K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi orqali investitsiya loyihalarni



Download 0,75 Mb.
bet54/105
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#786818
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Bog'liq
Adabiyot1 8fb0c

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi orqali investitsiya loyihalarni


moliyalashtirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi. Ya’ni, uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali yechim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog‘liq bo‘ladi:

  • investitsiyalarni faol jalb qilish;

  • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;

  • sanoatni rivojlantirish;

  • inflyatsiyani pasaytirish;

  • barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash.

Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi.

Investorlar







Davlat







Yuridik shaxslar







Jismoniy shaxslar







Xalqaro moliya tashkilotlari





Professional ishtirokchilar







Investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya fondi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, depozitariy,
hisob-kliring palatasi, transfer agent,
birjadan tashqari savdo tashkilotchisi







Market-meykerlar





Emitentlar









Davlat







Yuridik shaxslar







Fond birjalari







Xalqaro moliya tashkilotlari





Muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlar







Davlat mulki qo’mitasi Moliya vazirligi Markaziy bank







Professional ishtirokchilar uyushmasi




6.3.1-chizma. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining tarkibi23


Yuqoridagi 6.3.1-chizmada QQB ishtirokchilari alohida guruhlarga bo‘lib tavsiflangan. Ushbu guruhdagi barcha ishtirokchilar QQB bilan uzviy bog‘liqlikda faoliyat ko‘rsatadi va QQBning yaxlit infratuzilmasini ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchilar, emitentlar, professional ishtirokchilar hamda investorlar.
Moliyaviy globallashuv sharoitida rivojlanayotgan dunyoning barcha mamlakatlari uchun muhim muammo iqtisodiyotda o‘z milliy QQB rolini oshirish, bunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida investitsiyalar jalb qilishni ta’minlash hisoblanadi24.
Hozirgi kunda mamlakatimiz QQBning rivojlanishini tahlil qilish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti davlatning izchil makroiqtisodiy siyosati tufayli barqaror o‘sish tendensiyasiga ega. Ushbu tendensiya hosilasi sifatida QQBning





23 Mualliflar tominidan tuzilgan.
24Миркин Я.М. Национальный доклад “Риски финансового кризиса в России: факторы, сценарии и политика противодействия”. Финансовая академия при правительстве РФ, 2006.
savdo aylanmasi hajmi oz bo‘lishiga qaramay, uning miqdori o‘sish tendensiyasiga ega. Zero, savdo aylanmasidagi aksiyalar hajmi izchil o‘sib borayotganligiga qaramay, QQBning kapitalizatsiyasi YIMga nisbati, Jahon banki rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra o‘zgarmay qolmoqda. Tahlillar ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda QQBning milliy iqtisodiyotdagi roli hanuzgacha sezilarli bo‘layotgani yo‘q. Demak, milliy QQBning holati davlatning zamonaviy makroiqtisodiy siyosati asosida izchil amalga oshirilayotgan 2009- 2012-yillarda inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi, 2011-2015-yillarda moliya-bank tizimini rivojlantirish va 2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish dasturlari talablariga to‘liq javob bermayapti.
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, barqaror iqtisodiy o‘sishni katta miqyosdagi investitsiyalarni jalb qilmasdan turib, investitsion loyihalarni faqat korxonalar mablag‘lari hisobiga amalga oshirib bo‘lmaydi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, iqtisodiyotning real sektoriga QQB orqali uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar jalb qilish muhim masala hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotda moliyaviy investitsiyalar hamda milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining rolini oshirish dolzarb masala sanaladi.
Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, iqtisodiyotga moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion muhitni sog‘lomlashtrish qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali rivojlantirishda investitsiyalar hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Qimmatli qog‘ozlar investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhim o‘rinni egallaydi. Ular o‘zida mulkiy va nomulkiy munosabatlarni mujassamlashtirgan holda, iqtisodiyotda resurslarni tarmoqlar o‘rtasida taqsimlash, investitsiyalarni jalb etish, daromad olish imkoniyatini yaratadi.
Qimmatli qog‘ozlar moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning muhim vositalari hisoblanib, iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Ulushga egalik qilishni tasdiqlovchi vositalar aksiyadorlik kapitalini ko‘paytirish, samarali korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiyotda portfel investitsiyalar hajmining oshishi chet el investor- larining mablag‘larini investitsiya loyihalariga samarali jalb etish, bozorning integratsiyalashuvini ta’minlashga hizmat qiladi.
Korporativ qog‘ozlar bozorining rivojlantirish, aksiyalar va obligatsiyalar emissiyasini takomillashtirish, kompaniyalarning moliyaviy imkoniyatlarini
oshirish orqali iqtisodiyotga xususiy investitsiyalar jalb qilinish hajmini oshirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatini yaratib beradi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda aksiyadorlik kapitalidan foydalanish, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emission va investitsion faoliyatni va aksiyadorlik kapitali tarkibini kengaytirish investitsion faoliyatini rivojlantirish, yirik sanaot korxonalari, tijorat banklarini xususiylashtirish, emission faoliyatni va muomalaga chiqaradigan qimmatli qog‘ozlarni rivojlantirish moliyaviy investitsiyalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda bank sektori faoliyatini, jumladan, bank qimmatli qog‘ozlar turlarini kengaytirish fond bozorini rivojlantirishda va iqtisodiyotining real sektoriga qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy investitsiyalar hajmini oshirish qimmatli qog‘ozlar bozori muhitining yaxshilanish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

    1. Download 0,75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish