K. N. Nishonboyev. J. H. Xamidov



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/204
Sana31.12.2021
Hajmi3,37 Mb.
#278481
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   204
Bog'liq
TIBBIY BIOLOGIYA VA IRSIYATDAN QO‘LLANMA K.N.Nishonboyev J.H.Xamidov. - Т

 
 
9-Mavzu.  Modifikatsion o‘zgaruvchanlik va uni statistik 
 usulda o‘rganish 
  


 
 60
Mavzuning mazmuni     
Organizmlar belgilarining rivojlanish sharoitlari yoki tashqi muhit ta‘sirida 
o‘zgarishi 
modifikatsion yoki fenotipik o‘zgaruvchanlik deyiladi. 
O'zgaruvchanlikning bu xilida faqat fenotipda o‘zgarish kuzatiladi. Genotip 
o‘zgarmaganligi uchun modifikatsion o‘zgaruvchanlik nasldan-naslga berilmaydi. 
Bitta genotipning tashqi muhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga chiqara olish 
chegarasi - reaktsiya  normasi deyiladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning 
evolyutsion ahamiyati shundan iboratki, u organizmlarga o‘z ontogenezida tashqi 
muhit omillariga moslashish imkoniyatini yaratadi. Reaktsiya normasi keng bo‘lgan 
organizmlar tabiiy tanlashda qulaylikka ega bo'ladi. Organizmlarning bo’yi, massasi, 
pigmentatsiyasi va shunga o‘hshash ko'plab belgilar modifikatsion o‘zgaruvchanlikka 
moyildir. Modifikatsiyalarning kelib chiqishi organizmda biokimiyoviy va 
fermentativ reaksiyalarning u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bog‘liqdir. 
 Modifikatsion 
o‘zgaruvchanlikning o‘ziga xos ko'rinishi uzoq davom etuvchi 
modifikatsiyalardir. Bu modifikatsiyalar uni yuzaga chiqargan omillar ta‘siri 
tugagandan keyin ham bir necha avlod davomida kuzatilib, asta-sekin yuqoladi. 
Buning sababi sitoplazmatik irsiyatga bog’liq deb hisoblanadi. 
 Modifikatsion 
o‘zgaruvchanlikning 
bir 
ko‘rinishi bo‘lmish fenokopiyalar ham 
alohida ahamiyatga egadir. Fenokopiyalar - muhit omillari ta‘sirida kelib chiqadigan 
malum genotipik o‘zgaruvchanlikka o‘xshash modifikatsiyalardir. Masalan, talidomid 
preparati chaqaloqning fekomeliya (qo‘llarning kaltaligi) bilan tug‘ilishiga olib 
kelishi mumkin. Xuddi shunday o‘zgarishni mutant allellar  ham yuzaga chiqarishi 
mumkin. Fenokopiyalarning mavjudligi kasallikning diagnozini aniqlashda ancha 
qiyinchiliklarga sababchi bo’lishini vrach yaxshi tushunishi shart. 
 Modifikatsion 
o‘zgaruvchanlik 
tibbiyot 
fanida katta ahamiyatiga ega. Har bir 
kasallik har xil shahxsda har xil kechishi mumkin (buning sababi reaksiya 
normasining har xilligidir). Bunday holatlar vrachlik amaliyotida juda ko‘p uchraydi. 
 
Belgilarning o'zgaruvchanligini o‘rganish usullarini ishlab chiqish bilan 
maxsus fan - biometriya shug‘ullanadi. Belgilarning sifat o‘zgarishlarini aniqlash 
uchun u yoki bu belgilarni hisoblab, olingan natijaning shu guruhning umumiy soniga 
nisbatan qancha foizini tashkil etishi aniqlanadi. (masalan, bironta guruhda kasal yoki 
sog odamlar foizi aniqlanadi) 
 
Belgilarning miqdoriy o‘zgarishlarini aniqlash birmuncha qiyinroq, chunki 
ularning ko‘rsatkichlari keng doirada o‘zgarishi mumkin. Buning uchun belgining 
o‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi variatsion qatorni yoki belgining o‘zgaruvchanlik 
qatorini tuzish talab qilinadi. Ayrim son ko‘rsatkichlar   variantlar deyiladi. 
Variantlar (masalan, ayrim shaxslar tanasi og‘irligi) ko‘payib yoki kamayib borishi 
tartibida joylashtiriladi. Malum tartibda joylashtirilgan variantlar yig‘indisi variatsion 
qator deyiladi. Lekin bir qator qilib joylashtirilgan variantlar yig’indisi 
o‘zgaruvchanlikning to‘liq tasavvurini bera olmaydi. Buning uchun variantlarni 
guruhlarga bo’lib chiqiladi. So‘ngra har bir guruhning o‘rtacha ko‘rsatkichi, uchrash 
tezligini aniqlanadi. Variatsion qatordan foydalanib belgining o‘zgaruvchanligini 
grafik ravishda tasvirlash mumkin. 


 
 61
 Variatsiyalarning 
tebranish 
kengligini 
va ayrim variantlar uchrashi tezligi 
(chastotasi)ni aks ettiruvchi belgi o‘zgaruvchnligining grafik ifodalanishi - variatsion 
egri chiziq deyiladi. Har xil variantlarning variacion egri chiziqda joylashuvi Ketle 
qonuniga bo‘ysunadi. Bu qonunga binoan belgining o‘rta variantlari chet 
variantlariga nisbatan ancha ko‘p uchraydi. (12-rasm). 
 
 
 
 
 
 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish