7.Sanitar-bakteriologik nazoratning ahamiyati
Dorixona jihozlari, stol va stullar, idishlar, xodimlarning qo‗llari,
sochiq va xalatlarning mikroblar bilan zararlanish darajasini tekshirib
ko‗rish uchun tampon va yuvish usullardan foydalaniladi. Birinchi usul
bo‗yicha tekshirilganda, paxta tamponlari sterilizatsiya qilib 0.1%li
peptonli suv yoki natriy xloridning izotonik eritmasidan 2ml solingan
probirkaga tiqiladi. Tampon probirka ichidagi eritmaga tegmay turishi,
168
uni bevosita namuna olishdan avval namlash kerak. Katta yuzalarni
(stol) tekshirish uchun proba olishda sim yoki oq tunuka andozalardan
foydalaniladi. Sim yoki oq tunukani sterillab, stol ustiga qo‗yiladi,
namlangan tampon yoki sochiqcha bilan andoza bilan ajratib qo‗yilgan
100 sm
2
yuza namlangan tampon yoki sochiqcha bilan artiladi. So‗ngra
tamponni probirkaga solib, ustiga yuqoridagi aytilgan eritmadan yana
8ml qo‗shiladi va yaxshilab chayqatiladi, tampon eritmani o‗ziga shimib
olgach, uni siqish kerak. Tampon yuvilgan eritmadan 1ml ni GPA
solingan petri kosachasiga ekib tekshirilayotgan buyumning mikroblar
bilan zararlanish darajasi aniqlanadi. Ekma suvning mikrob sonini
aniqlashda ko‗rsatilgan tartibda olinadi. 37
0
Cda issiqlikda bir sutka
davomida o‗stirilgandan keyin, paydo bo‗lgan mikroorganizmlar
koloniyalari hisoblab chiqiladi va muayyan obyektning mikroblar bilan
zararlanish darajasi belgilanadi. Achitqi va zamburug`larni aniqlash
uchun ekmalar Saburo muhiti yoki suslo-agarga ekilish kerak. Dorixona
xodimlarning qo‗llarini tekshirish uchun steril tampon bilan qo‗l
panjalari, kaft va qo‗l orqasi yaxshilab artiladi va ko‗rsatilgan tartibda
yuviladi. Bunda mikroorganizmlar bilan zararlanishning umumiy
darajasi emas, balki qo‗lning qanchalik fekaliy bilan zararlanish darajasi,
dori-darmonlar va dorivor moddalar bilan ishlash ruxsat etiladigan
tozalik darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois qo‗l artilgan
tampon probirkaga solinadi, undan olingan namuna Kessler yoki Bulira
muhitdan 5ml solingan Petri kosachasiga qo‗yiladi va 43
0
Cda
issiqlikdagi termostatga joylashtiriladi. Bir kundan so‗ng kosachada
mikroorganizmlar o‗sishi kuzatilsa, ekmadan ozginasini Endoning
diffirensial-diagnostik muhitga ko‗chirib o‗tkazish kerak. Agar qoramtir-
qizil koloniyalar hosil bo‗lsa, undan surtma tayyorlab, mikroskopiya
qilinadi va oksidaz sinama qo‗yiladi. Bu tajribalar asosida ichakning
tayoqchasimon bakteriyalari borligi to‗g`risida xulosa chiqarish
mumkin. Oltinsimon stafilokokklarni aniqlash uchun tampon yuvindisini
tuxum sarig`idan qilingan tuzli agar solingan petri kosachasiga ilmoq
yordamida shtrixlash usuli bo‗yicha ekish kerak. Bunday muhitda o‗sib
chiqqan koloniyalar tarkibidagi oltinsimon stafilokokklarning xusu-
siyatlarini baholash tartib bo‗yicha olib boriladi.
Dorixona idishlarining mikroblar bilan zararlanish darajasini
aniqlash uchun quyidagi usuldan foydalaniladi: kichkina dori idish yoki
flakonchaga natriy xloridning izotonik eritmasidan 10ml solib, yaxshilab
chayqatiladi va idishning ichki qismi chayib chiqiladi. Keyin ana shu
169
yuvilgan idish ichidagi eritmadan 1ml probani olib, GPA yoki suslo-agar
solingan Petri kosachasiga yuqorida ko‗rsatilgan usul bo‗yicha ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |