K o m m u t a t s I ya t I z I m L a r I



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/104
Sana24.03.2022
Hajmi2,94 Mb.
#507544
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104
Bog'liq
61a1f6fa6979f2.26530445

Integratsiyalash 
tamoyili 
ko‘pgina 
servislar, 
protokollar, 
texnologiyalarning yagona tizimida foydalanish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bunga Web - servislar yoki paketli telefoniya tizimini 
ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga qo‘yilishini misol qilish mumkin. 
Boshqarilish tamoyili 
avtomatik boshqarish elementlari bo‘lgan 
tizimdan, qurilmani boshqarishdan tashqari servislarni boshqarishni o‘z 
ichiga olgan to‘liq avtomatik boshqarishga o‘tishni bildiradi. Ushbu 
tamoyilga muvofiq barcha o‘rnatish va sozlash, yuklamani balansirovka 
qilish, rad etishning barqarorligini ta’minlash va tiklash avtomatik tarzda 
bajarilishi kerak. 
Quyi tizimni balanslanganlik tamoyili 
barcha quyi tizimlarga 
moslashish tamoyillarini qo‘llash zarurligi nazarda tutiladi. 
Keyingi 
tarmoqning 
shakllangan 
tamoyillari 
infratuzilmaviy 
qarorlarni loyihalashda yangi yondoshuvni, xususan kommutatsiya 


219 
(tarmoq) va boshqarish vositalari kabi komponentlarini ifodalaydi. Ushbu 
tamoyillarni tarmoq va telekommunikatsiya uskunasini etakchi ishlab 
chiqaruvchilari 
tomonidan 
amalga 
oshirish 
yangi 
avlod 
aloqa 
tarmoqlarining 
konsepsiyasida 
(Next 
Generation 
Networks/New 
Generation Networks, NGN) o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga ishlab 
chiqaruvchilarning turli ochiq nashrlari va texnik materiallaridagi 
nomlarida, shu ma’noni ifodalaydigan boshqa atamalarni ko‘rish mumkin: 
adaptiv tarmoq (Adaptive Networks,), intellektual tarmoq (Intelligent 
Networks,) va shu kabi. NGN atamasi aloqa operatorlarining tarmoqlariga 
nisbatan qo‘llaniladi, NGN konsepsiyasining asosiy g‘oyasi adaptivligi 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tarmoq ishlab chiqaruvchilari biznesning 
zamonaviy talablariga muvofiqligi nuqtai nazarida axborot texnologiyasini 
rivojlantirishda sifatli sakrash kabi ko‘rib chiqib, ushbu g‘oyani 
quvvatlaydi va targ‘ibot qiladi. 
NGN tarmog‘i «texnologik majburiyati» nuqtai nazarida nimadan 
iborat? Keyingi avlod tarmog‘i aloqa operatorining an’anaviy tarmog‘idan 
keskin farq qiladi, asosiy vazifasi aloqa kanallarini sotishdan iborat. Yangi 
avlod aloqa operatori xizmatlarining ro‘yxatiga intellektual servisni (VolP, 
ilovalar ijarasi, xosting va boshqalar) taqdim etish kiradi. NGN 
tarmog‘ining o‘ziga xos xususyatlariga quyidagilar kiradi: 
- mijoz (foydalanuvchi) va server qismining mavjudligi, shuningdek 
barcha resurslar, jumladan mijoz resurlarini boshqarish; 
- multiservis transport muhitini talab etadigan multimedia 
xizmatlarini quvvatlash; 
- turli protokollar va ko‘p bog‘lanishli o‘zaro ishlashni quvvatlash 
(hozirda keng tarqalgan «nuqta - nuqta» o‘zaro ishlashdan farqli ravishda); 
- murakkab ko‘p darajali adreslashdan foydalanish imkoniyati; 
- xizmatlarning mobilligi va sifat kafolatiga qo‘yiladigan talablarning 
bajarilishi. 
Yangi avlod tarmog‘ining tarmoqli arxitektura ierarxiyasi transport 
daraja, axborotni kommutatsiya qilish va uzatishni boshqarish darajasi va 
xizmatlarni boshqarish darajasiga bo‘lish nazarda tutiladi. Qayta sozlash 
istalgan yuqori turuvchi darajadan quyi turuvchi daraja hech qanday 
moslashishni talab etmagan qaror optimal bo‘ladi, ushbu xususiyat 
tizimning 
moslashishi 
va 
universialligini 
kafolatlaydi 
va 
shu 
infratuzilmaga ega bo‘lgan kompaniyaning real kafolatli afzalligini beradi. 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish