43
(asosli yoki kislotali) bo‗yoqlar ishlatiladi. Agar bo‗yoq ioni (xromafor)-
kation bo‗lsa, bo‗yoq asosiy xususiyatlariga ega bo‗ladi,
agar xromafor
anion bo‗lsa, unda bo‗yoq moddasi kislotali bo‗ladi. Eritrozin, nordon
fuksin, eozin kislotali bo‗yoqlar sirasiga kiradi. Gentsian binafshasi,
kristall binafshasi, metilen ko‗ki, asosli fuksin – asosiy bo‗yoqlar
hisoblanadi. Odatda, mikroorganizmlarni bo‗yashda
hujayralardagi
kislotali komponentlar bilan intensiv bog‗lanish hususiyatiga ega bo‗l-
gan asosiy bo‗yoqlardan foydalaniladi. Kukun tarzida sotiladigan quruq
bo‗yoqlardan to‗yingan spirtli eritma, undan esa mikrob hujayralarini
bo‗yashda ishlatiladigan suvli – spirtli tayyorlanadi. Mikroorganizmlarni
bo‗yash uchun tanlangan bo‗yoq, surtma ustiga ma‘lum
vaqt quyib
qo‗yiladi. Asosli fuksin bilan bo‗yash jarayoni 2 minut, metilen ko‗ki
bilan esa 5-7 minut davom etadi. So‗ng surtma suv oqimi rangsiz
bo‗lmagungacha yaxshilab yuviladi va filtr qog‗oz bilan asta-sekin bosib
quritiladi-da, immersiya sistemasi bo‗yicha mikroskopda tekshirib
ko‗riladi. Agar surtma to‗g‗ri bo‗yalgan va yuvilgan bo‗lsa, ko‗rish
doirasi
tip-tiniq, hujayralar esa intensiv bo‗yalgan bo‗ladi.
4-Labaratoriya ishi
Surtmalarni Gram metodi bo„yicha bo„yash
Gramm usulida bo‗yashda rangni qabul qilishga qarab mikroor-
ganizmlar 2 guruhga bo‗linadi:
Gram manfiy ( - );
Gram musbat ( + ).
Gram musbat bo‗yaluvchi baktеriyalar dеvorida RNK tuzi, mavjuddir.
U yod, gеntsianli mеtilla, bo‗yovchilar
bilan mustahkam komplеks
birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar spirt ta‘siriga chidamli bo‗ladi.
Gram manfiy bo‗yaluvchi baktеriyalar tarkibida RNK tuzi yo‗q
shuning uchun ular komplеks birikmalar hosil qilmaydi va o‗zida rangni
ushlab qolmaydi. Ular Pfеyfеr fuksini bilan qizil rangga bo‗yaladi.
I. Fiksatsiya qilingan surtma preparat ustiga Gentsian-fioletli
qog‗oz qo‗yiladi. Bir necha tomchi suv tomizilib 3–5 min qo‗yiladi.
II. Qisqich yordamida qog‗oz olinadi. Preparat yuvilmaydi,
ranglovchi eritma quyiladi va yod lyugoli tomiziladi. Qorayguncha 1
min ushlab turiladi.
III. Lyugol eritmasi to‗kiladi
va suv bilan yuvmay turib, 96
0
li
spirtdan 5-6 tomchi tomizilib, 20-30
sek qo‗yiladi.
44
IV. Spirtni yo‗qotish uchun suv bilan yuvib tashlanadi.
V. Pfeyfer fuksindan tomizilib, 1-2 minut ushlab turiladi. So‗ngra
suv bilan yuvilib quritiladi.
Mikroskop ostida qaraladi
Gram musbat binafsha rangga, gram manfiy qizil rangga bo‗yaladi
(18-rasm).
18-rasm Gram usulida bo„yash tehnikasi
Do'stlaringiz bilan baham: