K. N. Nishonboyev. J. H. Xamidov



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/204
Sana31.12.2021
Hajmi3,37 Mb.
#278481
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   204
Bog'liq
TIBBIY BIOLOGIYA VA IRSIYATDAN QO‘LLANMA K.N.Nishonboyev J.H.Xamidov. - Т

Maydalanish natijasida hosil bo‘lgan hujayra blastomera deb ataladi. 
Maydalanish jarayoni otalangan tuxum hujayrasining turiga bog‘liq. Izoletsital tuxum 
hujayrasidan hosil bo‘lgan zigotada (lansetnik, sutemizuvchilar, odam) maydalanish 
to‘liq va notekis kechadi
 
Teloletsital tuxum hujayrasida sariqlik ko‘p bo‘lganligi sababli u to‘liq va 
to‘liqmas (tekis va notekis usullarda) bo‘linadi. Baliqlar va qushlarda to‘liq 
bo‘lmagan, qisman yoki diskoidal maydalanish kuzatiladi. 
 
Centroletsital tuxum huhayrasida (hashoratlar) maydalanish to‘liqmas va 
notekis bo‘ladi. Maydalanish blastula hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. 
Blastula sfera shaklida bo’lib, uning devorini bir qavat blastomeralar hosil 
qiladi va blastoderma deb ataladi. Blastula organizmning bir qavatli   bosqichidir. 
Blastula  hujayralari dastlab  faol bo‘lmasdan, keyinchalik ular funkcional va 
morfologik takomillashadilar. Ana shu jarayon blastuladagi hujayralardan homilaning 
har hil a'zolari shakllanishiga olib keladi. 
 
Embriogenezning keyingi bosqichi gastrula bo‘lib u homilaning ikki varaqli 
davridir. Bu davrda embrional hujayralar takomillashuvi hamda harakati jadallashadi 
va bu hol homila varaqalarining hosil bo'lishiga olib keladi. Izoletsital tuxum 
hujayrali organizmlarda gastruljatsiiya,  invaginaciya, delyaminatsiya va 
immigratsiya usulida, teloletsital tuxum hujayralilarda esa epiboliya usulida kechadi 
(35-rasm). Hayvonlarda ko‘pincha gastrulyatsiya aralash holda, ya’ni epiboliya, 
immigratsiya, invaginatsiya jarayonlarining birgalikda kechishi bilan bolib, bunda 
homilaning ekto - va entodermasi shakllanadi. Odamda gastrulyatsiya delyaminatsiya 
(blastomera trofoblast va embrioblast hujayralariga bo‘linadi) va immigratsiya (ayrim 
hujayralar blastoderma ichiga ko‘chib o‘tadi) bilan kechadi. Uchinchi  homila varag‘i 
mezoderma ekto - va entoderma orasida  hosil bo‘ladi. Mezoderma hayvonlarda ikki 
xil yo‘l bilan  hosil bo‘ladi - teloblastik va enterotsel
 
Odamda mezoderma birlamchi ichakdan yon o‘simtalar – cho‘ntakchalar 
(selomik qo‘pchiq)  hosil bo‘lishi hisobiga shakllanadi. Demak, odamda mezoderma 
enterotsel yo‘l bilan  hosil bo‘ladi. Selomik qopchiqlar birlamchi ichakdan ajralib, 
ekto- va entoderma orasiga o‘sib kiradi va mezodermaga aylanadi. Mezodermaning 
nerv nayi va horda yonidagi qismi (dorzal qismi) segmentlar - somitlarga ajraladi. 
Mezodermaning ventral qismi esa selomik bo‘shliqni o‘rab turuvchi visseral va 
parietal qorin pardasiga (splanhnotomlarga aylanadi. 
 
Gistogenez – to‘qimalar, organogenez – a'zolar shakllanishi jarayonlaridir. 
Ektodermadan nerv to‘qimasi, terining epidermis qavati va uning hosilalari 
rivojlanadi. Endoderma nafas sistemasi, hazm qilish sistemasi, siydik-tanosil 
sistemasini qoplovchi epiteliyni, jigar va me'da osti bezini hosil qiladi. 
 
 Mezodermadan  hosil bo‘lgan somitlar 5 qismga: 1)miotom (ko‘ndalang targil 
mushak to‘qimasi hosil qiluvchi), 2)sklerotom (togay, suyak va biriktiruvchi to‘qima 
hosil qiluvchi), 3)dermatom (teri biriktiruvchi to‘qimasini hosil qiluvchi), 4 
nefrogonotom  (siydik-tanosil a'zolarini hosil qiluvchi) va splanxnotom  (selom 
epiteliyasi, silliq mushak biriktiruvchi to‘qima hosil qiluvchi)larga bo‘linadi.


 
 114
 
Organogenez asosan embrional davr oxirida yakunlanadi. Lekin a’zolarning 
shakllanishi va takomillashuvi postnatal davrda ham davom etadi. 
 
Embriogenez bosqichida yana vaqtincha, ya'ni provizor a’zolar ham 
shakllanadi (13-jadval).  
 
Homila  har xil turdagi ontogenezlarda turli sharoitlarda rivojlanadi. Ana shu 
sharoitlarga moslashish uchun homilada vaqtincha faol bo'lgan a'zolar ham mavjud. 
 
Lichinkasiz turdagi ontogenezda (baliqlar, reptiliyalar, qushlar) sariqlik 
qopchasi provizor a'zo hisoblanib, u asosan birlamchi qon yaratuvchi a'zodir. Sariqlik 
qopchasi hazm, ayirish, birlamchi jinsiy hujayralarni hosil qilishda ham qatnashadi. 
Sutemizuvchilar va odamda sariqlik qopchasi redukciyaga uchrab, yo‘ldosh tarkibiga 
kiradi. 
 Butunlay 
quruqlikka 
moslashgan hayvonlarda maxsus qobiq - amnion hosil 
bo‘ladi. Bu suv hosil qiluvchi, homilani qurib qolishdan saqlovchi provizor a'zodir. 
Amnion mavjud bo‘lgan hayvonlar guruhi - amniotlar, bunday qobiq tutmaganlar - 
anamniylar deb ataladi. 
Reptiliyalar va qushlarda provizor a'zolardan allantois (ayirish  va gaz 
almashinuvi a'zosi) va seroz qobiq (nafas olish   a'zosi) rivojlanadi. 
Sutemizuvchildar va odamlar tuxum hujayrasida sariqlik miqdori kam 
bo‘lganligi sababli provizor a’zolarda o‘ziga xoslik kuzatiladi: sariqlik qopchasi va 
allantois embriogenezning dastlabki davrlarida rivojlanib, keyinchalik o‘z 
ahamiyatini yo‘qotadi. Ularning qoldiqlari kindik tizimchasiga qo‘shilib ketadi. 
Homilaning tashqi qobig’i vazifasini horion yoki o'simtali qobiq bajaradi. Horion   
bachadon   devoriga    o'sib   kiradi  va  yo’ldoshga aylanadi. Yo'ldosh  ham  provizor 
a'zo hisoblanib, u trofik, ekskretor, nafas olish, bar'er (himoya qilish) vazifalarini 
o‘taydi. Yo‘ldoshda horion gonadotropin, progesteron, somatotropin, mammatropin 
gormonlari sintezlanadi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish