6.8. C&C08 tizimida chaqiruvga xizmat ko‘rsatish
C&CO8 tizimining chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi OS
operatsion tizim asosida amaliy quyi tizimdan va ma’lumotlarni
boshqarish quyitizimi DBMS dan iborat. U UfTT xizmatlarini,
ma’lumotlar uzatish xizmatlarini, ISDN xizmatlarini va IN xizmatlarini
berish uchun bog‘lanishlarga ishlov berishga javob beradi. Chaqiruvlarga
xizmat ko‘rsatish quyitizimi ITU - T va ETSI turli spetsifikatsiyasiga mos
keluvchi integratsiyalangan tizimi hisoblanadi.
205
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi uch turdagi funksional
modullardan iborat:
-
chaqiruvlarni boshqarish funksional moduli CCB;
-
resurslarni boshqarish funksional moduli RMM, ular DTMF
qurilmalarini stansiyalararo aloqaning qabul qiluvchi va uzatuvchi
qurilmalarini va tarmoqni boshqarish uchun ishlatiladi;
-
signalizatsiyaga ishlov berish funksional moduli SPM ajratilgan kanal
bo‘yicha va UKS signalizatsiyasiga ishlov berishni boshqarish uchun
xizmat qiladi
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi OS va DBMS bilan
xabarlarni uzatish rejimida o‘zaro hamkorlik qiladi. Ma’lumotlar bazasiga
murojaat esa, asinxron rejimida bajariladi.
6.8.1. UfTT chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatish
C&C08 chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi chegarasida mos
SPM modullariga bir xil xizmat ko‘rsatiladi. SPM va CCB orasidagi
signalizatsiya C&C08 ichki stansiya signalizatsiya mualojalariga mos
ravishda koordinatsiya qilinadi.
Har bir chaqiruvga xizmat ko‘rsatishda odatda, bitta SPM manbasi,
bitta belgilangan SPM va bitta CCB ishtirok etadi. SPM asosan,
protokollarni moslashtirishga javob beradi. Ular sifatida NNI “tarmoq -
tarmoq” interfeysi va UNI “foydalanuvchi - tarmoq” interfeysi protokollari
ishlatilishi mumkin.
CCB, asosan nomerlarning tahlilini bajaradi, C&C08 ichki stansiya
protokollarini boshqaradi, ulanayotgan kanalni aniqlaydi, tarifikatsiyaga
ishlov beradi va h.k.
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyidagi jarayonlardan iborat:
chaqiruvni yaratish jarayoni, nomerlarni qabul qilish jarayoni, ulashni
o‘rnatish jarayoni, javob signalini qabul qilish jarayoni, so‘zlashuv va
uzish jarayoni. Chaqiruvni bir jarayondan boshqasiga o‘tkazish,
chaqiruvlarni boshqarish markazi holatini o‘zgartirish bilan aks ettiriladi.
Chaqiruvni yaratish jarayoni SPM moduli manbasidan chaqiruvni va CCB
dan bog‘lanishni o‘rnatishga so‘rov signalini olishi bilan boshlanadi.
Nomerni qabul qilish jarayonsida boshqarish CCB ga o‘tadi. Bog‘lanishni
o‘rnatish va javob signalini qabul qilish jarayonlarida, to bog‘lanish
o‘rnatilmagunicha va chaqiruv so‘zlashuv jarayonsiga o‘tmagunicha,
chaqiruvni boshqarishni SPM moduli bajaradi. Uzish jarayonsida
so‘zlashuv trakti va boshqa resurslar bo‘shatiladi.
206
Misol tariqasida ichki stantsiya aloqasini ko‘ramiz.
I. Chaqiruvni yaratish jarayoni.
ASL komplekti abonent mikrotelefon go‘shagini ko‘targanini
aniqlasa, abonent portlari protsessori (ASL platasidagi SRU), bu hodisa
haqida abonent guruhlari aloqa protsessori (NOD platasidagi CPU), orqali
MRU ga xabar qiladi (6.30- rasm).
Setup hodisa haqida xabarni olib, MRU abonent tomoni ma’lumotlar
bazasidan abonent haqida axborotni qidiradi. Agar chaqiruvga xizmat
ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, CCB ni band holatiga keltiriladi. Abonent
tomon chaqiruv hosil qilgan holatga o‘tkaziladi va tarmoq tomoniga Setup
xabar jo‘natiladi. Agar, abonentda tastaturali TA o‘rnatilgan bo‘lsa, DTMF
qabul qilgich belgilanishi kerak. Bu qabul qilgich abonent ishlatgan vaqt
intervalida, u tergan nomerni aniqlashga sozlangan bo‘lishi kerak.
MRU port protsessorni ulash o‘rnatishga so‘rovga javob olgani haqida
xabar qiladi va unga chaqirayotgan abonentga xabar qiluvchi tonal
signalini uzatish kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, “stansiya tayyor” signalni
yoki “maxsus stansiya tayyor” signalini.
1 - mikrotelefon go‘shagini ko‘targani haqidagi xabar
2 - abonent ma’lumotlarini so‘rov
3 - DTMF qabul qilgichni ulash
4 - CCB ni so‘rov
5 - Setup axboroti
6 - SetupAck axboroti
7- - “Stansiya tayyor” signalini uzatish
6.30- rasm. Chaqiruvni yaratish jarayoni
DTMF
ASL
DBMS
CCB
SPM_ASL
1
3
2
6
5
4
SM
MPU
7
207
II. Nomerlarni qabul qilish jarayoni..
Abonent bu signalni eshitib raqam teradi. Qabul qilgich nomerni
birinchi raqamni qabul qilganidan so‘ng, “stansiya tayyor” signalini uzadi
va chaqiruvni berkitish bilan uzatish jarayoniga o‘tadi.
MRU belgilangan raqamlar sonini qabul qilingandan keyin, bu
axborotga ishlov beradi, DBMS, CCB ga murojaat qilib, nomer prefiksini
tahlil qiladi. Shunga asosan, chaqiruvni ichki stansiya aloqa deb
klassifikatsiyalaydi va nomer uzunligini aniqlaydi.
Qabul qilgich raqamlarni yetarli sonini qabul qilgandan keyin
bo‘shatiladi va chaqiruv ulash o‘rnatish jarayoniga o‘tadi.
III. Ulashni o‘rnatish jarayoni.
CCB ma’lumotlar bazasidan chaqirilayotgan abonent haqida axborotni
qidirishni amalga oshiradi va chaqirilayotgan tomonga band etish
axborotini uzatadi.
Chaqirilayotgan tomonda chaqirilayotgan abonent qurilmalar holatini
aniqlanadi, agar bo‘sh bo‘lsa, u xabardor qilinadi va kirish chaqiruvini
qabul qilish holatida turganligi belgilanadi. Bir vaqtda CCB moduliga
chaqirilayotgan abonenti chaqiriq signali bilan xabardor qilinayotgani
haqida xabar beriladi.
CCB chaqiriq signali berilganiyotganiga ishonch hosil qilsa, u
chaqirayotgan abonentga chaqiriqni nazorat signalini uzatadi. Ulash javob
signalini qabul qilish jarayonsiga o‘tadi.
IV. Javob signalini qabul qilish jarayoni.
6.31- rasmda ichki stantsiya aloqasi uchun javob signalini qabul qilish
jarayonini blok sxemasi ko‘rsatilgan.
Chaqirilayotgan abonent chaqiriqqa javob berganida ASL komplekti
chaqiriq signalini uzadi va tarmoq tomon Connect xabarini uzatadi.
CCB chaqirayotgan abonentga chaqiriqning nazorat signalini uzatishni
to‘xtatadi va chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlar orasida nutq
traktini ulaydi. Chaqiruv so‘zlashuv jarayoniga o‘tadi.
V. So‘zlashuv va uzish jarayonlari.
6.32- rasmda ichki stansiya aloqasi uchun so‘zlashuv va uzish
jarayonlarining blok sxemasi ko‘rsatilgan.
208
1 - birinchi raqam
2 - “stansiya tayyor” signalini uzish
3 - nomerdagi keyingi raqamlar
4 - informatsion xabari
5 - prefiksning tahlili
6 - chiqaruvga ishlov berish (Call processing) xabari
7- - DTMF bo‘shatish
8 - Setup xabari
9 – chaqirilayotgan abonentga chaqiriq signalini uzatish
10 - xabardor qilish xabari (Alerting)
11 - Alerting xabari
12 - chaqiriq signalining nazoratini eshitish
6.31- rasm. Javob signalini qabul qilish jarayoni
DTMF
ASL
DBMS
CCB
SPM_ASL
1
3
2
6
10
8
Chaqirayotgan
abonent
SPM_ASL
12
ASL2
11
5
9
Chaqirilayotgan
abonent
7
4
209
1 - chaqirilayotgan abonentning go‘shak ko‘targanligi to‘g‘risidagi
xabar
2 - Connect xabari
3 - Connect xabari
4 - ConnectAck xabari
5 - so‘zlashv jarayoni
6 - ConnectAck xabari
7- go‘shak qo‘yilgan haqida xabar
8 - Disconnect xabari
9 - Release xabari
10 - Release xabari
11 - “band” signalini uzatish
12 - Release Complete xabari
13 - go‘shak qo‘yilgan haqida xabar
6.32- rasm. So‘zlashuv va uzish jarayonlari
ASL komplekti chaqirayotgan abonent tomonidan MT go‘shak
qo‘yganini aniqlaganida, CCB ga uzishga so‘rov uzatadi.
Agar CCB ulashni uzish mumkinligini tasdiqlasa, u chaqirayotgan va
chaqirila- yotgan abonentlar SPM modullariga chaqiruvni uzish
indikatsiya xabarini uzatadi.
Chaqirayotgan abonent SPM moduli uzish xabarini qabul qilganidan
keyin, u bo‘sh holatga o‘tadi.
Chaqirilayotgan abonent SPM moduli uzish xabarini qabul qilganidan
keyin, chaqirilayotgan abonentga “band” signalini uzatadi va bu tonal
signalini uzatish taymerini ishga tushiradi.
Chaqirayotgan
abonent
Chaqirilayotgan
abonent
ASL
CCB
SPM-ASL
6
3
5
8
9
7
SPM-ASL
12
4
ASL
11
1
13
2
10
210
Chaqirilayotgan abonent MT go‘shagini qo‘yganida, SPM bo‘sh
holatga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |