Bog'liq TIBBIY BIOLOGIYA VA IRSIYATDAN QO‘LLANMA K.N.Nishonboyev J.H.Xamidov. - Т
Test topshiriqlari. 1.Alohidalanishda ayrim genlar chastotasi ortib ketishi sababini toping: A. Gametogenezda xatoliklar. B. Autbriding nikohlar.
C. Mutatsiyalarning yuqori chastotasi. D.Musbat assortativ nikohlar.
E. Inbriding nikohlar.
2. Pomir tojiklari izolyatlari orasida nimaga ko‘k ko‘zli, ochrang sochlilar ko‘p? A.Ular Iskandar Zulqaynar avlodi degan afsona bor.
B. Baland toglarda bu belgilar adaptiv ahamiyatga ega.
C. Bu - genlar dreyfi natijasidir.
D. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida dominant genlar mutatsiyalangani uchun.
E. Bunday oilalar serfarzand bo‘lganligi uchun.
3. Populyatsiyalarda individlar soni o‘zgarishlariga nima sabab bo‘ladi? A. Mutatsion jarayonlar. B. Hayot to‘lqinlari. C. Alohidalanish.
D.Tabiiy tanlash. E. Sun'iy tanlash.
4. ABO qon sistemasi guruhlarining yuqumli kasalliklar bilan bog‘lanishiga to‘g ‘ri misolni toping: A. O qon guruhli shaxslarda sifilis ko‘proq uchraydi.
B. O qon guruhli shaxslar vabo bilan ogrimajjdilar.
C. O qon guruhli shaxslar o‘lat bilan ko‘proq kasallanadi.
D. A qon guruhli shaxslarda qora chechak kam uchraydi.
E. Bunday bog‘lanishlar kuzatilmaydi.
5.Odam populyatsiyalarida "avlod boshi effekti" A. Yangi populyatsiya bir nechta er-xotinlar juftidan boshlab rivojlanganda
kuzatiladi.
210
B. Autbridingda kuzatiladi. C. Kuzatilmaydi. D. Tanlash omili hisoblanadi.
E. Populyatsiyada geterozigotalikni oshiradi.
6. Genlar dreyfi: A. Tanlash ta'sirisiz populyatsiyalarda genlar chastotasining tasodify o‘zgarishlari.
B.Genetik o‘zgaruvchanlikni oshiradi.
C. Geterozigotalar sonini ko‘paytiradi. D. Gomozigotalar sonini kamaytiradi.
E. Populyatsiyaning fenotipik barqarorligini oshiradi.
7. Ona bilan pushtning ABO qon guruhlari mos kelmasligida tanlashning qaysi shakli ta'sir qiladi? A. Dizruptiv shakli. B. Xarakatlantiruvchi shakli. C. Gomozigotalarga qarshi.
D. Geterozigotalarga qarshi. E.Hamma javoblar bir-birini to‘ldiradi
8. Odamlar populyatsiyalarida tabiiy tanlash: A. Ijodiy omil hisoblanadi. B. Dizruptiv shaklda ta'sir qiladi.
C. Xarakatlantiruvchi shaklda ta'sir qiladi.
D. Stabillashtiruvchi shaklda ta'sir qiladi.
E. Ta'sir qilmaydi.
9. Qon guruhlari bo‘yicha polimorfizm: A. Yomon o‘sma bilan kasallanish xatarini oshiradi.
B. O‘sma kasalligiga moyillik qon guruhlariga bog‘liq emas.
C. Har xil qon guruhlari ma’lum kasalliklarga moyillik markeri hisoblanashi
mumkin.
D. Odamlar uchun xos emas.
E. Odamning hayvonlardan kelib chiqqanligining misoli bo‘lishi mumkin.
10.Kolonizatorlar Amerika aholisiga qarshi o‘lat bakteriyalari bilan zararlangan kiyimlar tarqatib biologik kurash olib borganligi sababini tushuntiring: A. Bu joylarda II qon guruhlari ko‘p uchraydi.
B. I qon guruhlilar o‘lat bilan tez kasallanadi.
C. O‘lat bakteriyasida II qon guruhiga antigen mimikriyasi kuzatiladi.
D. Amerika aborigenlari o‘latni davolashni bilishmagan.
E. Bu hodisaning qon guruhlari genetikasiga aloqasi yoq.