282
ko‗payib, 12 barmoqli ichakka va o‗t pufagiga o‗tadi.
Ichak
shikastlanganda 12 barmoqli ichakda surunkali kasalliklar, enterokolit
ro‗y beradi, jigarda jarohatlanish, xolesistit kelib chiqadi. Bemorda ich
ketish, ko‗ngil aynish, me‘da shirasining
ortishi yoki kamayishi, ozish,
allergik reaksiyalar, gepatit kuzatiladi. Lyamblioz ko‗proq 1-4
yoshlardagi bolalarda ko‗p uchraydi.
Immunitet.
Yaxshi o‗rganilmagan.
Laboratoriya diagnoztikasi.
Bemor najasi, ichagidan olingan
materiallar mikroskopda tekshirib aniqlanadi.
10.Sarkodolilar
Sarkodolilar- soxta harakat a‘zolari yoki sitoplazmatik o‗simtalar
yordamida harakat qiluvchi organizmlardir. Ular odamlarga nisbatan
Entamoeba histolytica
patogen hisoblanadi.
Dizenteriya amyobasi qo„zg„atuvchisi
Amyobiaz- yo‗g‗on ichakning yarali yallig‗lanishi va nekroz bilan
kechadigan parazitar kasallikdir. Protozoylarning
sarkadolilar sinfi,
oilasi
Entamoedae,
tur Entomoeba.
Qo‗zg‗atuvchining hayot sikli 2
stadiyadan iborat: vegetative va sista. Vegetativ stadiyasi 2 formada
bo‗ladi (37-rasm). To‗qima formasi invasion hisoblanib, bu formasi
bemorlarning najasida aniqlanadi. Qo‗zg‗atuvchi yo‗g‗on ichakning
devoriga o‗tib yaralarni keltirib chiqaradi (38-rasm).
Odam organizmiga kirgan amyoba, hamma vaqt kasallik belgilarini
yuzaga keltirmaydi, ular kasallik tashuvchi hisoblanib, sog‗lom kishilar
uchun xavfli hisoblanadi. Amyobaning sistalari uzoq vaqt bemor najasi
bilan tashqariga chiqib turadi.
Yuvuqsiz qo‗l, uy-ro‗zg‗or
buyumlari, pashsha orqali suv, meva,
sabzavot va ovqatga o‗tishi mumkin. Inkubatsion davr 1 hafta, ba‘zida
oylab bo‗ladi. Qo‗zg‗atuvchi proteolitik ferment chiqaradi, sitologik
xususiyatli toksik moddalar ishlab chiqaradi. Bu moddalar amyobaning
to‗qimaga o‗tishida ahamiyatga ega.
Rezistentligi.
Vegetativ
formalari tashqi
muhit
omillariga
chidamsiz, tezda halok bo‗ladi. Sista tashqi muhitga yuqori chidamli.
Najasda, suvda 20
0
C da 1 oy, tuproqda 10 kun saqlanadi. Oziq-ovqat
mahsulotlari, meva-sabzavotlarda bir necha kun saqlanadi. Quritish,
isitish, tik quyosh nuriga sistalar chidamsiz. Klinikasida sistalar yo‗g‗on
tushib eriydi, ko‗payib ichak devoriga o‗tadi va yara hosil qiladi. Qon
oqimi bilan jigar, o‗pka, bosh miyaga borishi mumkin. Kasallik o‗tkir
283
boshlanib, ichak sohasida og‗riqlar, tez-tez suyuq najas,
keyinchalik
yiring, o‗lgan ichak shilliq qavati qismlari bilan aralash holda
bo‗ladi,rangi to‗q qizil tusda bo‗ladi. Kasallik davolanmasa xronik
formaga o‗tadi va turli asoratlar (ichak tshilishi, jigar va miya absessi
yuzaga kelishi mumkin).
Immunitet.
Turg‗un bo‗lmagan.
Laboratoriya diagnoztikasi.
Olingan
material najasdan surtma
tayyorlab, temirli gematoksilin, metilen ko‗ki, safronin, eosin bilan
bo‗yab ko‗riladi.
Amyobali
dizenteriya
issiq
iqlimlim
mamlakatlarda
kuzatiladi,sistalar bilan ifloslangan suv, iflos qo‗llar orqali yuqadi.
Tashuvchilar – pashshalar.
Davolashda ximioterapevtik preparatlar.
37-rasm. Amyobioz. I – II raqamlarda Entamoba histolytica ko„rsatilgan.
1 – 2 – to„qima formasi; 3 – 4 – oraliq formasi Entamoba histolytica
kulturada ko„paytirilgandagi ko„rinish; 6 – 11 – tuxumlari; 12 – 13 – (forma
minuta): Entamoebatenins; 14 – 16 – Entamoeba coli; 15 – 16 – tuxumlari.