21-Mavzu. Filogenezda a'zolar va sistemalar o‘zgarishlarining
umumiy qonuniyatlari. Ontogenez va filogenez orasidagi
bog‘lanishlar
Mavzuning mazmuni
A’zolar va sistemalar evolyutsion o‘zgarishlarining umumiy qonuniyatlarini
o‘rganish tibbiyotda a)rivojlanish anomaliyalari, rudimentlar, atavizmlar sabablarini
tushunishda; b)a'zolarni rekonstruksiyalashda optimal variantlarni topishda; v) odam
va hayvonot olami orasidagi bog’lanishlarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
Bu qonuniyatlarni evolyutsion morfologiya fani o‘rganadi. Bu fan
solishtirma anatomiya, solishtirma embriologiya va paleontologiya fanlari zaminida
19 asrda kelib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |