minlanishi mumkin.
Xorijiy
investitsiyalar
ishtirokidagi
korxonalar
O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya
etgan holda eksport-import
operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. O‘zlari ishlab chiqargan
mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va
kvotalanmaydi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun
mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan o‘zining
ishlab chiqargan mahsulotini va korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun
import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xorijiy investorlar O‘zbekiston Respublikasiga o‘z
ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun, shuningdek, chet ellik investorlarning va chet ellik investorlar
bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida
40
turgan chet davlatlar fuqarolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan
mol-mulkdan boj to‘lovi olinmaydi.
Xorijiy investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalarga tegishli, ularning investitsiyalari sifatida qo‘shiladigan ixtirolarni
patentlash va sanoat namunalarini joriy etish O‘zbekiston
Respublikasi qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish
o‘tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog‘liq.
Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o‘tgan yillarda investitsiyalarning o‘sishi
jadallashdi (
2.5.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: