K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Investitsiya siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari



Download 0,75 Mb.
bet8/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Investitsiya siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari


Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o‘zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo‘nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog‘liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o‘tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi hamda hayotga tatbiq qilinmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning turli soha hamda tarmoqlarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu makroiqtisodiy barqarorlik, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari va aholi turmush darajasining oshishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bunday ijobiy o‘zgarishlarda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Davlat investitsiya dasturini amalga oshirishda O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi. Bu yo‘lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag‘batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O‘zbekiston davlati o‘z investitsiya siyosatini olib bormoqda.
Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, markazlashgan investitsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o‘tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig‘indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko‘proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora- tadbirlar majmuyi. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy- texnika taraqqiyotini investitsiya yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Davlat investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo‘lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarga amal qilinmoqda:

  1. eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;

  2. mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash;

  3. to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;

  4. ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta’minlash;

  5. mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash hamda uni kuchaytirish;

  6. samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sohasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg‘unlashtirish;

  7. iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;

  8. aholining ish bilan bandligini hamda iqtisodiy faolligini oshirish;

  9. hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to‘liq shakllantirish.

Davlat investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy subyektlar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy
investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitining juda qulayligi, xorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishida asos bo‘lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona ta’riflari bo‘yicha imtiyozlar berish orqali shart-sharoitlar yaratilmoqda, o‘nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda.
Investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • investitsiyalar, ularning harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo‘yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilikning huquqiy bazasini takomillashtirish;

  • iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish;

  • investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

  • davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalarini yanada takomillashtirish.

Davlat investitsiya siyosatini joylarda, qishloqlarda amalga oshirish uchun gaz, suv, elektr, kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, davlat soliq imtiyozlari asosida kichik korxonalar tashkil etish zarur. Chunki shu yo‘l bilangina qishloq korxonalariga investitsiyalarni jalb etish mumkin.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish