92
biriktirish vositasida hosil qilish mumkin: biologik yo‗l
bilan Fortner
usuli yordamida, ya‘ni kislorodsiz sharoitni aerob va anaerob bakte-
riyalarni birga germetik yopiq Petri kosachasida ekilganda hosil qiladi.
Birinchi kun:
Bakteriyalardan toza kultura olish uchun tekshiri-
luvchi Qizitish usuli- spora
hosil qiluvchi basillalarni, sporasizlardan
ajratib olish.
Material Kitt.
Tarosi muhitli probirkaga ekiladi. Muhit ekishdan
oldin suv hammomida 10-20 min davomida (havoni kislorod aralash-
masida
ajratish uchun qizdiriladi, so‗ng termostatda 37
0
C da o‗stiriladi).
Ikkinchi kun:
Ekilma kuzatiladi, surtma tayyorlab Gramm usulida
bo‗yaladi. Musbat bo‗lsa, muhitda loyqalanish, gaz pufakchalari va surtmada
yirik sporali Grammusbat tayoqchalar kuzatiladi. Toza kultura ajratish uchun
Kitta-Taposi muhitidan material olib, ilmoqchada birinchi Petri kosachasiga
– qonli agarga ekiladi va muhitning yuqori qismida shpatel bilan
taqsimlanadi. Huddi shu shpatel bilan material muhitga ikkinchi va uchunchi
kosachaga alohida kolloniya hosil qilish uchun suriladi.
Uchunchi kun:
Chashkada o‗stirilgan
kolloniya lupa yordamida
o‗rganiladi va hosil bo‗lgan kolloniyani probirkaga solib, termostatga
solinadi. Aniqlanuvchi bakterialarning morfologik,
kultural va bir
biokimyoviy xususiyatlari o‗rganiladi. Kitta-Taposi muhiti aneroblarni
kulturalashda universal muhit hisoblanadi. U qonli bulon, hayvon
to‗qima bo‗lagidan iborat. Anaerob sharoit
hosil qilish uchun muhit
ustiga sterillangan o‗simlik moyi quyiladi.
a)
Havoni haydash- kislorodni muhitdan mexanik yo‗l bilan
haydash. Buning uchun mahsus asboblar(anaerostatlar) yordamida havo
haydab chiqariladi.
b)
Havo kislorodidan mexanik himoyalanish. Buning uchun Vinyal-
Veyon usuli qulay 30 sm uzunlikdagi, 3-6 mm kenglikdagi shisha
naychaning bir
tomoni kapillyarga solinadi, boshqa tamoni esa paxtali
probirkaga quyiladi va tekshirilayotgan material ilitilgan agarga ekiladi.
So‗ng aralashtirilib, sterillangan naychaga solinadi. Aralashma
kapillyarga quyiladi va naycha termostatga qo‗yiladi.
d) Biologik usul- aerob va anaerob kulturalarni
bir yerga ekish
(Fortner usuli). 2 ga bo‗lingan Petri kosachasiga qalin qatlam qonli
agarga ekiladi. Sterillangan skalpel bilan chashka o‗rtasidan bo‗linadi.
Agarning birinchi yarmiga aerob, ikkinchi yarmiga anaerob
qulturasi ekiladi. Chashka parafin bilan to‗ldiriladi
va termostatga
qo‗yiladi. Avval kislorodga to‗yingan aeroblar o‗sib chiqadi, so‗ng
anaeroblar o‗sib chiqadi.