Bu tajribadan Mendelning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: bir juft bir-birini inkor
qiluvchi belgilari bilan farq qiluvchi organizmlar o‘zaro chatishtirilganda keyingi
avlodda belgilar fenotipi bo'yicha 3:1, genotipi bo'yicha 1:2:1 nisbatda ajraladi. Bu
qonun ajralish qonuni deb ataladi.
Shunday qilib geterozigotali organizmlarda faqat dominant belgilar yuzaga chiqadi. Allel
genlar bir-birlari bilan qo'shilib ketmaydilar. Bu hususiyatga asoslanib Mendel
"gametalar sofligi" gipotezasini yaratdi va keyinchalik bu gipoteza sitologik jihatdan
asoslandi va qonunga aylandi.
Allel genlar somatik hujayralarning diploid to‘plamidagi gomologik xromosomalarning
bir xil joylariga (lokuslariga) joylashadi. Demak, geterozigotali esa resessiv allel
joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |